Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tinglovchisi Bo‘riev Isroil Ismoilovichning



Yüklə 43 Kb.
tarix24.08.2023
ölçüsü43 Kb.
#140336
Lotin такриз БМИ 2023


Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tinglovchisi Bo‘riev Isroil Ismoilovichning Ismoilovichning “Ibn Sinoning axloqiy va falsafiy qarashlari” mavzuidagi bitiruv loyiha ishiga ilmiy rahbar kat.o‘q. M.R.Shokirov
X U L O S A S I
Jahon ilm fani jamoachiligi tomonidan Abu Ali Ibn Sino ilmiy-nazariy va falsafiy merosi fundamental ilmining evolyusiyasiga va islom madaniyati taraqqiyotiga asos solgani va munosib hissa qo‘shgani, hamda zamonaviy fan evolyusiyasining kvitessensiyasini tashkil etishi alohida e’tirof etilmoqda. Abu Ali Ibn Sino hayoti va ilmiy ijodiy faoliyati davlatchilik taraqqiyotida ijtimoiy siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari asosida kechgan bo‘lsa-da, pirovardida mutafakkir qoldirgan falsafiy meros bashariyat ravnaqining umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini belgilovchi bir butun ijtimoiy-ma’rifiy jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Jahon falsafiy ilmi taraqqiyotida, xususan, Sharq va G‘arb falsafiy tafakkurida Abu Ali Ibn Sinoning tasavvufiy qarashlaridagi insonning axloqiy barkamolligi, qalb pokligi, muhabbat va komil inson kabi irfoniy qarashlarining bashariyat ravnaqidagi ustuvor ahamiyatini ilmiy asoslashga qaratilgan tadqiqotlar va ularning natijalariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ushbu yo‘nalishdagi falsafiy fikr rivojida muayyan tajriba to‘planganligi va uning tadrijiy bardavomligi, hozirgi davrdagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etishi hamda uning falsafa tarixida ilmiy-nazariy ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlash joiz. Shu bilan birga, umumbashariy, mintaqaviy va milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda abadiyatga daxldor diniy-axloqiy mezonlarning jamiyat ma’rifiy taraqqiyotiga hamohangligi, insoniy fazilatlar takomilida ma’naviy-axloqiy omilining o‘rni, ularning uzviy aloqadorligi va o‘zaro ta’sirini ilmiy tadqiq etish bugungi ilm-fan sohasining tadqiqot ob’ektiga aylanmoqda.
Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tinglovchisi I.Bo‘rievning “Falsafa fanidagi”, “Ibn Sinoning axloqiy va falsafiy qarashlari” mavzuidagi bitiruv loyiha ishi kirish, 2 bob, xulosa va tavsiyalar qismidani borat. Kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati, tuzilishi va hajmi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Bitiruv loyiha ishining birinchi bobi “Ibn Sinoning axloqiy va falsafiy qarashlar” tushunchasining metodologik tahlili deb nomlanib, unda “Ibn Sinoning axloqiy qarashlar”, umuminsoniy axloq prinsiplari va normalari masalalari hozirgi zamon nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan va tahlil etilgan.
Loyiha ishining 2 bobida bob. “Ibn Sinoning axloqiy qarashlarning asosiy xususiyatlari va uni o‘qitishning nazariy-amaliy masalalari” mavzusini o‘rganishdagi ustuvor yo‘nalishlari va amaliy ahamiyati, “Falsafa” fanini o‘qitishda innovatsiyalar va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish masalalari, mavzu yuzasidan, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar, ilova sifatida esa glocsariy, nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar, slaydlar, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazoratlar bo‘yicha savollar va testlar, singari masalalar o‘rganilgan. Xulosa va takliflar qismida Bitiruv ishini amalga oshirish jarayonida hosil qilingan bilimlarga xulosa yasalib, muallifning takliflari berilgan.
Bitiruv ishi talab darajasida bajarilgan. U o‘zida “Falsafa” fanini o‘qitishning zamonaviy usul va metodlarini aks ettirgan bo‘lib, ma’lum bir mavzu doirasida elektron modul asosida yaratilgan.
Xulosa va takliflar qismida. Bitiruv loyiha ishini amalga oshirish jarayonida hosil qilingan bilimlarga xulosa yasalib, muallifning takliflari berilgan.
Bitiruv loyiha ishi talab darajasida bajarilgan. U o‘zida “Falsafa” fanini o‘qitishning zamonaviy usul va metodlarini aks ettirgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu Bitiruv loyiha ishini himoyaga tavsiya etaman.

kat.o‘q. M.R. Shokirov


Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin