Buxoro davlat universiteti rektori A. A. To‘laganovning tashabbuslari bilan universitetning 85 yillik to‘yiga to‘yona sifatida ilmiy-amaliy muzey laboratoriya tashkil qilindi



Yüklə 4,18 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü4,18 Kb.
#194922
Buxoro davlat universiteti rektori A


Buxoro davlat universiteti rektori A.A. To‘laganovning tashabbuslari bilan universitetning 85 yillik to‘yiga to‘yona sifatida ilmiy-amaliy muzey laboratoriya tashkil qilindi.
Bu muzeyning tarkibidagi eksponatlar va jihozlar universitetning oldingi muzeyi eksponatlari bazasida shakllantirildi. Muzey tarkibini boyitish hamda uni zamon talablari asosida tashkil qilish maqsadida ilmiy baza barcha fakultetlar bilan hamkorlikda zamonaviy baza asosida yangilandi.
Hozirgi kunda eksponatlarni joylashtirish, tartibga solish maqsadida biz bilan hamkorlikda tarix kafedrasi, biologiya, geografiya, fizika, til va adabiyot, ekologiya, jismoniy madaniyat, tasviriy san’at, harbiy soha fanlari professor-o‘qituvchilari yordam ko‘rsatib kelmoqdalar.
Bundan tashqari universitetning 85 yillik yubileyi arafasida Respublikamiz va qo‘shni respublikalar oliy o‘quv yurtlaridan sovg‘alar, jihozlar, manbalar muzeyga in’om qilindi.
Hozirgi kunda muzeyda mavjud bo‘lgan eksponatlarni asrab-avaylash maqsadida ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda inventarizatsiya ishlari amalga oshirildi.
Shu munosabat bilan muzey rahbariyati bizga amaliy yordam ko‘rsatganligi uchun universitet rektori A.A. To‘laganov, AL va KHK bo‘yicha prorektor A. Saidov va bo‘lim boshlig‘i A. Rashidov, tarix kafedrasi professorlari Sh.A. Hayitov, H.H. To‘rayev, katta o‘qituvchilar A.H. Hamroyev, B.B. Boltayev, M.Z. Orziyev, biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi R.R. Rahmonov va barcha fakultet dekanlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Yüklə 4,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin