Kirish Sharq donishmandlari aytganidek “Eng katta boylik-bu aql zakovat va ilm, eng katta me’ros- bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik- bu bilimsizlikdir. Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.
Fan va texnika jadal suratlarda o’sib borayotgan bugungi kunda ta’lim oluvchilarni tegishli yo’nalishdagi ta’limiy xizmatlar sifati darajasini yangi bosqichga ko’tarish, globallashuv sharoitida xalqaro ta’limiy integratsiyasi imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog’liq kasbiy muammolarni matematik usulda xal etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romonovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi, 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari maktabgacha ta’lim, o’rta umumiy ta’lim va oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida matematika fanini yuqori darajaga ko’tarish talabini qo’ydi.
Matematika fanining bo’limlaridan biri bo’lgan differensial tenglamalar bo’limi tabiatdagi barcha jismlarning tezligi va tezlanishini topishda, xalq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirilishida, tibbiyotda viruslarning ko’payishini tekshirishda hosilaning tadbiqini ko’rsatishi mumkin.