Chorvachilik (qoramolchilik, qo'YChilik, echkichilik) tarmoqlari iqtisodiyoTI



Yüklə 20,93 Kb.
tarix22.04.2023
ölçüsü20,93 Kb.
#101632
CHORVACHILIK QORAMOLCHILIK, QO‘YCHILIK,  ECHKICHILIK TARMOQLARI


ChORVAChILIK (QORAMOLChILIK, QO'YChILIK, EChKIChILIK) TARMOQLARI IQTISODIYoTI

15.1. Chorvachilik tarmoqlari mahsulotlarining ahamiyati


15.2. Chorvachilik tarmoqlarida yetishtiriladigan mahsulotlar darajasi va samaradorligi
15.3. Chorvachilik tarmoqlarini, ularda mahsulot yetishtirishni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo'llari

15.1. Chorvachilik tarmoqlari mahsulotlarining ahamiyati


Chorvachilik – mamlakat qishloq xo'jaligining muhim tarkibiy qismidir. Chorvachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi, rivojlantirilishi respublikada mehnat taqsimoti ijobiy hal etilishiga bevosita ta'sir etadi. Hududlarning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e'tiborga olgan holda chorvachilikning qoramolchilik, qo'ychilik, balliqchilik, asalarichilik, andatrachilik tarmoqlari joylashtirilishi va rivojlantirilishi zarur. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari uchun go'sht, sut, jun, teri, asal va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlantirilishi ham ta'minlanadi, chorvachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalarga boy bo'lgan turli xildagi mahsulotlar ham yetishtiriladi. 2000-2001 yillarda respublikada aholi jon boshiga o'rtacha 34 kg. go'sht (tirik vaznda), 148 kg. sut yetishtirilgan. Bu inson organizmi uchun zarur miqdor yoki tibbiyot normativlaridagiga nisbatan ancha kam. Shuning uchun respublika hukumati mamlakatning barcha sohalarida chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbik etish bo'yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari chorvachilikda o'simlikchilik va chorvachilikning ayrim sohalari rivojlanishini ta'minlaydigan mahsulotlar ham yetishtirilmoqda. Masalan, chorva chiqindisi – go'ng tuproq unumdorligini oshiradi, o'simliklar uchun organik o'g'it hisoblanadi. Chorvachilik mahsuloti sut esa aholi tomonidan iste'mol qilinishidan tashqari yangi tug'ilgan yosh hayvonlarga ham beriladi.
Chorvachilik tarmoqlarida yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotining 11 foizga yaqini yetishtirilmoqda. Uning 90 foizga yaqinini aholi xo'jaliklari yetkazib bermoqda. Demak, qolgan qismi jamoa mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi respublika aholisi talablarini qondirish maqsadida ichki bozorlarda, cheklangan miqdori esa tashqi bozorlarda sotilmoqda. Ularni eksport qilish natijasida 2000-2001 yillarda 0,2 mln. AQSh dollari miqdorida valyuta tushgan. Bu talabga to'liq javob bermaydi.
Kelajakda bu muammoni hal etishga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ob'ektiv imkoniyatlar mavjud. Respublika chorvachiligida ekologik jihatdan barcha talablarga javob beradigan go'sht, sut mahsulotlarini, teri, ayniqsa, qorako'l terisini, jun yetishtirishni rivojlantirib, ularni tashqi bozorda sotish mumkin. Bunda aholining chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish darajasi ham yuksaltiriladi. Natijada tarmoqning mamlakat xalq xo'jaligidagi o'rni, ahamiyati ortadi.

15.1. Chorvachilik tarmoqlarida yetishtiriladigan mahsulotlar darajasi va samaradorligi


Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishini, ishlab chiqarish faoliyati samaradorlik darajasini quyidagi ko'rsatkichlar ifodalaydi:
- chorva hayvonlari bosh sonining o'zgarish darajasi. Uni aniqlash uchun haqiqiy muddatga bo'lgan ma'lumot bo'yicha ko'rsatkichni qiyoslanayotgan vaqtdagi ma'lumot bo'yicha ko'rsatkichga taqsimlash lozim. Bu usuldan foydalangan holda yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlari miqdorini, tarmoq mahsuldorligining yillar bo'yicha o'zgarishini aniqlash, bu boradagi ko'rsatkichlar koeffitsiyentda yoki foizda aniqlanishi mumkin;
- chorva hayvonlarining mahsuldorligi. Bu ko'rsatkich yetishtirilgan mahsulot miqdorining (turlari bo'yicha) shu mahsulotni bergan hayvonlar bosh soniga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
ChXmq
Mm(Gusht,sut) :
Bs
Bunda: ChXm–chorva hayvonlarining mahsuldorligi (kg); Mm–etishtirilgan go'sht, sut, jun, tuxum miqdori (tsentner, ming dona); Bs- chorva hayvonlarining bosh soni.
- chorva hayvonlarining sutkalik o'rtacha o'sish vazni. U chorva hayvonlarining ma'lum muddatdagi o'sgan vaznini shu o'sishni ta'minlagan muddatga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Suq Xu ; Bunda: Su–chorva hayvonlarining sutkalik o'sishi (grammda);
M
Xu–hayvonlarning ma'lum muddatdagi o'sgan miqdori (kg); M–mahsulot o'sishini ta'minlagan muddat (sutka);
- chorvachilik mahsulotlarining 1 sentnerini yetishtirish uchun sarflangan ozuqa birligi. Uni aniqlash uchun sarflangan ozuqa birligi miqdorini shu ozuqa evaziga yetishtirilgan mahsulot miqdoriga (turlari bo'yicha) taqsimlash lozim yoki uning aksidan ham foydalanish mumkin;
- chorva hayvonlarining sutkalik o'rtacha o'sish vazni.chorvachilik tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi (kgG'kk; kkG'kg; sumG'kk...). U mahsulot yetishtirish uchun sarflangan vaqt miqdorining shu vaqtda yetishtirilgan mahsulotga nisbati bilan yoki aksincha aniqlanadi;
- chorvachilik tarmoqlarining, mahsulotlarining (turlari bo'yicha) rentabellik (foydalilik) darajasi. Bu ko'rsatkichlarni aniqlash tartibi ma'ruzalar matnini XIII-XIV boblarida keltirilgan.
Respublikada bozor munosabatlarini shakllantirish chorvachilik tarmoqlarida ham davlat rahbarligida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, dastavval davlat va jamoa mulki hisoblangan chorvachilik tarmoqlari Respublika Vazirlar Maxkamasining 1993 yil yanvardagi qaroriga binoan xususiylashtirila boshlandi. Bunda sotib oluvchilarning mablag'lari yetishmagan hollarda kreditlar ham berildi. Natijada bu sohada ham mulkdorlar shakllana boshladi. Ammo ulkan siyosiy ahamiyatga molik bo'lgan bu tadbir kutilgan natijalarni bermadi. Chunki chorva moliga ega bo'lgan mulkdorlar ularni yem-xashak, ya'ni ozuqa bilan ta'minlay olmaganliklari sababli ko'p o'tmay zotli, sermahsul hayvonlarni sota boshladilar. Bunday holning shakllanishiga chorvachilikni xususiylashtirish jarayonida mollarni ozuqa bilan ta'minlaydigan miqdordagi ekin maydonlari uzoq muddatga ijaraga berilmaganligi sabab bo'ldi. Natijada Respublika viloyatlarining barcha jamoa, shirkat xo'jaliklaridagi chorva hayvonlarining miqdori 1996-2001 yillarda keskin kamaydi. Chunonchi, qoramol bosh sonlari 1095,6 ming boshdan 32,2 foizga kamayib, 743 ming boshni tashkil etgan. Shu yillarda sigirlarning bosh soni 310,2 mingtadan 236 mingtaga tushib, 23,3 foizga kamaygan. Qoramollar bosh soni ayrim viloyatlarda keskin qisqargan. Masalan, Sirdaryo viloyatida 58,6 foizga; Jizzax viloyati xo'jaliklarida esa 55,6 foizga; Farg'ona viloyati xo'jaliklarida 40,7 foizga; Samarakand va Surxondaryo viloyatlaridagi jamoa va shirkat xo'jaliklarida 37,352 foizga kamaygan


Qoramolchilik asosan sug'oriladigan hududlarda faoliyat ko'rsatayotgan jamoa va shirkat xo'jaliklarida mujassamlashgan. Bu xo'jaliklarda yem-xashak yetishtirilib, qoramolchilikning rivojlantirilishi uchun zamin yaratiladi. Qoramolchilik esa, o'z navbatida, xo'jaliklarning boshqa sohalarini rivojlantirishga hissa qo'shadi. Demak, xo'jalik tarmoqlari o'zaro bog'liq holda rivojlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Lekin, hozirgi davrda bu holat ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekish talablariga to'liq rioya etilmayotganligi sababli buzilmoqda. Chunonchi, ekin maydonlari tarkibida yem-xashak ekinlarining salmog'i me'yorga nisbatan anchaga qisqargan. Masalan, 2000-2001 yillarda ekin maydonlarida yem-xashak ekinlari salmog'i atigi 5,3 foizni tashkil etgan. Shundan 3,7 foizi ko'p yillik ekinlar hissasiga to'g'ri keladi. Ayniqsa, Mirzacho'l, Surxon, Sherobod va Qarshi cho'llarida joylashgan shirkat xo'jaliklarida u sezilarli darajadadir. Oqibatda birinchidan, qoramolchilik uchun to'yimli hisoblangan yem-xashak yetarli darajada yetishtirilmayotir. Ikkinchidan esa, yerlarning meliorativ holati yomonlashib, tuproq unumdorligi pasaymoqda. Almashlab ekish shu tarzda davom ettirilsa, unda talaygina maydonlar unumdorligi pasayib, qishloq xo'jaligida foydalanishga yaroqsiz holga kelishi mumkin.
1996-2000 yillarda qoramollar kabi qo'y va echkilar 3,3 foizga kamayib, 2,9 mln. boshni tashkil etgan. Ularning asosiy qismi qorako'l qo'ylaridir


Qo'y va echkilar asosan respublikaning yaylov va cho'l hududlarida joylashgan xo'jaliklarda parvarish qilinadi. Binobarin, mamlakat miqyosidagi 2912 ming bosh qo'y va echkining 88,3 foizi Navoiy, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jaliklarida. Eslatib o'tish kerakki, qo'y va echkilarning 27 foizga yaqini sug'oriladigan dehqonchilikka asoslangan hududlardagi xo'jaliklar ixtiyorida. Ammo, ularda qo'ychilikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud emas. Eng muhimi, yaylovlar, pichanzorlar yetishmaydi. Respublika qishloq xo'jalik korxonalarining aksariyat qismida chorvachilikning yem-xashak bazasi talab darajasida emasligi, ular yetarli darajada ixtisoslashmaganligi nafaqat chorva hayvonlari bosh sonlari kamayishiga, balki ularning mahsuldorligiga, oqibat-natijada esa tarmoqda yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi qisqarishiga ham ta'sir etmoqda. Masalan, respublika qishloq xo'jalik korxonalarida bir bosh sigirdan o'rtacha sog'ib olingan yillik sut miqdori 1996-2000 yillarda 1117 kg. dan 967 kg. ga tushib qoldi. Shu yillarda bir bosh sigirning mahsuldorligi 13,4 foizga kamaydi. Ayrim viloyatlarda esa, sigirlarning mahsuldorligi juda past bo'ldi. Jumladan, Jizzax viloyati xo'jaliklarida bu ko'rsatkich 612 kg. dan 435 kg. ga tushgan, Surxondaryo viloyatlari xo'jaliklarida esa 750 kg. dan 619 kg. ga pasaydi. Bunday holat Buxoro, Qashqadaryo, Farg'ona va Xorazm viloyatlari xo'jaliklarida ham yuz berdi. Hozirgi davrda mamlakat qishloq xo'jalik korxonalarida har bosh sigirdan bir sutkada o'rtacha 3-3,5 kg. sut sog'ib olinmoqda. Bu juda kam. Toshkent va Namangan viloyatlari xo'jaliklarida bu ko'rsatkich 28-78,9 foiz yuqori bo'lib, o'rtacha 4,1-5,6 kg. ni tashkil etmoqda.
Yuqoridagi holatlar ta'sirida tarmoqda sut yetishtirish 355,7 ming tonnadan (1996 y.) 233 ming tonnaga (2000y) tushib qolgan. Demak, besh yilda yetishtirilayotgan sut hajmi 34,5 foizga kamaygan. Go'sht yetishtirish esa shu yillarda 33,4 foizga qisqarib, 74,3 ming tonnani tashkil etgan (2000 y.)

Respublika qishloq xo'jaligi korxonalarida chorvachilikning bu holati uning iqtisodiy samaradorligiga ham ta'sir etgan. Respublika Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tizimidagi qishloq xo'jalik korxonalarida yetishtirilayotgan aksariyat chorvachilik mahsulotlarining tannarxlari yil sayin oshib bormoqda. Jumladan, sutning 1 sentneri tannarxi 1997 yilda 2047 so'm bo'lgan bo'lsa, 1998 yilda qariyb 40 foizga, 1999 yilda esa 85,3 foizga ortib, 3794 so'mni tashkil etgan. Yetishtirilayotgan tirik vazndagi 1 sentneri go'shtning tannarxi shu yillarda 7186 so'mdan 15441 so'mga yetgan yoki 114,9 foizga ortgan, 1 sentner junning tannarxi esa 51,5 foizga ortib, 5252 so'mni tashkil etgan

Chorvachilik mahsulotlari tannarxining oshishiga yuqorida ko'rsatilganlardan boshqa omillar ham ta'sir etgan. Masalan, qoramolchilik fermalarining, qo'ychilik otarlarining moddiy-texnika bazasi talabga nisbatan zaifligi. Bu hol qo'l mehnati sarfi ko'payishiga olib keladi. Qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqariladigan ozuqa, mahsulotlar baholarining tez sur'atlar bilan oshib borishi va boshqalar.


Xo'jaliklar aksariyat chorvachilik mahsulotlari yetishtirishdan zarar ko'rmoqdalar. Jumladan ular 1997 yilda 1 sentner sut yetishtirib, sotish natijasida 628 so'm zarar ko'rgan bo'lsa, 1998 yilda 981 so'm, 1999 yilda esa 1103 so'm zarar ko'rgan. Har sentner sut yetishtirishdan ko'rilayotgan zarar miqdori yil sayin ortib borgan.
Bunday hol sutning sotish baholari o'sishi natijasida tannarxi yuqori sur'atlarda oshishi sababli yuzaga kelgan.
Xo'jaliklar go'sht va jun yetishtirishdan ham zarar ko'rmoqdalar. Lekin kurilayotgan zararlar miqdori yil sayin kamayib bormoqda. Chunki 1 sentner go'shtning (tirik vaznda) sotish bahosi shu yillarda 140 foizga, tannarxi esa 114,9 foizga oshgan. Demak, go'shtning sotish bahosi uning tannarxiga nisbatan yuqori darajada o'sgan. Bu fikr junning sotish bahosi va tannarxiga ham tegishli.
Xo'jaliklarda yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bozori hali unchalik rivojlanmagan. Chunki xo'jaliklar yetishtirayotgan mahsulotlarini tumanlarda yagona hisoblangan go'sht kombinatlariga, sut zavodlariga ular belgilagan baholarda sotmoqdalar.
Hozirgi davrda qishloq xo'jalik korxonalarida yetishtirilayotgan aksariyat chorvachilik mahsulotlarining samarasi yo'q. Ular sut yetishtirishdan 29 foiz, go'sht yetishtirishdan 0,4 foiz, jun yetishtirishdan esa 12,5 foiz zarar ko'rmoqdalar.
Fermer, dehqon xo'jaliklarida esa buning aksi: chorvachilik yuqoriroq sur'atlarda rivojlanmoqda. Ularda chorva hayvonlarining bosh soni 1999-2000 yillarda 13,5 foizga ko'paygan. Har bosh sigirdan 370 kg. dan sut sog'ib olingan. Fermer va dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarish asosan shaxsiy mulkka asoslanganligi uchun ular xarajatlarni imkoniyat darajasida tejashga, sifatli mahsulot yetishtirib, yuqori baholarda sotishga intilmoqdalar. Shuning uchun ham bu xo'jaliklarda chorvachilik tarmoqlarining rentabellik darajasi tobora oshmoqda.
15.1. Chorvachilik tarmoqlarini, ularda mahsulot yetishtirishni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo'llari
Jamiyatning ekologik jihatdan toza mahsulotlarga bo'lgan talabi o'sib bormoqda. Ammo bu boradagi talab hozirgi davrda to'liq qondirilgani yo'q. Muammoni hal etish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish kerak. Bu jarayonni bir necha yunalishlar bo'yicha amalga oshirish mumkin. Masalan, respublika hududlarining, xo'jaliklarning yunalishlarini e'tiborga olgan holda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga muvofiq joylashtirib, ularni ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga e'tibor berish lozim. Chorva hayvonlarini ijara pudratchilariga, chorvachilik fermalarini esa ijaraga berish, ijarachilarga talabini qondiradigan hajmdagi ekin maydonlarini ham uzoq muddatga ijaraga ajratish zarur. Bu jarayonda samaradorlikka erishish uchun ijarachilar moliyaviy mablag'lar bilan yetarli miqdorda ta'minlanishiga ham alohida e'tibor berish kerak. Bu tadbir ochiq tanlov asosida shu soha bo'yicha tajribali, bilimdon, qonun ustuvorligini tan oladigan, insofli, ma'naviyati yuqori bo'lgan fuqarolar zimmasiga yuklanishi maqsadga muvofiqdir.
Shirkat xo'jaliklari mahsulot yetishtirish maqsadida chorva hayvonlarini a'zolariga ijara pudrati asosida berishini ham rivojlantirish mumkin. Bunda pudratchilar chorva hayvonlari bosh sonini ko'paytirish, zotlarini yaxshilash, mahsuldorligini oshirib, tobora ko'proq mahsulot yetishtirish uchun qilgan xizmatlari va yetishtirgan mahsulotlari miqdoriga ko'ra, rag'batlantirilishlari lozim.
Xo'jaliklarda bu masalalarni hal etishda yerlar unumdorligi oshishini ta'minlaydigan tadbirlarga ham alohida e'tibor qaratishlishi zarur. Bu borada ijara munosabatlarini erkin bozor talablariga moslashtirish kerak.
Chorvachilik fermalarining zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy- texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida e'tibor berish vaqti keldi. Chorvachilik bino-inshootlari fan-texnika yutuqlarini e'tiborga olgan holda moslashtirilishiga, tegishli vositalar bilan ta'minlanishga, chorva hayvonlari yaxshi parvarishlanib, sifatli mahsulot yetishtirishda yangi texnikalar, ilg'or texnologiyalar joriy etilishiga erishish lozim. Shudagina tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlari
mexanizatsiyalashtirilib, mehnat unumdorligining oshishi ta'minlanadi. Naslchilik ishlarini rivojlantirib, sermahsul chorva zotlarini yaratib, ular ishlab chiqarishga tezroq tatbiq etilishini ta'minlash, bunda zotli, sermahsul chorva hayvonlarini sotib olish variantidan foydalanishni ham esdan chiqarmaslik kutilgan natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi.
Chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash uchun yem-xashak yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirib, ekinlarni almashlab ekishni rivojlantirish lozim. Bunda yem-xashak ekinlari ekiladigan maydonlarning suv ta'minotiga, meliorativ holatini yaxshilashga hamda organiq va mineral o'g'itlardan talab darajasida foydalanishga alohida ahamiyat berish zarur. Bu masalani hal etish uchun qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan to'yimli ozuqa moddalari talab darajasida olinishini, chorva mollariga shakllangan ozuqa ratsion asosida vaqtida berilishini ham tashkil etish zarur. Bu masalaning dolzarbligini e'tiborga olib, respublika hukumati xo'jaliklarga iqtisodiy jihatdan ko'maklashish yo'llarini, mexanizmlarini ishlab chiqqan. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, shu maqsadda chetdan moddiy-texnika resurslari keltirilsa, ular bojxona to'lovlaridan ozod etilishi va boshqa chora-tadbirlar belgilangan.
Bu jarayonda chet el investitsiyalari jalb etilishiga alohida e'tibor berish zarur.
Chunki hozirgi davrda bu masala juda sust yechilmoqda.
Yuqoridagilar bilan birga chorvachilik mahsulotlarining shartnomaviy baholari inflyatsiya darajasini e'tiborga olgan holda oshirilishiga ham davlat tomonidan yordam ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu mahsulotlarni asosan davlat aktsiyadorlik korxonalari sotib olmoqdalar.
Ta'kidlangan barcha masalalarning ijobiy hal etilishi tarmoqlarda faoliyat ko'rsatayotgan ishchi-xizmatchilarning munosabatlariga, bilimiga, tajribasiga, e'tiqodiga, onggiga hamda rag'batlantirilishiga bevosita bog'liq. Shunday ekan, bu masalalarni hal etish mexanizmlarini, yo'llarini yanada rivojlantirish zarur. Ishchi- xizmatchilarning ish haqlarini vaqtida berish hamda ularni yetishtirgan mahsulotlari miqdori va sifatini e'tiborga olgan holda mukofotlashning real usulini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Chorvachilik tarmoqlari hisoblangan parrandachilik, pillachilik, yilqichilik, asalarichilik, baliqchilik iqtisodiyoti haqida ham shu mazmundagi fikrlarni aytish mumkin. Lekin bu tarmoqlarning iqtisodiyotini o'rganishda ularning o'ziga xos xususiyatlarini, jumladan, parrandachilikni sanoat negizida hamda g'allachilik xo'jaliklarida tashkil etib, rivojlantirish va boshqalarni e'tiborga olish lozim.
Yuqorida ko'rsatilgan masalalarning hal etilishi natijasida chorvachilik tarmoqlari rivojlanib, samaradorligi yuksalishi ta'minlanadi.
Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin