Siz hamma narsa uchun to'lashingiz kerak deydi qadimgi donolik. Avtomobil uchun to'lov bu bizning sog'ligimiz, hayotimiz. Bu yo'l-transport hodisalari,baxtsiz hodisalar ehtimoli



Yüklə 21,25 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü21,25 Kb.
#122515
Atrof muhit


Siz hamma narsa uchun to'lashingiz kerak deydi qadimgi donolik. Avtomobil uchun to'lov - bu bizning sog'ligimiz, hayotimiz. Bu yo'l-transport hodisalari,baxtsiz hodisalar ehtimoli. Bu chiqindi gazlar, transport shovqinlari va boshqa jismoniy ta'sirlar bilan atrof-muhit ifloslanishidan zararning muqarrarligi. Ulardan hamma odamlar, hatto hech qachon mashina ishlatmaydiganlar ham azob chekishi kerak. Va nafaqat odamlarga - butun tabiatga. Atrof-muhitga bu zararli ta'sirlarni yaratadi, albatta, yo'l emas,balki avtomobil. Yo'l atrof-muhitni avtomobildan himoya qiladi. Dizayn muhandisi, quruvchi, operatorning vazifasi bu himoyani yanada samarali va arzonroq qilishdir. Biz mashinasiz yashashga undamaymiz. Biz faqat 20-asrning ushbu yutug'i uchun to'lashimiz uning foydasiga ko'proq mos kelishini xohlaymiz. Bugungi kunda O'zbekiston ko'chalarida 4 milliondan ziyod mashina harakatlanmoqda. Bugungi kunda O'zbekistonda har yetti kishiga bittadan avtomobil to'g'ri keladi. Ya'ni O'zbekiston ko'chalarida 4 milliondan ziyod mashina harakatlanayapti. Bundan tashqari, avtomobil shovqini zararli tovushdir. O'zbekistondagi yirik shaharlar aholisining 60 foizdan ortig'i bugungi kunda xuddi shunday zararli shovqindan aziyat chekadi. Biz nafas oladigan havo -atmosferani tashkil etadigan qatlamlar har qaysisi o'zining muayyan vazifasiga ega.Masalan, ozon qatlami barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlaydi. Quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo'lgan ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni o'ziga yutib, tirik organizmlarni uning salbiy ta'siridan himoya qiladi.Avtomobillardan havoga chiqariladigan is gazi esa ozonning yemirilishiga sabab bo'ladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, havoni ifloslantiradigan asosiy antropogen omillar ro'yxatida avtomobil transporti birinchi o'rinni egallaydi.Ya'ni umumiy zararning 40 foizi Yer yuzida harakatlanayotgan avtomobillar hissasiga to'g'ri keladi.Qolgan zararning 20 foizi energetika sanoati, 14 foizi korxona va tashkilot ishlab chiqarishi, 26 foizi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo'jaligi va boshqa sohalardan yetkaziladi.Shuning uchun mutaxassislar avtomobilni "g'ildirakli kimyoviy fabrika" deb atashadi.
Dunyoning eng ilg'or, rivojlangan davlatlarida tashqi muhitning ifloslanishi avtomobil dvigatellari chiqarayotgan zaharli moddalar tufayli yuz beradi.Yaponiyada avtomobillarning ko'pligidan ko'cha harakatini boshqaradigan politsiya xodimi har ikki soatda kislorod niqobini almashtirib turishga majbur bo'lar ekan.Mashina motori chiqargan gaz tarkibida uglerod oksidi, karbonat angidrid, aldegidlar, azot oksidi, qo'rg'oshin birikmalari bo'lib, ular nafaqat atrof-muhit sofligiga putur yetkazadi, balki inson salomatligi uchun ham koni ziyon hisoblanadi. Uglerod oksidlari qondagi gemoglobin bilan birikib, uning kislorod tashish xususiyatini kamaytiradi, qo'rg'oshin birikmasi esa nafas yo'llari orqali organizmga o'tib, yurak-qon tomirlari faoliyatiga jiddiy shikast yetkazadi.Bitta avtomobil bir kunda 10-12 litr benzin yonilg'isi ishlatib, atmosfera havosiga 25 kilogrammcha zararli kimyoviy birikmalarni chiqaradi. Bir yil davomida "ishlagan" avtomobil 4 tonnadan ortiq kislorodni yo'qotishga "hissa" qo'shadi.Statistik ma'lumotlarga ko'ra, inson bir sutkada o'rtacha 1,5 kilogramm oziq-ovqat, 2,5 litr suv iste'mol qiladi.Odam o'pkasi esa bir sutkada 13 kubometr havoni yutib chiqaradi. Bu butun bir boshli temir yo'l sisternasi hajmiga teng. Odam ovqat yemasdan bir oy, suvsiz uch kun yashashi mumkin. Biroq havosiz ikki-uch daqiqadan ortiq yashay olmaydi.Qolaversa, transport vositalaridan chiqadigan is gazi o'simlik va hayvonot dunyosi, suv va tuproqni ham baravar zararlaydi. Ifloslangan havo ta'sirida o'simliklarda modda va energiya almashinuvi buziladi, ekinlar va mevali daraxtlar kamhosil bo'lib qoladi.Bugina emas, is gazi tabiatdagi fotosintez jarayoniga ham salbiy ta'sir o'tkazishi aniqlangan.Aslida is gazining ham atmosferada o'z o'rni, vazifasi bor. Ya'ni kimyoviy formulasi SO2 bo'lgan mazkur modda yerdagi haroratni me'yorda ushlab turadi, uni ramziy ma'noda sayyoramizning ko'rpasi, deyish mumkin.Is gazining atmosfera havosi tarkibidagi ulushi 0,3 foizni tashkil qiladi, ammo bu turg'un miqdor emas, mavsumga bog'liq ravishda o'zgarib turadi.Olimlarning aniqlashicha, hozirgi davrda is gazi miqdori inson omili ta'siri bilan bir yilda o'rtacha 22 milliard tonnadan ortiqni tashkil qiladi".
Benzinning toliq yonmasligi natijasida azot,oksidi oltingugurt dioksidi uglerod oksidi va o'simliklar barglariga zarar yetkazuvchi zarrachalar chiqadi.
Osimliklarning o sishi va morfologik xususiyatlariga avtomobil chiqindilaridan ajralib chiqadigan og'ir metallarning ta'sir qilishi mumkin.Avtomobillarning changlari egzoz gazlaridan shuningdek avtomobillarning yo'llarda harakatlanishi natijasida paydo bo'ladi chang bu tashvishlanishning yana bir sababidir chang faqat avtomobillarning yo'llarida harakatlanishi natijasida paydo bo'ladi.Biroq shu bilan birga muammo paydo bo'ldi juda ko'p miqdordagi transport vositalari globala miqyosda ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keldi shuning uchun ham bugungi kunga ekologik transport turlarini olib kirish hamda ulardan foydalanishni tavsiya beraman ular zararsz ekologik toza transport turiga kiradi.Energiya chiqarish uglevodorodlarni yoqish bilan bog'liq bo'lmagan har qanday transport ekologik toza deb atash mumkin.Elektr transport asosiy muamosi batareyalardir ular allaqachon elektr transport vositalarini ommviy ishlab chiqarish uchun yagona cheklovdir.Shunday qilib atrof muhitining ekologik holatining o'zgarishiga olib keluvchi asosiy ko'rsatkichlar bular transport vositalari, sanoat korxonalari hamda ulardan chiqayotgan og'ir mettallarning zarrachalari bilan belgilanadi.Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar.Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan:uglerod oksidlari (SO, SO2);oltingurgut oksidlari(SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inertgazlardan: frionlar (SN3CIF, C2H4CIF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar.Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%);avtomobilsozlik (24%);metallurgiya (14%);qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi.Hozirgi dunyo mamlakatlarini ham tashvishga soladigan muomalardan biri bu ekologiyaning o'zgarishi hamda atrof muhitning ifloslanishiga olib keladigan sabablardan biri bu ifloslanishning yuzaga keltirib chiqaruvchi sabablardir bularga asosan transport sohasining rivojlanib ketopyotganligi hamda bizning hududimizda sanoat korxonalarining rivojlanib borayotgani ham salbiy ta'sir ko'rsatayapdi.Shuning uchun ekologik toza transport vositalaridan foydalanish hamda sanoat korxonalarining ifloslantiruvchi ta'siri kamyatirish kerak.
Og'ir mettallarning ta'siri kamaytirish chorallarini ko'rib chiqish kerak bundan tashqari avtomagistral yullarning atrofining ifloslanishiga qarshi yashil o'simliklardan foydalanish yoki bolmasa ifloslangan joylarda mikroorganizmlar faoliyatini yaratish xususan ularning yani og'ir mettalar bilan ifloslangan hududlarda mikroorganizmlar shtamini yaratish kerak.Shunda atrof muhitning ifloslanishi nafaqat tobora kuchayib ketayapdi bizning hududimiz ifloslanish boyicha dunyoda yomon ko'rsatkichlarni egallayotgani ham achinarli holatlardan biridir.
Yüklə 21,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin