Dars ishlanma Маvzu: Detalning Izometrik proyeksiyalari



Yüklə 89,5 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#123647
Mahmudova Shahrizoda


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Maxsus sirtqi bo’lim
Muhandislik grafikasi va uni o’qitish metodikasi fanidan
9-sinf uchun

Dars ishlanma


Маvzu: Detalning Izometrik proyeksiyalari
Bajardi: Mahmudova Shahrizoda
Tekshirdi: Ashirboyev.A

Toshkent-2023
Fan: Chizmachilik
Sinf: 9, IV chorak
Mavzu: Detalning Izometrik proyeksiyalari
Darsning maqsadi: Izometrik o’lvhovlarni amalga oshirish
Darsning jihozlari: doska, bo‘r, chizmachilik asboblari, dars mavzusi yoritilgan plakat-chizma, darslik, geometrik jismlar.
Dars berish metodi: Aralash metod. Amaliy ishlash, ko‘rgazmali, aqliy hujum, «ishbilarmon-kommersantlar» o‘yini metodlaridan foydalaniladi.
Darsni tashkil etish: o‘quvchilarni tinchlantirib, salomlashish va yo‘qlama. Uyga berilgan topshiriqlarni tanlab, nazorat qilish va uning tahlili. o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarni umumlashtirib, tahlil qilinib, tushuntirib beriladi. 3-4 o‘quvchilarning uy ishlari baholanib, e’lon qilinadi, rag‘batlantiriladi (maqtab qo‘yish, alohida yutuqlarini ko‘rsatib o‘tish).
Yangi mavzuni e’lon qilish: Sinfda geometrik jismlar stendi ilib qo‘yilgan. o‘sha stenddagi prizmalar, silindr, konus, piramidalar, shar va yarim shar alohida-alohida nomlari takrorlanib, ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘quvchilarga: «Shu jihozlardan qaysi birining qirqim chizmasini bajaramiz?» – deb savol tashlanadi va o‘quvchilar e’tiborini maksimal darajada geometrik jismlar stendiga qaratishga erishiladi. O‘quvchilar yordamida birorta jihoz tanlanadi. Darslikdan shunga tegishli rasm, tasvir, chizmani topib, uning frontal, gorizontal va profil proeksiyalari qanday tasvirlanganligi so‘raladi.
O‘quvchilar javobi:

  1. Frontal proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.

  2. Gorizontal proeksiyasi – aylana.

  3. Profil proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.

Darsning borishi.
Yangi mavzu bayoni. Geometrik jismlardan simmetriya o'qi H tekislikka perpendikular joylashgan muntazam oltiyoqli prizmaning izometriyasini chizishda x va y o'qlar chiziladi (30.1-chizma, a).
O va 0, markazlarda muntazam oltiyoqli ko'pburchaklik 28.6-chizma-dagidek chiziladi (30.1-chizma, b). So'ngra 30.1-chizma, d dagi kabi taxt qilinadi.Geometrik sirtlardan o'qi //tekislikka tik joylashgan konusning ko'rinishi berilgan (30.2-chizma, a), uning izometriyasini chizish uchun asosi aylanasini 28.9-chizmaga oxshatib chizib olinadi. Asosidan balandligi /; oichab qo'yiladi va hosil boigan nuqta S dan konus asosi ellipsga urinma o'tkaziladi (30.2-chizma, b). Misol ko'rib chiqamiz.
Izometriya o'qlari va detaining asosi — kvadrat prizma chiziladi (30.4-chizma, a) hamda asosi ustiga eni 15 mm, balandligi 30 mm li prizma qo'shib chiziladi.
Ustki prizmada aylana markazlari aniqlanadi (30.4-chizma, b). Aylana markazlaridan aksonometriya o'qlari x va z qo'shimcha o'tkaziladi. Bu markazlardan 020 mm li ellipslar 28.9,10-chizmalardagidek chiziladi. Prizmaning qalinligi hisobiga teshikning orqa tomoni ko'rinmaydi.

Darsni mustahkamlash.
Detalni izometriyasi nima?
Detalni izometrik proyeksiyasini toppish ichin nimalarni amalga oshirish kerak?
Dars yakuni
Darsga xulosa yasalib, faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI Uyga vazifa
Komputer grafik dasturlar haqida ma’lunot topib kelish.




Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin