Dars ishlanmasi



Yüklə 30,46 Kb.
tarix28.04.2017
ölçüsü30,46 Kb.
c:\users\администратор\desktop\безымянный123.jpg

Hazarasp tumanidagi 1-son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan Ixtisoslashgan maktab internatining biologiya fani o`qituvchisi Rajabova Minuraning “B guruh vitaminlari” mavzusida yozgan bir soatlik

DARS ISHLANMASI

8-sinf Odam va uning salomatligi

Mavzu:B guruh vitaminlari

Darsning maqsadi:

-Darsning talimiy maqsadi:

-O`quvchilarga DTS talablari asosida ta`lim berish , B gurux vitaminlari mavzusi bo`yicha darsda yangi pedagogik texnologiyalarda foydalanib va qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib chuqur bilim berish

-Darsning tarbiyaviy maqsadi:

-O`quvchilarga mavzu bo`yicha biologik ,ekologik ,kasb –korlikka(shifokor,dorishunos,kashfiyotchi olim)

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O`quvchilarning bilimlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali boyitish mustaqil fikrlashga undash nutq va muloqat ma`daniyatini ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.



Dars bosqichlari

Vaqt(daqiqa)

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati

1.Tashkiliy qism

3 Daqiqa

1.salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

2.Sinf tozaligiga e`tibor qilish.


Salomlashadilar

Darsga tayyorlanadilar.



2.O`tilgan mavzuni so`rash

12 Daqiqa.

O`qituvchi o`tilgan mavzuni 3 ta nazorat topshiriqi yordamida so`raydi.1),,BBB”metodi

2)Tushunchalar taxlili

3),,Biologik mashq”o`quvchilarni bergan javoblarini yakunlangan holda xulosalaydi va yangi mavzuni e`lon qiladi.


O`quvchilar nazorat topshriqlariga javob beradilar.

3.Yangi mavzu bayoni

10 Daqiqa

O`quvchilarni yangi mavzuni rejasi bilan tanishtiradi.Bunda suhbat usulidan foydalaniladi.

Yangi mavzu va uning rejasini daftariga yozib oladilar.O`qituvchi hamkorligida yangi mavzuni o`zlashtiradilar.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash

15 Daqiqa

O`qituvchi o`quvchilarni

Yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarni 1.Blits-so`rov 2.biologik diktant yordamida mustahkamlaydi.




Charxpalak ,Biologik diktant yozadilar.

5.Darsni yakunlash

5 Daqiqa

1.Yangi mavzuni xulosalaydi.

2.Uy vazifasini beradi

3.O`quvchilarni darsda erishgan natijalarini izohli e`lon qiladi va kundaliklariga qo`yadi.

4.Dars yakunlanganligini o`quvchilarga aytadi.




1.Yangi mavzuni o`qituvchi hamkorligida xulosalaydi.

2.O`z natijalari bilan tanishadilar.

3.Natijalarni kundalik daftarlariga qo`ydiradilar.

4.Uy vazifasini kundaliklariga yozadilar.



O`tilgan mavzuni so`rash va xulosalash

O`qituvchi o`tilgan mavzuni so`rashda mustahkamlashda yakka holda yoki guruhlarga qo`llash mumkin

Tushunchalar

Bilaman

Bilmoqchiman

Bildim

Moddalar almashinuvi










Assimilyatsiya










Dissimilyatsiya










Oqsillar almashinuvi










Yog`lar almashinuvi










Biologik mashq

1

Oqsillarni pachalovchi fermentni ayting?

Proteaza

2

Odamdagi sut tishlarini soni?

20 ta

3

Qizilo`ngachning uzunligi?

23-25sm

4

1gr oqsil oksidlanib parchalansa necha kkal energiya hosil bo`ladi?

4.1kkal

5

Odam tanasining necha %ni suv tashkil qiladi?

50-60%

6

Katta odam 1kunda necha litr suvga ehtiyoj sezadi?

2-3litr

7

Assimilyatsiya so`zining ma`nosi nima?

(assimulo-o`xshataman)

8

Vitaminlar qachon kim tomonidan aniqlandi?

1912-yil Funk

YANGI MAVZU BAYONI.

Mavzu:B guruh vitaminlari

Vitaminlar-biologik faol moddalar bo`lib organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi.Rus olimi N.I.Lunin1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvon organizmi uchun muhim modda ekanligini ilk bora isbotladi.Keyinchalik bu no`malum muhim moddalar 1912-yilda K.Funk tomonidan Vitaminlar deb nomlandi.Vitaminlar 40 dan ortiq turi bo`lib ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifasini bajaradi.Vitaminlar suvda va yog`da eriydigan turlarga bo`linadi.

Suvda eriydigan-B1,B2B6,B12,PP,S vitaminlari kiradi.

Yog`da eriydigan-A,D,E,K.

B1(tiamin)markaziy nerv sistemasida qo`zg`alish va to`rmozlanish jarayonlari normal o`tishida,odamning aqliy faoliyati yaxshi bo`lishida muhim o`rin tutadi.

Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarli miqdorda bo`lmasa odamda gipovitaminoz

B1 kasalligi yuzaga keladi.

Kasallik belgilari oyoq-qo`l muskullarining uvushib og`rishi holsizlik,tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayadi.arzimagan narsaga jaxli chiqadigan bo`lib qoladi.Bu vitamin uzoq muddat davomida yetishmasa avitaminoz B1,ya`ni

Beri-beri kasalligi yuzaga keladi. Bunda nerv sistemasidagi o`zgarishlar oqibatida nerv tolalari falajlanadi,teridagi sezuvchanlik oldiniga kuchayadi,so`ng yo`qoladi,qo`l-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi.Odam oyoqlariga huddi kishan solinganidek qadam bosadi.

B1 (tiamin) vitamini guruch po`stlog`ida,bug`doynon,loviya,no`hat,tuxum sarig`i,yong`oq.mol jigari tarkibida bo`ladi.

B guruhga kiruvchi vitaminlar



Nomi

Tasiri

Avitaminoz belgilari

Vitaminli mahsulotlar

B1 tiamin

Karbon suvlar almashinuvi

Beri-beri kasalligi

Oyoq qo`llar falaji

Muskullar atrofiyasi,nerv sistemasini zararlanishi


Sholi ,bug`doy kepagi,murtagi,qisman ichakda sintezlanadi

B2 ribovlavin

O`sish,oqsil,yog`,uglevod almashinuvi

Ko`z katarakti,og`iz boshlig`I shilliq qavati zararlanadi.

Pivo achitqisi,bug`doy doni,jigar buyrak,qatiq,tuxum,pomi-dor ,karam,ismaloq.

B-piridoksin

Oqsil yog`va azot almashinuvi

Yuz dermatitis,ishtahaning yo`qolishi,nerv qo`zg`aluvchanligi ortadi,ko`p uxlaydi.

Don dukkakli ekinlar,go`sht,jigar,baliq,pishloq,ichakda sintezlanadi.

B12sianokobalamin

Metionin,nuklein kislatalar sintezi,qon hosil bo`lishi

O`tkir anemiya

Baliq,cho`chqa,mol jigari,qisman ichakda sintezlanadi.

PP-nikotin kislata

Hujayraning nafas olishi,oqsil almashinuvi

Pellagra,ich ketadi,og`iz bo`shlig`i yalig`lanadi.

Mol go`shti jigar ,buyrak,yurak,seld,losos,

Yangi mavzuni mustahkamlashda:,, Blits-so`rov “metodidan foydalanamiz.

Blits so`rov



O`qituvchi namunasi

O`quvchi namunasi

Suvda eriydigan vitaminlarni ayting?

B1,B2B6,B12,PPvaS

Yog`da eriydigan vitaminlarni ayting?

A,D,E,K.

Vitaminlarning necha turi bor?

40dan ortiq

Beri-beri kasalligi qaysi vitamin yetishmasa kelib chiqadi?

B1

Qon hosil qiluvchi vitaminni ayting?

B12

Singa kasalligi qaysi vitamin yetishmasa kelib chiqadi?

S

Dermatit,deariya,demensiya qaysi vitamin yetishmasa kelib chiqadi?

PP

Bilogik diktant.

1.Vitaminlar……………………moddalar bo`lib organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi.

2.Agar odam organizmida biror vitamin………………..avitaminoz deyiladi.

3.Agar odam organizmida biror vitamin…………………gipervitaminoz deyiladi.

4.Agarda………………..vitamini uzoq muddat yetishmasa Beri-beri kasalligi yuzaga keladi.

5.B1 vitamini…………………………………mahsulotlarida uchraydi.

6.S vitamin……………………………………mahsulotlarida uchraydi.

7…………………vitamin yetishmasa teri quruqlashib yoriladi.

8…………………..baliq yog`ida ko`p miqdorda uchraydi.

9…………………………….odam va hayvon organizmini o`sish va rivojlanishida qatnashadi.

10………………………….ho`l mevalarda ,ko`katlarda sabzavotlarda,ayniqsa sitrus mevalarda,limon pomidorda,piyozda ko`p miqdorda uchraydi.

Darsni yakunlash:O`qituvchi



Darsni yakunlab darsda qatnashgan o`quvchilarni baxolaydi.

Uyga vazifa:80-betdagi savollarga javob yozib kelish va mavzuni o`qib kelish.

Yüklə 30,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə