Davlat byudjeti haqida tushunchha. Davlat byudjeti turlari



Yüklə 6,82 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü6,82 Kb.
#188245
davlat byudjeti tarkibi va tuzilishi


Reja
  • Davlat byudjeti haqida tushunchha.
  • Davlat byudjeti turlari.
  • Davlat byudjeti tarkibi va tuzilishi.

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi.
Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati byudjetining mohiyati Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini toplash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sogliqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy taminot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yonaltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. Mohiyatiga kora davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bolib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bolgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning ozida, davlat byudjeti faqat oziga xos bolgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular oz navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bolinmalaridan ajratib turadi va unda markaziy orinni egallashga imkon beradi. 

Byudjet tizimi

  • barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari yig’indisini, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplarini, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarni o’zida ifodalaydi.

Respublika byudjeti

  • davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Mahalliy byudjetlar:

  • Byudjet Kodeksiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi
  • Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjatdir
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.
  • Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.
  • Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.

Byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari


byudjet tizimining yagonaligi; byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi; byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish; byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi; byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi; byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; ochiqlik. Konsolidatsiyalashgan byudjet tushunchasi, unu tuzishning zarurligi va maqsadi Konsolidatsiyalashgan byudjet - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini (ular o’rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda) hisobga olib borish uchun tuziladi.

Byudjetlararo munosabatlar -

  • turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika byudjeti bilan viloyat byudjeti) o’rtasidagi, shuningdek, davlat byudjeti bilan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari o’rtasidagi tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir

Yüklə 6,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin