Darsning maqsadi, vazifasi va darsda shakllantiriladigan kompetensiyalar
Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: o`quvchilarga Prezident institutining joriy etilishi , Prezident lavozimiga nomzod bo’lgan shaxslarga qo’yiladigan talablar, Prezident vakolatlari, Prezidentni saylash tartibi haqida ma’lumot berish.
b)tarbiyaviy: o`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat uyg`otish, mamlakat ichki va tashqi siyosatini ongli ravishda tushunish va huquqiy madaniyatli bo’lish ruhida tarbiyalash.
c)rivojlantiruvchi: o`quvchilarda mustaqil fikrlash va o’z fikrini erkin bayon etish ko’nikmasini rivojlantirish.
Darsda sahkllantiriladigan kompetensiyalar: a)tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya: o’quvchilarda muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish ,jamoa bilan hamkorlikda ishlash, suhbatdoshni fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qilish ko’nikmasini shakllantirish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet,televizor,gazeta-jurnal,radio,kompyuter , elektron pochta va boshqalar) foydalanish, media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topish,saralash va ulardan samarali foydalanish, media madaniyatga ega bo’lish ko’nikmasini shakllantirish.
Shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish kompentensiyasi: doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy ,ruhiy va intellektual rivojlantirish,hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish,o’z harakatlarini baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmasini shakllantirish.