Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 362,5 Kb.
tarix16.02.2017
ölçüsü362,5 Kb.
#8508
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI




«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor Teshaev O.R.
_______________________

«27» avgust 2015 y.




Ma'ruza mavzusi:

VARIKOZ KASALLIGI
Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun

Toshkent – 2015

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI




«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani

professor Zufarov P.S.

_______________________

«27» avgust 2015 y.

Ma'ruza mavzusi:

VARIKOZ KASALLIGI

Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun

Jarroxlik UMK yig‘inida

ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan

protokol № 1

«27» avgust 2015 y.dan



Toshkent – 2014

Varikoz kasalligi

O‘QUV TEXNOLOGIYASI


Talabalar soni – 60-120.

Davomiyligi – 90 minut.

O‘quv mashg‘uloti shakli

Ma'ruza – vizualizasiya.

Ma'ruza rejasi

  1. Kul oyok venalari anatomiyasi va ularda kon okimi.

  2. Venalarni tekshirish usullari.

  3. Varikoz kasalligi etiologiya, patogenez, klassifikasiya, klinika, diagnostika, differensial diagnostika, davolash.

  4. Varikoz kasalligi asoratlari va davolash usullari.

O‘quv mashg‘uloti (ma'ruza) maqsadi: talabalarga varikoz kasalligi bo‘yicha tushuntirish berish, uning epidemiologiyasi va etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchining vazifalari:

        1. Varikoz kasalligi etiologiya va patogenezi bilan tanishtirish.

        2. Kasallik zamonaviy klassifikasiyasini berish.

        3. Kasallikning diagnostikasi usullari.

        4. Zamonaviy davolash usullari.

        5. Profilaktika metodlari bilan tanishtirish.

        6. Kasallik asoratlari va ularni davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  1. Venalarning klinik anatomiyasi va venalarda kon okimi

  2. Varikoz kasalligi etiologiya, patogenez, klassifikasiyasi

  3. Varikoz kasalligi diagnostikasi

  4. Da'volash prinsipi. Kasallik asoratlari bilan kurashish.

  5. Kasallik profilaktikasi prinsiplari.

O‘quv metodlari va texnikasi

Ma'ruza – vizualizasiya, texnika: blis-so‘rov, yo‘naltiruvchi savollar, «ha-yo‘q» texnikasi.

O‘quv vositalari

Lazer proektor, vizual materiallar, informasion ta'minot.

O‘quv shakllari

Kollektiv bilan ishlash.

O‘quv sharoitlari

TSO bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.

MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar, davomiyligi

Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish


(5 minut)

1. Mavzuning nomi, maqsadi, ma'ruzadan kutilayotgan natija-lar va uni o‘tkazish rejasini aytadi.

1. Tinglaydilar.

2 bosqich

Bilimlar aktualizasiyasi

(20 minut)


2.1. Talabalar bilimlarini aktualizasiya qilish maqsadida yo‘naltiruvchi savollarni berish.

Blis-so‘rov o‘tkazadi.

2.2. Ma'ruzaning maqsadini ekranga chiqaradi va u bilan tanishib chiqishni so‘raydi. Slaydlarni ta'riflaydi.


2.1. Savollarga javob beradilar.

2.2.Slaydlarda ko‘rsatilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.



3bosqich

Informasion

(55 minut)


3.1. Ma'ruza materiallarini ketma-ketlik bilan rejadagi savollar bo‘yicha izohlaydi, vizual ma'lumotlar va yo‘naltiruvchi savollar tizimini qo‘llaydi.

Mavzuning muhim tomonlarini alohida e'tibor bilan yoritib beradi, ularni yozib olishni taklif qiladi.



3.1. Berilgan ma'lumotlar-ni mazmunini muhokama qiladilar, aniqlik kiritadilar, savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.

4 bosiq

Yakuniy


(10 minut)

4.1. Ma'lum bir klinik xolatlardan foydalangan xolda bir qator savollar beradi.

4.2. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi.



4.1. Savollarga javob beradilar.

4.2. Tinglaydilar, yozib oladilar.




Mavzuni asoslash: Oyoq venalarining varikoz kasalligi (varicus venus cruris) – deganda ular bo‘shlig‘ining qopsimon kengayishi, teri osti venalari uzunligining oshishi va ilonsimon egri-bugri bo‘lib qolishi tushuniladi. Bu kasallikda zarar-langan oyoqda venoz qon aylanishining buzilishi va trofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ushbu xastalik yuzaki venalarning butun uzunligida joylashuvi mumkin, chuqur venalarning zararlanishi mumkinligi ham aniqlangan.

Oyoq venalarining varikoz kengayishi aholining 17-37% da kuzatiladi. Shifoxonalarda u xirurgik bemorlarning umumiy sonini nisbatan 2,0-3,3% ni tashkil etadi. Ayollar erkaklarga qaraganda 3 marta ko‘proq kasallanadilar. V.S.Savelev va E.P.Dumpe (1970) aholining 15-20% vena kasalliklari bo‘yicha operasiya usulida davo qilinishga muhtoj deb hisoblaydilar.


Ma'ruza maqsadi: talabalarga varikoz kasalligi bo‘yicha tushuntirish berish, uning epidemiologiyasi va etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsadlar: Varikoz kasalligi, uning bo‘lishi mumkin asoratlari va ularni oldini olish xamda davolash bo‘yicha talabalarni bor bilimlari diapazonini kengaytirish, klinik fikrlash kobiliyatini rivojlantiradi, talabalarni amapliy mashgulotlarga tayerlashdan iborat.
Ma'ruza masalalari: Varikoz kasalligi bo‘yicha tushuntirish berish, varikoz kasalligi etiopatogenezi va tasnifi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, varikoz kasalligi zamonaviy davolash usullarini yoritish.

Muhokamaga muxtoj bo‘lgan savollar va ularga ajratilgan vaqt:

  1. Motivasiya, mavzuni asoslash – 5 min.

  2. Qisqacha anatomo-fiziologik ma'lumotlar – 15 min.

  3. Oyoq venalarining holatini aniqlash uchun sinamalar – 10 min.

  4. Varikoz kasalligining etiopatogenezi – 10 min.

  5. Varikoz kasalligining klinik manzarasi – 10 min.

  6. Diagnostika va differensial diagnostika – 10 min.

  7. Varikoz kasalligini davolash – 15 min.

  8. Varikoz kasalligining asoratlari – 10 min.

  9. Kasallik profilaktikasi – 5 min.


Qayta aloqa o‘rnatish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

1. Venoz tizimning qanday anatomik xususiyatlari mavjud?

2. Venalarda qon oqimining mexanizmi.

3. Troyanov-Trendelenburg sinamasi.

4. Gakenbrux sinamasi.

5. Pratta-1 sinamasi.

6. Pratta-2 sinamasi.

7. Uch jgutli sinama.

8. Delbe-Pertes marsh sinamasi.

9. Varikoz kasalligining tasnifi.

10. Varikoz kengaygan venalar skleroterapiyasini bajarish texnikasi.
Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Anatomik-fiziologik xususiyatlari

Oyoqlarda yuzaki, chuqur hamda komunikant (perforant) venalari tafovut qilinadi. Yuzaki venalar katta va kichik teri osti venalaridan iborat. Katta teri osti venasi oyoq panjasining medial chekka venasidan boshlanib, boldir va sonning medial yuzasi bo‘ylab ko‘tarilib, oval teshik orqali son venasiga quyiladi. Katta teri osti venasining son venasiga quyilish joyida uning bir necha tarmoqlari (v. pubenda externa, v. epigastrica superficialis, v. circumflexa ileum superficialis, v.v. saphena accessoria medialis et lateralis) qo‘yiladi.

Kichik teri osti venasi oyoq panjasi lateral chekka venasining davomi hisoblanadi va taqim osti sohasida taqim osti venasiga quyiladi. Katta va kichik teri osti venalari o‘rtasida ko‘p sonli anastomozlar bo‘ladi.

Oyoqlarning chuqur venalari shu nomdagi arteriyalar bilan birga o‘tadigan juft venalardan tashkil topgan bo‘lib, oldingi va orqa katta boldir venalari qo‘shilgach, taqim osti venasini hosil qiladi. Taqim osti venasi son venasiga davom etib, pupart boylami sathida tashqi yonbosh venaga o‘tadi, u esa ichki yonbosh venasi bilan qo‘shilib umumiy yonbosh venasini hosil kiladi. Yuzaki va chuqur venalar orasidagi aloqani komunikant venalar amalga oshiradi.

Venoz klapanlar normada qonning yuzaki va chuqur venalari bo‘ylab retrogad (ortga, teskari) oqishiga, komunikant venalarda esa, chuqur venalardan yuzaki venalarga retrograd oqishiga to‘sqinlik qiladi.

Venoz qon oqimi quyidagi omillarga ko‘ra amalga oshiriladi:

1. Qon kapillyarlar orqali o‘tgandan keyingi “qoldiq bosim”.

2. Boldir va sonning “mushak-venoz nasosi” ishi (“venoz yurak” deb ham ataladi).

3. Yondosh yotgan arteriyalar pulsatsiyasi.

4. Diastola vaqtida yurakning so‘rib oladigan ta'siri.

5. Nafas olish vaqtida ko‘krak qafasidagi manfiy bosim.

Odatda oyoqlar va qo‘llardan qonning 80-90% gacha chuqur venalar bo‘ylab oqib o‘tadi.


Venalarning klapan yetishmovchiligini aniqlash

Oyoq yuzaki venalari ostial klapani yetishmovchiligini aniqlash uchun Troyanov-Trendelenburg va Gakkenbrux sinamalarini o‘tkazish lozim bo‘ladi.

Troyanov-Trendelenburg sinamasi. Bemor gorizontal vaziyatda yotib oyog‘ini yuqoriga ko‘taradi. Yuzaki venalar bo‘shaganidan so‘ng, katta teri osti venasining son venasiga quyiladigan joyi topilib, barmoq bilan bosiladi va barmoqni olmasdan turib bemorning o‘rnidan turishi so‘raladi. Bu sinamani bajarishda, barmoq bilan bosmasdan jgut qo‘ysa ham bo‘ladi. Normada katta teri osti venasi bo‘shaydi, 20-30 sekund o‘tgach venalar pastdan yuqoriga qarab qon bilan to‘la boshlaydi. Agar ostial klapani yetishmovchiligi bo‘lsa, barmoq olingandan (yoki jgut yechilgandan) keyin, venalar tezda yuqoridan pastga qarab qon bilan to‘ladi. Troyanov-Trendelenburg sinamasi musbat bo‘lgani, katta teri osti venasining klapanlari yetishmovchiligidan darak beradi.

Gakkenbrux sinamasi (yo‘tal turtkisi). Bu snamada, bemor yo‘talganda katta teri osti venasi son venasiga quyiladigan joyga qo‘yilgan barmoqlar turtkini sezadi. Gakkenbrux sinamasining musbatligi - katta teri osti venasi ostial klapanidagi yetishmovchilikni ko‘rsatadi.

Chuqur venalarning o‘tkazuvchanligi Delbe-Pertes “marsh” sinamasi va Pratt-1 sinamasi orqali tekshiriladi.

Delbe-Pertesning “marsh” sinamasini o‘tkazish uchun bemor tik holatda turganida songa, faqat yuzaki venalarni bosib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. Bemordan 5 daqiqa yurish yoki bir joyda turib odimlash (“marsh” qilish) talab etiladi. Bunda teri osti venalarining puchayishi kuzatiladi va bu chuqur venalarning o‘tkazuvchanligidan dalolat beradi. Yurishdan keyin venalarning bo‘rtishi va boldir sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, chuqur venalarda to‘siq borligidan yoki jgutdan pastdagi komunikant venalarning ishlamasligidan dalolat beradi.

Pratt-1 sinamasi. Boldir aylanasiga o‘lchangandan keyin bemorni chalqancha yotqiziladi va venalar bo‘shalgandan so‘ng, oyoqqa teri osti venalarini bosib turadigan elastik bint bog‘lanib, 10 minut yurish taklif etiladi. Og‘riqning paydo bo‘lishi chuqur venalar zararlanganini ko‘rsatadi. Takror tekshiruvda boldir aylanasi o‘lchamining ortishi - chuqur venalarning o‘tkazuvchan emasligini ko‘rsatadi.

Komunikant venalar klapanlarining holati haqida tushunchani Pratt-2 sinamasi, uch jgutli Sheynis sinamasi va Talman sinamasi beradi.

Pratt-2 sinamasi. Yotgan holatda teri osti venalari bo‘shatilgandan so‘ng oyoq panjasidan boshlab elastik bint bog‘lanadi. Songa pupart boylami ustiga jgut bog‘lanadi. O‘rindan turish taklif qilinadi. Jgut ostiga ikkinchi elastik bint bog‘lanadi. So‘ngra pastdagi bint o‘ram-o‘ram qilib yechiladi, yuqoridagi bintni esa oyoqqa bintlar orasida 5-6 sm ochiq joy qoladigan qilib pastga o‘raladi. Bintlardan ozod bo‘lgan uchastkada venalarning tez to‘lishi bu yerda ishlamaydigan klapanlari bo‘lgan komunikant venalar borligini ko‘rsatadi. Ularga ko‘k dori surtib belgilab qo‘yiladi.

Sheynisning uchta jgutli sinamasi. Teri osti venalari bo‘shatilgandan keyin bemorga yotgan holatida: sonning yuqori uchdan bir qismiga, son o‘rtasiga va tizzadan pastga uchta jgut qo‘yiladi. O‘rindan tik turish taklif qilinadi. Oyoqning jgutlar bilan chegaralangan biror kesigida venalarning tez bo‘rtib chiqishi shu sohada klapanlari ishlamaydigan komunikant venalar borligidan dalolat beradi.

Talman sinamasi. Uchta jgut o‘rniga yumshoq rezina naychadan yasalgan bitta uzun (2-3 m) jgut ishlatiladi. Uni oyoqqa pastdan yuqoriga spiral qilib bog‘lanadi. Jgut o‘ramlari orasida 5-6 sm masofa qolishi kerak. Oyoqning jgutlar bilan chegaralangan biror kesigida venalarning tez bo‘rtib chiqishi shu uchastkada klapanlari ishlamaydigan komunikant venalar borligidan dalolat beradi.
Venalarni tekshirishning maxsus instrumental usullari

1.Funksional-dinamik flebomanometriya. Boldirga elastik bint solinadi, oyoq panjasi lateral tomonidagi venalardan birini punktirlab elektromanometr bilan ulanadi. Venoz bosimni oyoq mushaklari tarang qilingandan (Valsalvi sinamasi) va mushak ishidan (10-12 marta turib o‘tirilgandan) keyin bosimi o‘lchanadi. Chuqur venalar o‘tkazuvchanligida Valsalvi sinamasida bosim 10-15 mm suv ustiniga ko‘tariladi, sistolik (mushaklar qisqarganda) va diastolik (mushaklar bo‘shashtirilganda) bosim 45-50 mm suv ustiniga oshadi, sistola-diastola gradienti birmuncha kamayadi. Mushak ishidan keyin bosim asta-sekin dastlabki darajasiga qaytadi.

2. Teri elektrotermometriyasi - qo‘shimcha usul. Varikoz venalar va tugunlar ustidagi teri haroratining 0,3-0,5°ga yuqoriligi oyoqni osiltirib o‘tirishda temperaturalarning farqi katta bo‘lishi qayd qilingan.

3. Termografiya birmuncha kulrang fonda oqish uchastkalar ko‘rinishida-gi kengaygan venalarni aniqlab beradi.

4. Ultratovush dopplerografiyasi. Bu tekshiruv orqali oyoq venalari qon o‘tkazuvchanligi, qon oqimi tezligi, klapanlar yetishmovchiligi va regionar qon bosimi aniqlanadi.

5. Ultratovush angioskanerlash (ultratovush dupleks tekshiruvi). Bu tekshiruv orqali oyoq venalarini holati, o‘lchami, o‘tkazuvchanligi, klapanlar holati va yetishmovchiligi, qon oqimi tezligi va hajmi, varikoz kengaygan venalar holati, ichida tromb bor yoki yuqligi, trombning dinamikada o‘sish darajasi kabi ma'lumotlarni aniqlash mumkin. Bu tekshiruv usuli noinvazivligi va tekshiruvni ko‘p marta takrorlash mumkinligi tufayli hozirgi kunga kelib angiologiyada eng yaxshi ma'lumot beruvchi tekshiruv usuliga aylandi.

Distal flebografiyada kontrast modda (ultravist, omnipak, verogra-fin, va b.) oyoq panjasi lateral tomonidagi venalarning biriga yoki medial chekka venaga yuboriladi. Tekshirish bemorning vertikal vaziyatida funksional sinamalardan foydalanib (funksional-dinamik flebografiya) o‘tkaziladi. Seriyali angiografiya qo‘llaniladi: birinchi suratni in'eksiya qilingan zahoti (tinchlik fazasi), ikkinchisini bemor oyoq uchida ko‘tarilgan vaqtda (mushak tarangligi fazasi), uchinchisi - oyoq uchini bosib 10-12 marta turib o‘tirilgandan keyin (relaksatsiya fazasi) olinadi. Flebogrammalarda chuqur venalarning o‘tkazuvchanligi aniqlanadi, kontrastniig tutilib qolishidan esa ishlamay qolgan komunikant venalarning u yerda joylashganini aniq bilib olishga muvaffaq bo‘linadi.

Proksimal flebografiyada kontrast modda son venasiga katta teri osti venasini Seldinger bo‘yicha punksiya qilish va kateterlash yo‘li bilan yuboriladi. Son venasi klapan apparatining holati va yonbosh venalarning o‘tkazuvchanligi aniqlanadi.


Oyoq venalarining varikoz kasalligi

Oyoq venalarining varikoz kasalligi (varicus venus cruris) - deganda ular bo‘shlig‘ining qopsimon kengayishi, teri osti venalari uzunligining oshishi va ilonsimon egri-bugri bo‘lib qolishi tushuniladi. Bu kasallikda zarar-langan oyoqda venoz qon aylanishining buzilishi va trofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ushbu xastalik yuzaki venalarning butun uzunligida joylashuvi mumkin, chuqur venalarning zararlanishi mumkinligi ham aniqlangan.

Oyoq venalarining varikoz kengayishi aholining 17-37% da kuzatiladi. Shifoxonalarda u xirurgik bemorlarning umumiy sonini nisbatan 2,0-3,3% ni tashkil etadi. Ayollar erkaklarga qaraganda 3 marta ko‘proq kasallana-dilar. V.S.Savelev va E.P.Dumpe (1970) aholining 15-20% vena kasalliklari bo‘yicha operatsiya usulida davo qilinishga muhtoj deb hisoblaydilar.

Etiologiyasi va patogenezi. Oyoq venalarining varikoz kasalligi birlamchi va ikkilamchi deb tafovut qilinadi. Agar birlamchi varikoz kasallik klapan yetishmovchiligi, venalar tonusi pasayishidan rivojlansa va kasallikning ko‘proq uchraydigan turi xisoblansa, venalarning ikkilamchi varikoz kengayishi chuqur venalar tromboflebitidan keyin kompensator rivojlanadi.

Venalarning varikoz kasalligi rivojlanishiga doir bir necha nazariya-lar mavjud bo‘lib ular quyida keltirilgan.

Mexaniq nazariya - kasallik rivojlanishini uzoq vaqt oyoqda turib qolinganda yoki venalarning proksimal bo‘limlari ezilganda (masalan, xomiladorlikning ikkinchi yarmida) oyoqdan qon oqib ketishi kiyinlashuvi sababli venalardagi bosimning oshishi bilan izohlaydi.

Eng uzun vena - katta teri osti venasi gravitatsion effekt natijasida yuqori qon bosimi ta'siriga uchraydi. Shunga ko‘ra bu kasallikni yana oyoqda turib bajariladigan kasbli mutaxasislarning kasalligi ham deb ataydilar.

Klapan yetishmovchiligi yoki irsiy moyillik nazariyasining tarafdor-lari kasallik avj olishini venoz klapanlarining tug‘ma bo‘lmasligi yoki ularning o‘sib yetilmaganligi sababli funksional yetishmovchiligi bilan izohlaydilar.

Neyroendokrin nazariya tarafdorlari a'zoizmdagi gormonal qayta qurish (xomiladorlik, menopauza, voyaga yetish davri, tug‘ruq va b.) tufayli vena devorining sustlashib qolishiga asosiy ahamiyat beradilar. Bunda chanoq a'zolariga qon oqib kelishi ko‘payadi, arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi va venalar tonusi pasayib ketganligidan qon oqib ketishga qiyinchilik tug‘diradi.

Kator tadqiqotchilar venalarning varikoz kengayishi - rivojlanishida arteriola-venulyar anastomozlar yetakchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar (G.P.Alekseev, 1971, V.P.Vasyutkov, 1972). Arteriola-venulyar anastomozlar noqulay omillar ta'siri ostida ochilib ketadi, natijada oyoqqa ko‘p miqdorda qon yuqori bosim ostida tusha boshlaydi, venalar bo‘shlig‘i kengayadi va venalarning ikkilamchi klapan yetishmovchiligi rivojlanadi, varikoz tugunlar paydo bo‘ladi. Varikoz kasalligining bu arterial turiga Parks - Veber - Rubashev kasalligi kiradi.

Yuqorida aytilganlardan venalarning varikoz kengayishi quyidagi qator omillarning bir vaqtda ta'sir qilishi natijasida kelib chiqishi ayon bo‘ldi:

a) moyil qiladigan omillar: venalarning tug‘ma yoki orttirilgan o‘zgarishlari: faoliyat ko‘rsatmaydigan arteriola-venulyar anastomozlar borligi, neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi;

b) keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimni oshiradi va venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi.

Venalarda qon bosimi oshishi va venoz dimlanish Yuzaki venalar, keyinroq komunikant venalarning klapan yetishmovchiligiga, bu esa o‘z navbatida mushaklar qisqarganda qonning chuqur venalardan yuzaki venalarga oqib kelishiga olib keladi. Arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi, kapillyarlardagi qon oqimi pasayadi, staz rivojlanadi. Perikapillyar bo‘shliqda ko‘p miqdorda suyuqlik, elektrolitlar, qonning shaklli elementlari, plazma oqsili to‘planadi. Terida va teri osti kletchatkasida biriktiruvchi to‘qima rivojlanadi, mayda tomirlar va kapillyarlar devorida gialinoz va skleroz rivojlanadi, to‘qimalarda almashinuv jarayonlari buziladi. Klinik jihatdan bu shishlar va trofik buzilishlar (terida pigmentatsiya, dermatit, ekzema, yaralar) bilan namoyon bo‘ladi.

Klassifikatsiyasi.

Anatomik shakllari bo‘yicha: magistral, sochma, aralash.

Tarqalishi bo‘yicha: chegaralangan, generalizatsiyalashgan, o‘tib ketadigan.

Klinik klassifikatsiyasi:

1) oddiy (asoratlanmagan) turi, 40 yoshgacha uchraydi va hamma hollarning 18% ni tashkil qiladi.

2) asoratlangan turi, aksariyat 50 yoshdan keyin uchraydi va hamma hollarning 32% ni tashkil etadi.

Asoratlari: ekzemalar, piodermiyalar, trofik yaralar, tromboflebit-lar, varikoz venalardan qon oqishi.

Kasallikning bosqichlari bo‘yicha:

Kompensatsiyalangan, subkompensatsiyalangan va dekompensatsiyalangan.

Qonning chuqur venalardan yuzaki venalarga o‘tish darajasiga ko‘ra varikoz kasallikning turlari (V.S.Savelev bo‘yicha, 2000).

1. Yuqori veno-venoz qon reflyuksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi (teri osti venasi ostial klapani yetishmovchiligida).

2. Past veno-venoz qon reflyuksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi (komunikant venalari yetishmovchiligida).

3. Veno-venoz aralash qon reflyuksi bilan o‘tadigan varikoz kasalligi.

Rossiya flebologlarning 2000 yili o‘tkazilgan yig‘ilishida varikoz kasalligining surunkali venoz yetishmovchiligi (SVe) darajasi, varikoz kasalligi turlari va asoratlariga asoslangan yangi klassifikatsiyasi taklif qilindi:




Varikoz kasalligining turlari

SVe darajasi

1. Teri ichi va segmentar varikoz, veno-venoz reflyukssiz

0 – yo‘q

1- “Og‘ir oyoq” sindromi

2. Segmentar varikoz yuzaki va komunikant venalar reflyuksi bilan

2 - O‘tib ketuvchi shish

3. Tarqalgan varikoz yuzaki va komunikant venalar reflyuksi bilan

3 - doimiy shish, giper- yoki gipopigmentatsiya, lipoderma-toskleroz, ekzema

4. Varikoz kengayish chuqur venalar reflyuksi Bilan

4 - Venoz trofik yaralari


Klinik manzarasi va diagnostikasi. Chap oyoq o‘ng oyoqdan ko‘ra ko‘proq zararlanadi, ikki tomonlama zararlanish 35-43% xollarda uchraydi. Bemorlarning 75-80 % da katta teri osti venasi, 5-10 % kichik teri osti venasi zararlanadi, bemor-larning 7 - 10 % patologik jarayonga ikkala vena tortiladi. Kasallikning klinik manzarasi uning bosqichlariga, asoratlari bor-yo‘qligiga ko‘ra turli-tuman bo‘ladi. Kasallikning kechishida latent faza, kompensatsiya, subkompensatsiya va dekompensatsiya bosqichlari farq qilinadi.

Venoz qon aylanish kompensatsiyasida bemorlar tik turilganda ro‘y-rost ko‘rinadigan va egri-bugri yo‘llar, tugunlar, bo‘rtib chiqqan chigallar ko‘rinishidagi kengaygan venalar borligidan shikoyat qiladilar. Bemorlarni oyoqning o‘rta darajada og‘irlashishi, to‘laligi, vertikal holatda charchab qolishi bezovta qiladi. Oyoqda shishlar yo‘q yoki kechga tomon paydo bo‘ladi va dam olingandan so‘ng yo‘qoladi. Bemorlar mexnatga layoqatli bo‘ladilar.

Subkompensatsiya bosqichida oyoq tez charchaydi, shishganday sezgi paydo bo‘ladi, og‘ir tortadi, pastki mushaklar tortishadi, terisi qichishadi, paresteziya, boldir va oyoq panjasida shish paydo bo‘ladi. Shishlar kechga tomon yoki uzoq vaqt oyoqda turilganda paydo bo‘ladi. Tungi dam olishdan keyin ertalab ular yo‘qoladi, biroq dam olishdan so‘ng hamisha yo‘qolaver-maydi. Ichki to‘piq ustida sianoz va teri pigmentatsiyasi paydo bo‘ladi.

Dekompensatsiya bosqichida doimiy shish, uvishib qolish, zararlangan tomonda qichishish paydo bo‘ladi. Boldir yug‘on tortadi, sianozga uchraydi, shishadi. Shishlar tez ketmaydi, tungi uyqudan so‘ng yo‘qolmaydi. To‘qimalarning trofik buzilishlari, dermatitlar, skleroz, teri osti kletchatkasi induratsiyasi qo‘shiladi. Varikoz kasallik asoratlari: trofik yaralar, tromboflebitlar, varikoz kengaygan venalardan qon ketishi, ikkilamchi limfedema, ekzema qo‘shiladi.

Trofik yaralar odatda yakka, ba'zan ko‘p sonli bo‘ladi, boldir uchdan bir pastki qismining ichki yuzasida joylashadi. Yaralar yassi, ularning tubi silliq chetlari notekis shaklda, ajralma kam chiqadi.

Varikoflebit - varikoz venalar kengayishi tromboflebitida venalar yo‘li bo‘ylab qattiqlashishi, og‘riydigan zich tugunlar paydo bo‘lishi, qizarishi va yurish qiyinlashuvi hamda umumiy va mahalliy harorat ko‘tarilishi kabi belgilar paydo bo‘lishi bilan rivojlanadi.

Venalarning varikoz kengayishidan qon ketishi - yupqalashib va teri bilan birikib ketgan vena arzimas darajada shikastlanganda yuz beradi. Shikastlangan vena distal qismiga bosuvchi bog‘lam yoki jgut yordamida qon ketishini osongina to‘xtatish mumkin.

Solishtirma tashxis posttromboflebitik sindromi, yuzaki venalari-ning ikkilamchi kompensator varikoz kengayishi, venalarning tug‘ma kasalliklari (Parks-Veber-Rubashev va Klippel-Trenone sindromi) bilan o‘tkazish lozim.



Davolash. Konservativ muolaja, sklerozlovchi davo va jarrohlik amaliyotlari usullari qo‘llaniladi. Bemorni konservativ davolash kasallikdan holi qilmaydi, balki asoratlarining oldini oladi, zo‘rayib ketishdan saqlaydi. Uni operatsiyaga monelik qiladigan hollar bo‘lganda qo‘llash mumkin. Konservativ davo kompleksiga elastik paypoq kiyish, oyoqni elastik bintlash, davolash fizkulturasi, bemorlarni yengil ishga o‘tkazish, og‘ir yuk ko‘tarmaslik va uzoq vaqt tik oyoqda turmaslik kiradi.

Sklerozlovchi davo kasallikning boshlang‘ich bosqichida kengaygan venalarning ayrim tugunlari yoki qismlarini obliteratsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Bunda varikoz tugunlarga yoki kengaygan venalarga sklerozlaydigan eritmalar (etoksisklerol, fibro-veyn, trombovar va b.) yuboriladi. In'eksiya qilinadigan joy doka sharcha bilan artiladi va dori yuboriladi, sungra oyoqqa elastik bint bog‘lanadi. Bemorga 2-3 soatgacha yurish taklif qilinadi.

Xirurgik davo varikoz kasallikni davolashning birdan-bir radikal usuli hisoblanadi. Og‘ir yurak, o‘pka, jigar va buyrak xastaliklarida, xomiladorlik davrida, keksa odamlarda va yiringli kasalliklar bo‘lganda uni o‘tkazib bo‘lmaydi. Operatsiya katta teri osti venasini va uning tarmoqlarini son venasiga quyiladigan joyidan bog‘lash (Troyanov-Trendelenburg operatsiyasi yoki krossektomiya), katta teri osti venasini Bebkokk bo‘yicha olib tashlashdan iborat, buning uchun Bebkokk yoki Grizendi zondi qo‘llaniladi.

Venalarning juda buralib ketgan uchastkalari Narat bo‘yicha kichikroq kesmalar orqali olib tashlanadi.

Ishlamay qolgan komunikant venalar bo‘lganda bu venalarni albatta bog‘lab qo‘yish kerak. Operatsiya boldirning ichki Yuzakisi bo‘ylab 12-15 sm uzunlikda kesib komunikant venalarni bog‘lashdan iborat.

Trofik o‘zgarishlar bo‘lmaganda komunikant venalar fassiya ustidan (Kokket bo‘yicha), teri va teri osti kletchatkasi trofik o‘zgarishlarga uchraganda esa fassiya ostidan Linton bo‘yicha bog‘lanadi.

Mayda teri osti venalarining olib tashlanmagan uchastkalari teri orqali ketgut bilan (Shede-Koxer, Sokolov bo‘yicha) qo‘shimcha tikiladi.

Xozirgi vaqtda endoskopik xirurgiyani avj olib rivojlanishi SVe da, komunikant venalar yetishmovchiligida, ayniqsa trofik yaralar kuchli rivojlanganda endoskopik usulda perforant venalarni bog‘lash katta ahamiyatli davolash usuli hisoblanadi.

Amaliyotdan keyingi davrda bemorlarga elastik bintlash yoki elastik paypoqlar kiyish, dezagregantlar, fleboprotektorlar va davolash mashqlari tavsiya etiladi.

Adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов. Тошкент, 2005.

2. Хирургические болезни. Ш.И.Каримов. Ташкент, 2005.

3. Hirurgik kasalliklar. Sh.I.Karimov. Toshkent, 2011.

4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев. Тошкент, 1995.

5. Хирургические болезни. Под ред. М.И.Кузина. Медицина, 2002.

6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соавт. Ташкент, 2004.

7. Клиническая хирургия. Под ред. Ю.М.Панцырева. Москва, «Медицина», 1988.

8. Справочник практического врача (в 3х томах). А.Воробьев. 1990.

9. Клиническая хирургия. Р.Конден, Л.Нейхус. Москва, «Практика», 1998.

10. Справочник-путеводитель практикующего врача. Ф.Г.Назиров, И.И.Денисов, Э.Г.Улугбеков. Москва, 2000.

11. Руководство по хирургии. Под ред. Б.В.Петровского. (в 12 томах). Москва, «Медицина», 1959-1966.


II. Qo‘shimcha:

12. Практическое руководство по хирургическим болезням. В.Г.Астапенко. Минск, 2004.

13. 50 лекции по хирургии. В.С.Савельев. Москва, 2004.

14. Основы оперативной хирургии. Под ред. С.А.Симбирцева. 2002.

15. Диагностический справочник хирурга. В.Н.Астафуров. 2003.

16. Хирургическая операция. Расстройство гомеостаза, предоперационная подготовка. И.Я.Макшанов. 2002.



17. Mavzu buyicha Internet adreslar: www.rmj.net; www.consilium-medicum.com; www.mediasphera.ru; www.medmore.ru; www.medilexicom.com; www.encicloperdia.com.



Yüklə 362,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin