Depozit operatsiyalarning faoliyati tashkil etish va istiqbollari Reja



Yüklə 22,13 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü22,13 Kb.
#178078
  1   2
Depozit operatsiyalarning faoliyati tashkil etish va istiqbollari



Depozit operatsiyalarning faoliyati tashkil etish va istiqbollari
Reja:

  1. Tijorat banklari depozit operatsiyalarining shakillantirishning nazariy asoslari.

  2. Tijorat banklari tomonidan pul mablag‘larini depozitga jalb qilish va uning bank faoliyatidagi o‘rni


“Tijorat banklari jalb qilgan mablag‘larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqtgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. Bank amaliyotida qo‘llanilayotgan depozitlar va umuman, depozitlar haqida iqtisodiy adabiyotlarda yagona yondashuv mavjud emas. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya-kredit yoki bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari tushuniladi”3 . Rossiyalik iqtisodchi olim L.S.Padalkinaning fi kricha depozit tarkibiga faqat muddatsiz depozitlar kirad. E.M.Rode depozitlar o‘z ichiga, jamg‘arma sertifi katlardan tashqari – barcha muddatli va muddatsiz omonatlarni oladi, deb ta’kidlaydi. Depozit mijozlarning bankka vaqtincha foydalanish uchun bergan mablag‘lari bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni aks ettiradi. Depozitlarning guruhlanishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy adabiyotlarda yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim manbalarda ular asosan, uchta guruhga ajratilsa, ba’zi adabiyotlarda to‘rtta guruhga ajralishi ta’kidlanadi, Markaziy bankning depozitlar to‘g‘risidagi nizomida esa beshta guruhga bo‘lingan. Bizning nazarimizda, banklarning depozit operatsiyalarini iqtisodiy mazmuni va muddatiga qarab to‘rtta guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Ushbu guruhga talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi __________________ 3 Mицек С. A. «Экономика финансовых институтов» Екатеринбург. 1996. C. 42 8 depozitlar, muddatli depozitlar, jamg‘arma depozitlar va boshqa depozitlar kiradi. Tijorat banklari ustavida umumiy ko‘rsatmalardan so‘ng, bankning mijozlar bilan bajaradigan operatsiyalari, jumladan, aholi jamg‘armalarini depozitga jalb qilish bo‘yicha operatsiyalari ko‘rsatib o‘tilgan. Xozirgi kunda banklarning eng asosiy operatsiyalaridan biri bu – depozit operatsiyalardir. Oldingi davrida banklarda bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qilishdan manfaatdorlik yo‘q edi, chunki banklarning aktiv operatsiyalari miqdori jalb qilingan mablag‘lar miqdoriga qarab emas, balki kredit qo’yilmalari bo‘yicha o‘rnatilgan limitga qarab aniqlanar, jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha rag‘batlantirish bilan banklar shug‘ullanmas edilar. Aksariyat xollarda yirik loyixalarni amalga oshirish uchun bank ssudalari o‘rniga ko‘proq byudjet mablag‘lari jalb qilinar edi. Shu bois, muddatli depozitga o‘rta va uzoq muddatli kredit manbalari sifatida jamgarishga extiyoj bo’lmagan. Ikki pog‘onali bank tizimiga o‘tilishi, iqtisodiy mustaqil tijorat banklarining tashkil topishi, banklarning o‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyiliga o‘tishi, aktiv va passivlar muvofiqligiga erishish muammosi bank faoliyatida dolzarb masalalarga aylandi. Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - depozitlar; - nodepozit resurslar. Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga, bank uchun ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga bo‘linadi: - yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) - jismoniy shaxslar Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi: - talab qilib olingunga qadar depozitlar; 9 - muddatli depozitlar; - aholining jamg‘arma omonatlari. Talab qilingunga qadar depozitlar – bu bankni oldindan ogoxlantirmay, mijoz tomonidan hohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‘lardir. Talab qilib olinguncha depozitlarni bir necha xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha ifodalash mumkin: - talab qilib olinguncha depozitlar bu qo’yilmalar bo‘lib, ular bankning jalb qilingan mablag‘lariga depozitlar bo‘yicha majburiyatga kiradi; - talab qilib olinguncha depozitlar mijozlar tomonidan istalgan maqsadlarda tashkil etilishi mumkin, faqatgina qonun doirasida. Odatda ular mijozning to‘lov aylanmasini amalga oshirish uchun tashkil etiladi; - mijoz o‘z mablag‘larini kaytarilishini istalgan vaqtda talab qilishi mumkin. - talab qilib olinguncha depozitlarga to‘lanadigan foizlar boshqa depozitlarnikiga nisbatan ancha past yoki ularga foiz umuman to‘lanmaydi. Bunga asosiy sabab, banklar bu qo‘yilmalardan boshqa depozitlarga o‘xshab kredit operatsiyalarida erkin foydalana olmaydi. Mijozlar uchun talab qilib olinguncha depozitlarning ustunligi va kamchiligi quyidagilardan iborat: • Talab qilib olinguncha depozitlari, birinchi navbatda, to‘lov aylanmasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Korxonalar pul mablag‘larini bankda saqlashlari shart hamma to‘lovlarni aynan shu schyot orqali amalga oshirishlari lozim. • Kimki naqd pulga ega bo‘lsa, u o‘z pulini yo‘qolishidan, ug‘irlanishidan va yo‘q qilinishidan saqlashi lozim. Ularni bankning talab qilib olinguncha depozitlarida saqlashlari bilan mijozlar naqd pulni ortiqcha ko‘tarib yurish g‘amidan ham qutulishadi. • Bu depozitlarga ham pullarni to‘liq yoki bo‘laklab qabul qilinishi mumkin. Muddatli depozitlar – bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‘yilgan muddat davomida o‘zgarmas bo‘lishi lozim va ular joriy to‘lovlar uchun ishlatilmaydi. Raqobat qilayotgan banklar o‘z depozitlarini ko‘paytirish uchun sifatini yaxshilashga harakat qiladi. Bunga erishi uchun har xil metodlar ishlab chiqadi. Ammo banklarning umumiy metodlar quyidagicha: - depozit operatsiyalari foyda keltirishi yoki foyda olish uchun qulaylik yaratishi kerak va depozit operatsiyalari har xil bo‘lishi kerak. - depozit operatsiyalarni tashkil etishda asosiy e’tiborni muddatli qo‘yilmalarga qaratish kerak. Bank jalb qilingan mablag‘lari o‘z tarkibi bo‘yicha turlichadir. Ularning eng asosiy miqdori mijoz bilan ishlash jarayonida va boshqa kredit tashkilotlaridan olingan mablag‘lardan shakllanadi. Omanatning olinishi haqida ogaxlantiruvchi qo‘yilma mijoz tomonidan mablag‘ni olinishini xoxlasa, bankni bu haqida shartnomada belgilangan muddat tugashidan avval ogoxlantirish kerak. Bu qo‘yilmaning muddati qancha o‘zoq bo‘lsa foiz stavkasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Muddatli depozitning summasi yiriklashtirilgan bo‘lishi kerak va shartnoma muddati tugaguncha o‘zgarmasligi lozim. Muddatli depozitlar hisob kitob uchun ishlatilmaydi. Omonatchi o‘z mablag‘larini shartnoma muddati tugamasdan olmoqchi bo‘lsa, u holda depozitor shartnomada kelishilgan foizni qisman yoki talab qilib olgungacha bo‘lgan depozit foizi darajasida oladi. Banklar depozit shartnoma formalarini o‘zlari to‘zadi. Shartnoma ikki nusxada to‘ziladi: birinchisi mijozda, ikkinchisi esa bankning kredit yoki depozit bo‘limida saqlanadi. Shartnomada depozit summasi, amal qilish muddati, shartnoma muddati tugaganda depozitor oladigan foiz darajasi, mijozni majburiyati va xuquklari, bankni majburiyati va xuxuqlari, tomonlarning shartnomadagi talablarni bajarishlari, kelishmovchiliklarni xal qilish tartiblari ko‘rsatishadi. Bank shartnomada ko‘rsatishgan hamma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishiga javobgardir. Agar bu majburiyatlar bajarilmasa, depozitor banqda depoziti berilmagani yoki foizlari to‘liq to‘lanmagani uchun banqdan jarima yoki ustama xaq talab qilishga haqli. Mijoz va bank orasidagi kelishmovchiliklar arbitraj sudi jarayonida xal qilinishi shart. Bank operatsiyasi daromadliligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank resurslarining sifatiga bog‘liq. Bank resurslarining sifati, uning muddati bo‘yicha detal 15 klassifikatsiyasi, ishlatilganligi uchun to‘lov, qo‘yilmaning effektivliligini o‘z ichiga oladi. Bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri - Respublikamiz aholisining turmushini moddiy va ma’naviy jihatdan oshirishdir. Bu esa Respublikamiz iqtisodiyotimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taqozo etadi. Bu vazifani bajarish uchun ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarish, chet davlatlar tajribasidan foydalanish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, chet el investitsiyalarini jalb qilish, xom ashyoni qayta ishlashni rivojlantirish va tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozim. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlattirish, aholi turmush darajasini oshirish, jamg‘arma ishini rivojlantirish va aholi pul daromadlarini tashkil qilinishi va ko‘payishi uchun asosiy shart-sharoit hisoblanadi. Aholi pul daromadlarining ko‘payishi esa aholi pul jamg‘armalarinig ko‘payishiga asos bo‘ladi. Aholi pul jamg‘armalari bu - aholinig iste’mol maqsadlariga vaqtincha ishlatilmay bo‘sh turgan, kredit muassasalarining birida yoki aholining o‘z qo‘lida yig‘ilgan, mehnatdan topgan daromadining bir qismidir. Aholining asosiy qismi o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini bank muassasalariga omonatlar bo‘yicha ochilgan hisob varaqlarga qo‘yadilar. Aholining yana bir qismi sug‘urta shartnomalarini tuzish asosida ortiqcha pul mablag‘larini sug‘urta tashkilotiga o‘tkazadilar. Umuman olganda, aholi jamg‘armalari maqsadli harakterga ega, ya’ni ular biror maqsadni ko‘zlab yig‘iladi. Masalan: bir oylik maoshga televizor, mebel, mashina yoki mo‘zlatgich kabi tovarlarni sotib olish mumkin emas. Shuning uchun, bankdagi hisobvaraqlarda asta-sekin pul mablag‘larini yig‘ib, ma’lum bir summa yig‘ilgandan so‘ng, uni olib, kerakli tovarni sotib olish mumkin. Aholining turmush darajasi ortib borgan sayin uning iste’mol strukturasi ortib boradi. Ularning harajatlari oldindan pul yig‘ilishini taqozo etadi. Bu esa yangi omonat turlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega: - aniq muddatga ega va ular bo‘yicha o‘zgarmas (depozit siѐsatida ko‘rsatilgan) foiz to‘lanadi; - joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi; - mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim aks holda foiz to‘lash bo‘yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib olinguncha depozit miqdorida foiz to‘lanishi mumkin; - mablag‘lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‘naltiriladi; - majburiy rezerv normasi nisbatan past bo‘lishi mumkin va boshqalar. Tijorat banklari faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, depozit mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlar hisoblanmoqda va yirik tijorat banklari bu borada muvaffaqiyatli raqobat qilmoqdalar. Respublikamizda banklarning depozit va unga bog‘liq amaliyotlari quyidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi: -O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik qodeksi: 759-770, 771-789, 327 Moddalar, 29,08,1996 yil 257-1 -O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» qonun, 1996 yil 25 aprel -«O’zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi (2711)yo’riqnoma. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirli 26.08.2015. -«Bank depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalasi tartibi» to‘g‘risida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 24.12.1994, № 103, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, 09.11.1998, № 522 va boshqalar. Talab qilib olguncha depozitlar bank jalb qilingan mablag‘lari tarkibida ko‘proq kismini tashqil qiladi. Shu bilan birgalikda ushbu depozitning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ulardagi mablag‘lar egalari tomonidan itsalgan vaqtda talab 19 qilib olinishi va o‘z extiѐjlari uchun ishlatilishi mumkin. Shuning ushbu depozit turi banklar uchun tashqiliy xuquiy asosiga ko‘ra boshqalariga nisbatan ancha arzon resurs turi hisoblanib, bugungi kunda ushbu omonat turi bo‘yicha ularning egalariga banklarning depozit siѐsatlaridan kelib chiqgan holatda turlicha belgilanib ulardagi qoldiklar uchun o‘rtacha yillik 10% atrofida foiz to‘lanmoqda. "Hamkorbank" ATB yuridik va jismoniy shaxslarga yangi bank xizmat turi - depozit yacheykalarini taqdim etadi. Depozit yacheykalarida ishga doir hujjatlarni, qimmatli qog‘ozlarni, pul mablag‘larini, zargarlik buyumlarini, san’at asarlarini va noyob buyumlarni, axborot tashuvchi elektron manbalarni va, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keladigan boshqa qimmatliklarni saqlash mumkin. Dunyo bo‘ylab millionlab ishbilarmon odamlar o‘zlarining qimmatli buyumlarini banklardagi depozit yacheykalarda saqlab kelishadi. Mehnat ta’tiliga chiqqan, xizmat safariga ketayotgan yoki shunchaki xonadoningizda mavjud bo‘lgan qimmatliklarning saqlanishidan xavotir olgan hollarda Siz bankimizdagi depozit yacheykalaridan foydalanishingiz mumkin. Bankning depozit yacheykalari saqlanadigan ombor yacheyka ichida saqlanayotgan narsalarning to‘laligicha daxlsizligini ta’minlovchi, dunyo talab va standartlariga to‘laligicha javob beradigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bank yacheykalarining ijaraga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqa mijozlar va boshqa shaxslardan sir tutilishini ta’minlaydi hamda qimmatlikni yacheykaga joylashtirishda joylashtirilayotgan buyumlarning ro‘yxati tuzilmaydi. Mijoz qimmatliklar bilan ishlarni o‘zi mustaqil tarzda amalga oshiradi. 20 II BOB. TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARINING TAHLILI. 2.1. Tijorat banklari tamonidan depozitga mabla’glarni jalb etishning hozirgi holatining tahlili. Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar tashkil qiladi. Har bir tijorat banki o‘z faoliyatida jalb qilingan mablag‘lar muhim ahamiyat qasb etadi, chunki tijorat banklarining o‘z mablag‘lari asosan bankni tashqil qilish va shakllantirish bilan bog‘liq vazifani amalga oshirsa, jalb qilingan mablag‘lar esa bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. SHuning uchun ham har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag‘larini doimiy tahlil qilib borish bankning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat banklarida puxta o‘ylangan depozit va kredit siyosati bo‘lishini talab qiladi, banklarda ushbu siyosatlarning to‘g‘ri tashqil etilganligi ular orasidagi bog‘liqlik va nisbatning optimal tanlanganligini banklarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini bankga jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 90 foizdan ortiq passivlari tashqil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o‘zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib, banklarning resurs bazasini mustaxkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim. Depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan: - davlat korxona va tashqilotlari; - moliya, sug‘urta, investitsion va trast kompaniyalar; - xususiy korxona va tashqilotlar; 21 - aksiyadorlik kompaniyalari; - banklar va boshqa kredit muassasalari; - qo‘shma korxonalar, kooperativlar; - jamoa tashqilotlari va fondlar; - alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar. Depozit operatsiyalarining ob’yekti bo‘lib extiyojdan ortiqcha pul mablag‘lari (qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashqil qilishning asosi bo‘lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy
Xulosa
Amalga oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni: - depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak; - bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak; - depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli quyilmalarga e’tibor qaratish lozim; - depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog‘liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish zarur va boshqalar. Tijorat banklarining depozit siyoatini ishlab chiqish, birinchi navbatda, depozit siyosatining umumiy va xususiy mezonlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Bunda asosiy e’tibor umumiy mezonlarni belgilab olishga qaratiladi. Tijorat banklari depozit siyosatining umumiy me’zonlariga quyidagilar kiradi: - bank faoliyatining barqarorligi, ishonchliligini saqlab turish maqsadida uning depozit, kredit va boshqa aktiv operatsiyalarining o‘zaro bog‘liqligi; - bank risklarini minimallashtirish maqsadida uning resurslarini diversifiqatsiya qilish; - bank depozit

Yüklə 22,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin