Diapositiva 1



Yüklə 1,57 Mb.
tarix26.07.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#62896
6.Davlatning boshqaruv shakli

Davlatning boshqaruv shakli


8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 6-mavzu

Davlat quyidagi asoslarga ko‘ra turlarga bo‘linadi:

Davlat shakllari deyilganda, davlatning bosh qaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushuniladi.


Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining aholi bilan o‘zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllanti rishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.

Monarxiya – oliy hokimiyat yakka hokim – davlat boshlig‘ining qo‘lida bo‘l gan davlat boshqaruv shakli. Bunda hokimiyat aksariyat hollarda yakka- hokim (monarx)ning farzandlariga, ayrim hollarda esa yakka-hokimning qaroriga ko‘ra boshqa shaxsga meros bo‘lib o‘tadi.

Buyuk Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davri davlat boshqaruvi va huquq ning rivojlanishida yangi davr bo‘lgan.

Amir Temur davlat boshqaruvi sohasida o‘tmishda mavjud bo‘lgan siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foydalana olgan.

Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

7) monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.


1) Monarx davlatni rasmiylashtiradi tashqi va ichki siyosatda davlat bosh lig‘i sifatida maydonga chiqadi;
2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;
3) monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi;
4) monarx o‘z faoliyatida mustaqildir;
5) hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
6) umrbod boshqaruv;

Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo‘ladi.


Agar monarx o‘z davlatini boshqarishda uning boshqaruvi boshqa biron bir idora bilan cheklanmasa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.

Respublika davlat boshqaruvining shunday shakliki, unda hokimiyat oliy idoralari ma’lum muddatga saylanadi.


Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo‘lgan davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
hokimiyat oliy idoralarining o‘z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;
fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.
odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo‘lgan sudlar obro‘sining ortishi;
1.
2.
3.
4.
5.

Respublikalar prezidentlik respublikasi va parlamentar respublika turlariga bo‘linadi.

Prezidentlik respublikasida davlatni bevosita xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo‘lgan Prezident boshqaradi.


U ijro hokimiyatining bevosita boshqaruvchisi hisoblanadi.

Parlamentar respublikada davlat boshlig‘i – prezident saylanuvchi mansabdor shaxs bo‘lib, asosan, parlament tomonidan saylanadi.

Savol va topshiriqlar

1. Davlatning turlarga bo‘linishida nimalar asos qilib olinadi?

2. Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz? (Iboralarning lug‘aviy ma’nolariga e’tibor bering.)

3. “Monarxiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi, bu atamaning mohiyatiga mos keladimi?

4. Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering.

5. “Mutlaq monarxiya” va “cheklangan monarxiya” iboralarining farqlarini va umumiy tomonlarini sanab bering.

6. Temu riylar davlatchiligida boshqaruv qanday asosda yo‘lga qo‘yilgan edi?

7. “Respublika” so‘zining lug‘aviy ma’nosi bu atamaning mohiyatini qay darajada yoritib bera oladi?


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin