Fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan tarkibi kamida uch kishidan iborat taftish komissiyasi tuziladi.
Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi.
Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organining a’zosi bo‘la olmaydi.
33. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi o‘z faoliyatini fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
34. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasini tuzish, qayta tashkil etish hamda faoliyatini tugatish tartibi, shuningdek, ularning vakolatlari, komissiyalarning a’zolarini saylash (tarkibdan chiqarish) tartibi komissiyalarning namunaviy nizomlarida belgilab qo‘yiladi.
Fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) — fuqarolar yig‘ini raisining jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maslahatchilarini va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar a’zolarini, taftish komissiyasining raisi hamda a’zolarini saylash uchun nomzodlarni taqdim etadi;
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi taklif fuqarolar yig‘iniga uning raisi, kengashi, taftish komissiyasi tomonidan kiritilishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasi faoliyatini tashkil etish
46. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi hamda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan kamida uch nafar tarkibda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.