INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL
IMPLEMENTATION IN THE SPHERES”
APRIL 27-28, 2023
624
AXBOROT TIZIMLARINI G‘AZNACHILIKDA QO‘LLASHNING XORIJIY
TAJRIBALARI
D.A.Mirzayev
1
, S.D.Arzikulov
2
, G.I.Vahobova
3
1
Toshkent moliya instituti “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi mudiri, PhD,
dotsent
2
Toshkent moliya instituti “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi katta
o‘qituvchisi
3
Toshkent moliya instituti 1-bosqich magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7857726
Annotasiya. Ushbu maqolada g‘aznachilikda axborot tizimlaridan foydalanishning xorijiy
tajribalari bilan tanishtirilgan. G‘aznachilik tizimining yagona modeli mavjud emasligidan, har
bir mamlakatda g‘aznachilik boshqarmalari va bo‘linmalarining tuzilishi hamda ularning aniq
funksiyalari turlicha belgilanganligi yoritilgan. Bundan tashqari g‘aznachilik davlatga moliya
xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalari, shuninhdek oylik byudjet ma’lumotlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Axborot tizimi, g‘aznachilik, byudjet, moliya siyosati, g‘aznachilik
texnologiyasi, daromad, xarajat.
Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda g‘aznachilikning faoliyat ko‘rsatish amaliyoti va uni
rivojlantirish yo‘llari shuni isbotlaydiki, byudjet mablag‘larini samarali va tezkor boshqarishning
muqobil yo‘li davlatning moliyaviy axborot tizimi hisoblanadi. Tezkor axborot tizim davlatning
moliyaviy operatsiyalarini
umumiy boshqarish, hisobotlar tuzish va hisob yuritishni o‘z ichiga
olgan kompyuterlashgan majmua tizimi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bunday tezkor tizimni
yaratish uchun hozirgi zamon axborot tizimi, telekommunikatsiyalar va g‘aznachilik organlarini
yagona dastur bilan ta’minlash zarur, axborot vositalari va elektron qurilmalar o‘z vaqtida ishlashi
va barcha byudjet jarayoni qatnashchilarining axborotlarini almashishini
tashkil qilish lozim
bo‘ladi. Keyingi o‘n yilda axborot texnologiyalarining tezkorlik bilan rivojlanishi davlat
moliyasini boshqarishga o‘zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun
telekommunikatsiyaning o‘sib
borayotgan korporativ, mintaqaviy va global vositalaridan
foydalanishda elektron hujjatlarni aylanishini tashkil etish va huquqiy tartibga solish birinchi
darajali ahamiyatga ega.
Ko‘pgina davlatlarda g‘aznachilik har chorakda turli
darajadagi davlat boshqaruv
organlarining qoplanmagan qarzlarini, byudjet tashkilotlarining va davlat muassasalarining
qarzlarini qo‘shib
bir qilib, barcha qoplanmagan qarzlar ro‘yxatini nashr qiladi va tasdiqlaydi.
Bunday ro‘yxat qarzdor nomi, shartnomadagi boshlang‘ich summa, qoplanmagan qismining
hajmi,
foiz stavkasi, to‘lov muddati, joriy moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlar hajmining
prognozi, kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlarning hajmi prognozi va boshqa zarur
ma’lumotlar. G‘aznachilik har chorakda davlat zayomlari bo‘yicha qarzlar ro‘yxatini tasdiqlaydi
va nashr qiladi. Bunday ro‘yxat har bir qarzlar bo‘yicha quyidagi axborotlarni beradi:
-
qarzdor nomi;
-
zayomning boshlang‘ich summasi; to‘lanmagan qismining hajmi;
-
foiz stavkasi; to‘lov muddati;
-
joriy moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlar
hajmining prognozi;
-
kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to‘lovlar hajmining prognozi;