Dinamik makroiqtisodiyot Ma‘ruzachi: M. K. Rashidov



Yüklə 20,48 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü20,48 Kb.
#188032
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu (3)

Dinamik makroiqtisodiyot

Ma‘ruzachi: M.K.Rashidov


1-Mavzu: “Dinamik makroiqtisodiyot” fanining mazmuni, vazifalari va predmeti.

“Dinamik makroiqtisodiyot” fanining mazmuni, vazifalari va predmeti.


1. “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi”ning Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
2. Dinamik makroiqtisodiyot fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari
3. Makroiqtisodiy tahlil va MHTning roli
4. Makroiqtisodiy tahlildan foydalanish sohalari
Reja:

Dinamik makroitqisodiyot

  • Dinamik makroitqisodiyotning predmeti – milliy iqtisodiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqliklarning o‘ziga xos shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri ishtirok etishidir.
  • Iqtisodiy siyosat – davlat va jamoat institutlarining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga tuzatishlar kiritishga yo‘naltirilgan harakatlari tizimi.
  • Fanning maqsadi – hisobot asoslarini o‘rgatish, mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi byudjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, to‘lov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan hamda makro ko‘rsatgichlarni prognozlashdan iborat.

Dinamik makroitqisodiyot

  • Fanning mazmuni – makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning paydo bo‘lishi, rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, uslubiyoti va usullari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlili, byudjet, soliq, pul, kredit siyosati, to‘lov balansi, bandlik, ishsizlik va inflyasiya darajasidagi o‘zgarishlar va ular rivojlanish qoidalarining takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi.
  • Makroiqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limlari quyidagilar: makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslubiy asoslari, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlilini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng yoyish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish hamda ularni imkoni boricha tugatishga yordam berishdan iborat.

Yüklə 20,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin