Diologik nutq va uni bolalarda shakillantirish metodikasi



Yüklə 23,39 Kb.
səhifə1/3
tarix09.11.2022
ölçüsü23,39 Kb.
#68177
  1   2   3
DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKILLANTIRISH METODIKASI


DIOLOGIK NUTQ VA UNI BOLALARDA SHAKILLANTIRISH METODIKASI

Reja:

  1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari

  2. Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklari

  3. Xulosa



Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
Suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ―Ilk qadam‖ tayanch dasturi bilan belgilanadi.
Suhbat ta‘lim metodikasi sifatida – bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohidahar bir bola bilan) aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so‘zlashuvidir. Maktabgacha ta‘lim muassasasida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat-tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi.
Dialog – suhbat – bolaning kattalar va о`z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.Bolalar bog`chasida о`qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg`ulotlarda.Dialog kо`proq erkin nutqiy muloqotda paydo bо`ladi va u bolalar lug`atini boyitishning talaffuzga oid grammatik kо`nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutqkо`nikmalariga ega bо`lish bazasi hisoblanadi.Dialog maxsus mashg`ulotlarda о`qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg`ulot); Bolalar bog`chasida bо`lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og`zaki nutqni) о`rgatish odatda suhbat shaklida, ya‘ni kattalar bilan bola о`rtasida hamda bolalarning о`zlari о`rtasida fikr almashish shaklida rо`y beradi.
Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar yordamida bolalarga ko‘rgan narsalarni taxlil qilish, taqqoslash, to‘ldirish, chuqurlashtirish usullarini o‘rgatadi, bolalardagi mavjud bilimlarni tizimlashtiradi, ularni muayyan xulosalarga kelishga undaydi.
Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o‘tilgan mavzu bo‘yicha bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o‘tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin. Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan suhbatdanfoydalanadi.
Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo‘llash mumkin, chunki bolalar ular bilan nimalar haqida so‘zlashishlarini, nimalarga diqqat-e‘tiborini jalb qilishlarini bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o‘tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o‘yinlarda, mexnatda tashkil etilishi mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta‘lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so‘zlashishi lozimki, toki u o‘z nutqi bilan bolalarga ona tilini o‘rgatsin.
Nutqiy muloqotga bo‘lgan zarurat tufayli to‘satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi o‘zining til sezgisiga ishongani holda o‘z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko‘rishi shart.
Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin (mashg‘ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e‘tibori bo‘lajak suhbat mavzusi bo‘ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo‘lishi lozim. Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) kirish (boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish.
Kirish maqsadi bolalarning diqqat-e‘tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish, ularda suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari olingan taassurotlarni, imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat.
Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqida taklif qilgan topishmoq ham kirish bo‘lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she‘rni o‘qish yoki suratlarni ko‘rish bilan boshlash mumkin.Suhbat boshlanishida tarbiyachi bo‘lajak suhbat mavzusini (maqsadini) shakllantiradi, uning muhimligini asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib beradi.
Asosiy qism maqsadi – bolalar ko‘rgan narsalarni esga olish, qo‘shimcha bilimlarni taxlil qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo‘shimcha bilimlarni ma‘lum qilish, ularni bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat.
Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi mumkin.Har birbosqich – bir mavzuni bo‘g‘in qismlari bo‘yicha taxlil qilishdan iboratdir. Pedagog mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim.
Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, tarbiyachi imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba‘zan ortiqcha faktlarni aniqlash uchun undan chekinish mumkin, biroq so‘ngra yana asosiy suhbatmavzusiga qaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining qo‘lida reja bo‘lsa, bolalar qanchalik mavzudan chetga chiqmasinlar, u ilgarigi savol o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, deb hisoblagan paytda o‘z rejasidagi navbatdagi savolni berish orqali ularni yana mavzuga qaytarish mumkin.
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbatmavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalg‘iyveradilar. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, u shunchalik tezroq chalg‘iydi, xozirgina o‘zi aytgan narsalarni tezlik bilan unutadi va boshqa mavzuga o‘tadi.
Mashg‘ulot – suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni oxiriga yetkazish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Bolalar biladigan narsalar haqida qo‘shimcha ma‘lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko‘zlagan holda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Suhbat topishmoq, she‘rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharxlari bilan tugallanishi mumkin, ammo u ko‘pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan holda bolalarning axloq borasida o‘rganishi lozim bo‘lgan jihatlar haqidagi mantiqiy xulosasi bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o‘z xulosasida o‘zi suhbat mobaynida bolalarga o‘rgatishi lozim bo‘lgan so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo‘llashi lozim.
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab o‘tirsa va o‘zi ushbu fikr bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola ―suhbatlashishni‖ mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat nomigagina bo‘ladi, xolos.Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo‘lsa, bu holda mashg‘ulotni bolalarni uchta-to‘rtta kichik guruhga bo‘lgan holda o‘tkazish zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun harbir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat tinglab o‘tirishini, balki so‘zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim. Pedagog yordam uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini qanday olib borish lozimligi haqida batafsil ko‘rsatmalar berish zarur. Ota-onalarning barchasi og‘zaki nutqni yaxshi bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdosh so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar ma‘nosini aniqlashtirish.Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.Ammo suhbat olib borishning yetakchi usuli savollar hisoblanadi. Bolalar bilan suhbatning muvaffaqiyati va pedagogik samaradorligi ko‘p jihatdan savollarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Savollar berish hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin kuchaytirib borishni bilish eng asosiy va zarur pedagogik odatlardan biridir. Savol qo‘yish – bolalar oldiga ularning kuchi yetadigan darajadagi nutqiy fikrlash vazifasini qo‘yish demakdir. Ayni paytda u xaddan tashqari osonlashtirib yuborilmasligi lozim, chunki bunday vazifani qo‘yishdan maqsad –bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy vazifalarini qo‘yishigaqarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli savollarga ajratish mumkin. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitasiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar ma‘nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati bo‟yicha Ven diagrammasi to‟ldiring.Suhbatda ob‘ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xulosa bildirishni, to‘plangan
bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun? Nega?Nima tufayli?Ular nimasi bilan o‘xshash?Nima uchun?Qanday qilib?kabi savollarga javob berishni talab qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun reproduktiv, keyin yangi materialni hazm qilish uchun oz sonli, biroq murakkab bo‘lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 umumlashtiruvchi savollar. Savollar aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar bolalarga javob berishni qiyinlashtiradi – ular javob bera olmaydilar yoki noto‘g‘ri javob beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg‘ular, mazmuniy pauzalarga rioya qilgan holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun tarbiyachi pauza saqlab turadi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi savolini bir necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi, bu esa bolaga javobni o‘ylashda xalaqit beradi, uni tarbiyachiga quloq tutmaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Bolaga savolni birinchi martada qabul qilishni o‘rgatish zarur.
Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi a‘zolardan iborat bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish;

Yüklə 23,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin