Dispers sistemalar va chin eritmalar, kolloid



Yüklə 21,88 Kb.
səhifə1/3
tarix25.04.2023
ölçüsü21,88 Kb.
#102112
  1   2   3
dispers sistemalar


DISPERS SISTEMALAR VA CHIN ERITMALAR, KOLLOID SISTEMALAR
REJA:
1. Dispers sistemalar . Chin eritmalar
2. Moddalaning eruvchanligi
3. Eritmalarni konsetraciyalari
4. Noelektrolit moddalar eritmalarining xossalari
5. Eritmaning bug‘ bosimi
6. Eritmalarning muzlashi va qaynashi.
7. Kolloid sistemalar
Tayanch iboralar: Dispers sistemalar, faza, muhit, chin eritma, kolloid eritma, suspenziya, emulsiya, zarracha, gidratlanishi, solvatlanish, kristallgidrad, tuyingan, tuyinmagan eritmalar, suyultirilgan, koncetrlangan eritmalar, molyar, molyal, titr, normal foizli eritmalar, eruvchanlik, gipertonik eritmalar.
Dispers sistemalar. Chin eritmalar
Biri ikkinchisidan juda mayda zarrachalar xolida tarkalgan ikkita va undan ortik modadan iborat sistemaga dispers sistema deyiladi. Tarkalgan modda dispers faza, uzi dispers faza tarkatgan modda esa dispersion muhit deyiladi. Dispers faza zarrachalarining ulchami 10mk dan 100 mik gacha bo‘lgan sistema dagal dispers sistema deyiladi. Bo‘larga suspenciya va emulg‘ciyalar kiradi. Maydalangan qattiq modda suyuqlikda tarkalgan sistemalar suspenziyalar deyiladi. M:
bo‘r + H2O = suspenciya
Dispers faza ham, dispers muhit ham suyuq moddalardan iborat bo‘lgan sistema emulsiya deyiladi .
M: Sut.

Suspenziya va emulsiya zarrachalarini mikroskop ostida, xatto ba’zilarini oddiy kuz bilan ham kurish mumkin.


Dispers faza earrachalarining ulchami 100-1mln orasida bo‘lgan sistemalar koloid eritmalar, boshqacha aytganda zollar deyiladi .
Ularning zarrachalarini ultramikroskopik deb ataluvchi maxsus optik asbob yordamidagina paykash mumkin.
Agar tarkalgan modda molekula yoki ionlar xolida bo‘lsa,dispers sistema chin eritma deyiladi
Yod va naftalin suvda erimaydi. Masalan, suv bilan efir aralashmasida ikki qatlam hosil bo‘ladi: yuqori qatlam suvning efirdagi tuyingan eritmasi, pastki qatlam esa efirning suvdagi tuyingan eritmasi.
Temperatura uzgarishi bilan efirning suvda eruvchanligi ortadi. Bu quyidagi jadvaldan aniq ko‘rinadi.
Temperatura ,S° 0 10 20 30 40
Efirning suv qatlamidagi miqdori 11,8 8,9 6,6 5,1 4,7
Suvning efir qatlamidagi miqdori 0,9 1,1 1,2 1,3 1,5
Bir-birida ma’lum miqdorda eriydigan moddalar temperatura ortishi bilan cheksiz eruvchan moddalarga aylanadi. Bunga suv-fenol sistemasi misol bo‘la oladi. Suv-fenol sistemada temperatura 66 S° ga ko‘tarilgunga qadar sistema geterogen, ya’ni ikki fazadan iborat (pastki qatlam- suvning fenoldagi eritmasi, yuqori qatlam fenolning suvdagi eritmasi ) bo‘ladi. Temperatura 66 S° bo‘lganda sistema o‘zaro bir-birida cheksiz eriydigan gomogen sistemaga o‘tadi
Gazlarning suvda eruvchanligi
Gaz 1 hajmi suvda yutilgan gazning hajmi miqdori Gaz 1 hajmi suvda yutilgan gazning hajmi miqdori
N2 0.01698, H2 0.1863 O2 0.03220, CO2 0.9280, Cl2 2.40, H2S 42.36, HCl 427.9, NH3 748.80. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi-adsorbsiya koeffitsienti normal sharoitda bir hajmi erituvchida erigan gaz hajmining miqdori bilan ulchanadi.Yuqoridagi jadvalda ba’zi gazlarning suvda eruv-chanligi ko‘rsatilgan.
Jadvaldan kurinib turibdiki, bir hajmi suvda 748,8 hajmi ammiak va faqat 0,01698 hajmi azot eriydi. NH3, HCl, H2S va Cl2 ning suvda yaxshi eruvchanligi ularning suv bilan kimyoviy reaksiyaga kiri-shuvi bilan tushuntiriladi.
Gazlarning suyuqliklarda erishiga bosim kuchi ta’sir yetadi. Bosimning ta’sir etish qonuni J. Genri 1803 yilda kashf etgan bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: o‘zgarmas temperaturada gazning suyuqlik-dagi eruvchanligi shu gazning bosimga to‘g‘ri proporcionaldir:
Cc=K*P

Bu erda: Cc-suyuqlikdagi erigan gazning massasi, R- eritma ustidagi gaz bosimi, K-eruvchanlik koeffitsienti. U gaz va erituvchining tabiatiga hamda temperaturaga bog‘liq bo‘lib, bosimga bog‘liq emas.


Gazlarning eruvchanligini temperaturaga bog‘liqligi. Gazlarning erishida issiqlik ajralib chiqadi, ya’ni erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Le-Shatele prinsipiga muvofik, temperatura kutarilishi bilan muvozanat chap tomonga siljiydi, suyuqlik ustidagi gaz kupayadi va eruvchanlik kamayadi. Quyidagi jadvalda ba’zi gazlarning suvda eruvchanligiga temperaturaning qanday ta’sir etishi ko‘rsatilgan.
Dalg‘tonning parcial bosimlar qonuni.. Gazlar aralashmasining bosimi ayrim olingan har bir gazning parcialg bosimlarinig yig‘indisiga teng.
Masalan, xavoda 21% O2 va 78% N2 hajmi nisbatda bo‘ladi. 760 mm simob ustuni barometrik bosimda, kislorodning parcial bosimi
Temperatura, °C Eruvchanlik, 100 g suvga to‘g‘ri keladigan, g hisobida
760*0,21=159,6 mm simob ustuniga va azotning parcial bosimi 760*0.78=592,8 mm sim. ustuniga teng bo‘ladi.
Genri-Dalg‘ton qonuniga muvofik, gazlar aralashmasidan har kay-si gaz o‘zining parcial bosimiga proporcional ravishda eriydi.
Taqsimlash qonuni. Agarda modda bir-biri bilan aralash-maydigan ikki qatlam, ya’ni ikki faza hosil kilgan ikki erituvchida eritilsa, erigan modda ikki fazaga tarkaladi. Uning tarkalishi tak-simlanish qonuninga buysunadi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi; o‘zaro aralashmaydigan ikki erituvchi orasida taqsimlangan modda konsentratsiyalarining nisbati o‘zgarmas temperaturada o‘zgarmas miqdor bo‘lib, bu muvozanatda ishtirok etgan moddalarning absolyut va nisbiy miqdorlariga bog‘liq emas
C1/C2=k
Bunda: C1-birinchi erituvchidan erigan moddaning konsentratsiyasi, C2-ayni moddaning boshqa erituvchidagi konsentratsiyasi, k- taqsimlanish koeffitsienti.

Yüklə 21,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin