Eruvchanlik ko`paytmasiga oid tajribalar 1-tajriba. Kumush tuzlarining eruvchanlik ko`paytmasini aniqlash



Yüklə 61 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü61 Kb.
#114488
  1   2
25 Eruvchanlik ko



Eruvchanlik ko`paytmasiga oid tajribalar


1-tajriba. Kumush tuzlarining eruvchanlik ko`paytmasini aniqlash.

a) Probirkaga kumush nitrat eritmasidan 0,5 ml miqdorda soling va uning ustiga 0,5 ml hajmida natriy xlorid eritmasidan quying, kumush xlorid oq cho`kmasining hosil bo`lishini kuzating. Hosil bo`lgan oq cho`kma ustiga natriy sulfid eritmasidan tomchilatib qo`shing. Probirkadagi oq cho`kmaning qorayishi sababini tushuntirib bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Kumush xlorid bilan kumush sulfidning eruvchanligi haqida xulosa chiqaring. Buning uchun eruvchanlik ko`paytmasi jadvalidan foydalaning.

b) Probirkaga qo`rg`oshin asetat yoki qo`rg`oshin nitrat eritmasidan 1 ml soling va uning ustiga natriy sulfat tuzi eritmasidan tomchilatib qo`yib,qo`rg`oshin sulfatning oq cho`kmasini hosil qiling. So`ngra hosil bo`lgan qo`rg`oshin sulfat cho`kmasiga natriy sulfid eritmasidan tomchilatib quying va chayqating. Cho`kma nima uchun qorayadi? Reaksiya tenglamasini yozing. qo`rg`oshin sulfat bilan qo`rg`oshin sulfidning eruvchanlik ko`paytmalari ЭK ni solishtiring.

v) Uchta probirka olib, ularning biriga 1 ml natriy sulfat, ikkinchisiga 1 ml natriy karbonat, uchinchisiga kaliy xromat eritmasidan quying. Probirkalardagi eritmalar ustiga 1 ml dan bariy xlorid eritmasidan qo`shing. Reaksiya tenglamalarini yozing va qanday sharoitda cho`kma hosil bo`lishini tushuntirib bering. Bariyning qaysi modda bilan hosil qilgan cho`kmasi past eruvchanlikni namoyon qiladi?

g) Ikkita probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan 0,001 n qo`rg`oshin nitrat eritmasidan quying. Birinchi probirkadagi eritma ustiga kaliy xlorid, ikkinchi probirka ustiga kaliy yodid eritmalaridan tomchilatib qo`shing. Nima hosil bo`ladi? Olingan natijalarni tuzlarni eruvchanlik ko`paytmasi asosida tushuntirib bering. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko`rinishda yozing.


2-tajriba. Cho`kmalarning erish shartlari.

Ikkita probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan kaliy xromat eritmasidan quying, so`ngra 1 ml dan bariy xlorid eritmasidan qo`shing. Nima kuzatiladi? Hosil bo`lgan cho`kmani voronkaga filtr qog`ozi joylab filtrlang. Probirkalardagi cho`kmalardan birining ustiga 2 n xlorid kislota, ikkinchisiga 2 n sirka kislota eritmasidan 1 ml dan quyib chayqating va qaysi probirkada cho`kmaning ko`proq erishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bariy xromatning eruvchanligini uning eruvchanlik ko`paytmasi orqali tushuntiring.



3-tajriba. Metallarning sulfidli birikmalarini hosil qilish va ularning eruvchanligi

Sakkizta toza probirka olib, ularga 1 ml dan kaliy xlorid, mangan sulfat, temir sulfat, rux sulfat, kadmiy sulfat, mis sulfat, qo`rg`oshin nitrat va natriy xlorid eritmalaridan quying, shuningdek 1 ml atrofida ammoniy sulfid yoki natriy sulfid eritmalaridan tomchilatib qo`shing. Qaysi birida cho`kma hosil bo`ladi? Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko`rinishda yozing. Hosil bo`lgan cho`kmalarning rangiga e’tibor bering. Cho`kmalarni shisha voronkaga filtr qog`ozini joylab filtrlang. Cho`kmalarning ustiga 2n xlorid kislota quyib eriting. Qilingan tajribalar asosida metall sulfidlarini uch guruhga bo`ling:

a) suvda eriydigan sulfidlar,

b) amalda suvda erimaydigan sulfidlar va

v) suvda ham xlorid kislotada ham erimaydigan sulfidlar

Eruvchanlik ko`paytmasi (ЭK) bo`yicha cho`kmalarni xlorid kislotada erish va


erimasligini tushuntirib bering.
4-tajriba. Yomon eruvchi birikmalar orasidagi reaksiya

Probirkaga qo`rg`oshin nitrat eritmasidan 1 ml quyib, uning ustiga natriy sulfat ertimasidan tomizing. Nima kuzatiladi? Hosil bo`lgan qo`rg`oshinli birikmaning kimyoviy formulasini yozing. Cho`kmani fil’trlab oling va uning ustiga ammoniy sulfid yoki natriy sulfid eritmasidan quyib chayqating. Nima hosil bo`ladi? Eruvchanlik ko`paytmasi bo`yicha bir cho`kmadan ikkinchi xil cho`kmaning hosil bo`lishini tushuntiring.




Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin