Dividendlar xususiyati



Yüklə 33,34 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü33,34 Kb.
#178181
  1   2   3   4   5   6   7
Modilyani va Miller dividendlar haqida


Modilyani va Miller dividendlar haqida;

  • dividendlarga an'anaviy qarashlar;

  • dividendlar to‘g‘risidagi masalada kim haq?

  • boshqa omillar;

  • dividendlar: amaliy tajriba.

    1. Dividendlar xususiyati

Dividendlar - bu kompaniyalar tomonidan o‘z aksiyadorlariga to‘lanadigan to‘lovlardir. Aftidan, ular menejment va aksiyadorlar tomonidan kreditor uchun belgilangan foizlar miqdorining ekvivalenti sifatida, ya‘ni aksiyadorlarning muddati kechiktirilgan iste‘moli uchun kompensatsiya sifatida qaraladi. Dividendlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalari (aksiyadorlar) o‘rtasida yaqinda olingan foydani taqsimlash sifatida ham ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, dividend - bu sotilgan aksiyalar, ulushlar, paylar soniga muvofiqlikda mulkdorlar o‘rtasida aniq bir davr bo‘yicha taqsimlanadigan korxona foydasining bir qismi.17 Har qanday boshqa moddiy va moliyaviy aktiv (ya‘ni, qiymati hech qanday his-tuyg‘ularga bog‘liq bo‘lmagan aktiv) kabi, aksiya undan kutilayotgan kelgusi pul oqimlari asosida hisoblab chiqiladi. Aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan o‘ziga qo‘shib olish, tugatish yoki qayta kapitallashtirishni istisno etgan holda, aksiya keltiradigan yagona ehtimoliy pul oqimi - bu dividendlardir. Shunday qilib, kutilayotgan dividendlar, odatda, aksiyalar bahosini va mos ravishda, aksiyadorlik kapitali qiymatini belgilaydigan yagona omil hisoblanadi.
Bundan kelib chiqadiki, boshqaruv kengashi a‘zolari har qanday muayyan vaziyatda qonunchilik ruxsat bergan darajada ularga yuqori dividendlar to‘lanayotganda, aksiyadorlarning farovonligini oshirishga eng ko‘p imkon yaratayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Biroq bunday yondashuv bir qator savollarni yuzaga keltiradi. Direktorlar shunchaki yuqoriroq dividend to‘lashga qaror qilish bilan kompaniya aksiyalarining qiymatini oshirishi mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Qiymat shunchalik oson yaratilar ekanmi axir? Agar kompaniya yangi istiqbolli investitsiya imkoniyatlariga ega bo‘lsa, investitsiyalashni yetarli mablag‘lar bilan ta‘minlash uchun aksiyadorlarga dividendlar to‘lamasligi foydali bo‘ladimi? Yoki aksincha, kompaniya dividendlar to‘lashi va mavjud aksiyadorlar orasida ochiq birjada qatnashishni xohlovchilar bo‘lishi va ular tomonidan sotib olinishini istisno etmagan holda, qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilishi va ularni ochiq joylashtirish yo‘li bilan investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb qilishi kerakmi?
Hatto agar kompaniyaning aniq jozibador investitsion imkoniyatlari bo‘lmasa ham, u ehtiyotkor bo‘lishi va qonunchilikda nazarda tutilgan dividendlarni to‘liq hajmda to‘lashi kerak bo‘ladimi?
Xo‘sh, kompaniyaning dividendlar siyosati qanday bo‘lishi kerak va u nimani anglatadi? Ushbu masalalarni biz mazkur bobda ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin