Dorivor gulxayri marfalogiyasi va dorivor xususyatlari
Dorivor gulxayri marfalogiyasi va dorivor xususyatlari Dorivor gulxayri — Althaea Officinalis L.; gulxayridoshlar - Malvaceae oilasiga kiradi. [1, 3]
Gulxayri ko’p yillik, bo’yi 150-160 sm bo’ladigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi kalta, yo’g’on, ko’p boshli. O’q ildizi 50 sm uzunlikda bo’lib, yuqori qismi yog’ochlangan bo’ladi. Poyasi — bitta yoki bir nechta, tik o’suvchi, silindrsimon, kam shoxli, pastki qismi yog’ochlangan. Bargi oddiy bo’lib, bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan, poyaning yuqori qismidagilari butun, tuxumsimon, o’rta va pastkilari esa uch yoki besh bo’lakli, qo’shimcha bargi mayda, ingichka, lansetsimon yoki chiziqsimon. Barg plastinkasi o’tkir uchli va tishsimon qirrali bo’ladi. Poya, shox va bargi sertuk bo’lganidan kulrang-yashil tusda ko’rinadi. Gullari barg qo’ltig’iga, poya va shoxlari uchiga joylashgan bo’ladi. Gulkosachasi ikki qavatli. Pastki kosacha 8—12 bo’lakka ajralgan, ustki kosachasi esa besh bo’lakli. Kosacha barglari meva bilan qoladi. Tojbargi 5 ta bo’lib, pushti rangda, otaligi (changchi) ko’p sonli. Ular ipi bilan birlashib, naycha hosil qiladi. Onalik (urug’chi) tuguni 15-25 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - yassi, yumaloq, serurug’li, quruq meva. [2]
Iyun oyidan sentabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab yetiladi.
Geografik tarqalishi. Ariq, ko’l bo’ylarida, o’tloq, to’qay, butalar orasida va boshqa nam yerlarda o’sadi. Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining o’rmon-cho’l zonasida va Qrim, Kavkaz, o’arbiy Sibir, Qozog’iston hamda O’rta Osiyoda uchraydi. Ukrainada o’stiriladi.
Dorivor gulxayrining kimyoviy tarkibi, Ildiz tarkibida 11% gacha shilliq moddalar, 37% kraxmal, 2% gacha L-asparagin, 4% betain, 10,2% saxaroza va 1,7% gacha moy, pektin va boshqa birikmalar bo‘ladi. Gulxayri ildizining shilliq moddalari pentozanlar, geksozanlar va uron kislotalar birikmalaridan tashkil topgan.
Ishlatilishi. Gulxayri ildizining preparatlari o‘rab oluvchi, balg‘ain ko‘chiruvchi hamda yalligianishga qarshi (ayniqsa, bolalaming nafas yo‘llari kasallanganda) dori sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Qaynatma, quruq ekstrakt, kukun (poroshok), sharbat. Kubik shaklida qirqilgan ildiz nafas olish yo‘llari kasalliklarida ishlatiladigan turli yig‘malar (Species peetoralis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Qaynatma ildizdan faqat sovuq suvda tayyorlanadi (mahsulotdan shilliq modda ajralib chiqadi, kraxmal suvda yerimasligi sababli qaynatmaga o‘tmaydi). Dorivor gulxayri o‘simligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan «mukaltin» nomli dorivor preparat olinadi. «Mukaltin» preparatini balg‘am ko‘ehiruvcbi dori sifatida yuqori nafas yoilari va o‘pka yallig‘lanishi kasalliklarida ishlatiladi. Dorivor gulxayri xom ashyosi “linkas”, “doktir kashe”, “gerbion”, “doctor theiss” “piperazin adipinat” kabi bir qancha dori turlari tarkibiga kiradi. [www.apteka.uz, 4]
1. Q.Z. Zakirov, Nabiev M.M. va boshq. Ruscha-o'zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug'ati.T.: Fan. 1963.
2. A.I. Kursanov va boshqalar. Botanika. Toshkent.O'qituvchi. 1963. 52 bet.
3. Sohobiddinov S.S. O'simliklar sistematikasi. Toshkent. 1960. 583 bet.
4. Xolmatov H.X., Axmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent. Ibn Sino. 1995. 63 bet.