Dsturlash tillari va ularning imkoniyatlari



Yüklə 1,25 Mb.
tarix27.10.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#66444
informatika

Dsturlash tillari va ularning imkoniyatlari

Reja:

  • Dasturlash
  • Dasturlash tillari
  • Joylanmagan tillar
  • Obьektga yoʼnaltirilgan tillar
  • Python dasturlash tili

Dasturlash

Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʼzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Dasturlash - elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʼullanadigan fan, algoritmlar nazariyasining amaliy boʼlimi, insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Аsosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yochilishi lozim boʼlgan masala algoritmi "mashina tili"ga oʼtkaziladi.

Dasturlash tillari

Dasturlash tillari – bu maʼlum bir vazifani bajarish uchun kompьyuter tiliga oʼgiruvchi tillardir. Ular quyidagi kategoriyalarga ajratiladi:

Joylanmagan tillar

Joylanmagan tillar deb asosan ochiq kodli dasturlash tillariga aytiladi. Ularga quydagilarni misol qilishimiz mumkin: Gentee, Basic, Gbasic, Fortran va boshqalar. Gentee — bu ochiq koʼdli dasturlsh tili. Bu til sintaksisi C\C++ nikiga oʼxshab ketadi, bu koʼpchilikka dasturlarni tez yozishga yordam beradi. Genteeni boshqa tillarda ishlatish uchun (masalan Delphi, C\C++) u tillarga Gentee DLL faylini ulash kerak. Ulagandan soʼng uni funnksiyalarini chaqirib *. g, *. ge, *. gw va *. gwe fayllarini ochishingiz mumkin. Fortran [ing . for (mula) tran (slation) — formulalar degan maʼnoni anglatadi] — EHM (kompьyuter) yordamida ilmiy-texnikaviy masalalarni yechish algoritmini bayon qilish uchun qoʼllaniladigan programmalash tili. U 1957 yilda АQShda ishlab chiqilgan. Fortranning asosan 2 xil turi mavjud: Basic Fortran va Basic Fortran FV.

Obьektga yoʼnaltirilgan tillar

Obьektga yoʼnaltirilgan tillar - Class(sinf) tushunchasi bilan bogʼliq boʼlgan dasturlash usulidir.

Ushbu tillarda dastur protsedurasiga emas balki dasturlash mobaynida obʼektga diqqatni qaratish yoʼlida ishlab chiqilgan. Obʼekt biz atrofimizda koʼrgan har qanday narsa boʼlishi mumkin.

Obьektga yoʼnaltirilgan tillarga quydagilar kiradi: Pascal, Delphi. C# dasturlash tili, Java, C++, Visual Basic, ActionScript, Python, Ruby va boshqalar.

OOPs (Object-Oriented

Programming System)

Python dasturlash tili - bu umumiy-maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili. Dasturlash tili Guido van Rossum tomonidan yaratilgan va birinchi marta 1991 yilda foydalanib koʼrilgan. Har xil platformalar (Windows, Mac OS, Linux va boshqalar) shuningdek, Microsoft.NET platformasi uchun ham yozilgan va u IronPython deb nomlanadi.


Etiboringiz
uchun raxmad!
Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin