C# Kirish C# (C-Sharp) - .NET Framework platformasi uchun yaratilgan obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo’lib, 2000-yilda A.Haylsberg va P.Goldelar tomonidan yaratilgan. C# yaratilishida “har bir mavjud narsa – obyekt hisoblanadi” postulatasiga asos qilingan. Bu dasturlash tilini yaratishda A. Haylsberg va P. Goldelar C++ tilidagi kabi imkoniyatlarni va Java dasturlash tilidagi oddiylik va ko’rinishni birlashtirib yangi dasturlash tili yaratishni maqsad qilganlar va natijada C# dasturlash tili yaratilgan. Bu dasturlash tili o’zgarmas turg’un komponentli arxitekturaga va yuqori saviyadagi xavfsizlik kodiga ega. C # dasturlash tilining C++ va Java dasturlash tillari bilan xarakterli o'xshashlik tomonlarini quyida sanab o’tamiz:
Java Dasturlash tili bilan
xavfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash
С++ dasturlash tili bilan o’xshash tomonlari:
ko’p operatorlilik
xavfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash
soddalilik
ko`p komponentalilik
tushunarli interfeysi
Bugungi kunda C# dasturlash tili IT sohasidagi eng kuchli, tez rivojlanayotgan va talabga javob beradigan tillardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda unda turli xil dasturlar yozilgan: kichik stol dasturlaridan tortib to har kuni millionlab foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatadigan yirik veb-portallar va veb-xizmatlar.
Endi biz C# dasturlash tilida birinchi dasturimizni quramiz.
namespace Kirish
{
internal class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine("Hello, World! UzbekDevs");
}
}
}