Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar Fanidan



Yüklə 266,93 Kb.
səhifə1/7
tarix04.01.2023
ölçüsü266,93 Kb.
#78441
  1   2   3   4   5   6   7
Boboqulov Baxtbek




Effect Edu MCHJ
Xalqaro innovatsion universitet
60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim
yo’nalishi

Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar
Fanidan
1-MUSTAQIL ISH
30-Mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari

Bajardi: _____________________ B.Boboqulov
Qabul qildi: _____________________ H.M.Normamatov
Qarshi – 2022

30-Mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari


Reja:
Kirish
1.Axborot xavfsizligi tushunchasi va zaruriyati.
2.Raqmli iqtisodiyotda axborot xafsizligini ta’minlash usullari.
3.Axborot himoyalashning kriptografik usullaridan foydalanish.
4.Tarmoqdagi axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi. Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat jadal suratlar bilan shakllanib, axborotlar dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Global kompyuter tarmog‘i jahon davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda. Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.


Yüklə 266,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin