Ehtoyoj – insonning yashash va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo`lgan zaruriyat. Ehtoyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo`lgan zaruriyatni ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va
1)Ehtiyoj va uning turlari.Kichik maktab Yoshi davrida bolaning ehtiyojlari
2)Kichik maktab yoshida bolaning muloqotga va bilim olishga bo`lgan munosabati
3)Bolaning talimga va tevarak atrofdagi olamni bilishga bo`lgan qiziqishi
4)Bolalarda hozirgi zamon texnologiyasiga bo`lgan qiziqishlari
Ehtoyoj – insonning yashash va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo`lgan zaruriyat.Ehtoyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo`lgan zaruriyatni ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir.
Talab – ehtiyojdan farq qilib mustaqil iqtisodiy kategoriya yani ilmiy tushuncha sifatida amal qiladi.Ehtiyojning faqat pul bilan taminlangan qismi talabga aylanadi. Talab bu pul bilan taminlangan ehtiyojdir.Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taminlanmasa u ‘xoxish’ ‘istak bo`lib qolaveradi.
Inson ehtiyojlarining turlari
Organik
Material
Axloqiy o`zini takomillashtirish va psixologik rivojlanish
Ijodiy
Ijtimoy
Ehtiyoj turlari; tanaviy (biologic) ,shaxsiy (ijtimoiy), ma`naviy (ekzistensial)
Tana uchun instinktlar , reflekslar yani hamma narsa fiziologikdir.Insonning tur sifatida saqlanishi ularning qoniqishiga bog`liq
Shaxsga barcha ma`naviy va ijtimoiy narsalar kiradi . Insonga shaxs,shaxs va jamiyat subyekti bo`lishga imkon beradigan narsa
Ekzistentsiya butun insoniyat hayoti va kosmos bilan bog`liq barcha narsalarga tegishli.Bu o`z-o`zini takomillashtirish , rivojlantirish , yangilarni yaratish , bilim , ijodkorlik ehtiyojlarini o`z ichiga oladi
Shaxsning psixologik ehtiyojlari bu tanaviy ehtiyojlarga kamaytirilmaydigan ,balki manaviy darajaga yetmaydigan ehtiyojlardir.Bunday ehtiyojlar ,odatda bogliqlik ,aloqa va boshqalarga bo`lgan ehtiyojlarni o`z ichiga oladi.
Psixologik tabiyatdagi kattalar shaxsiyatining asosiy ehtiyojlari 4guruhga bo`linadi
- shaxs uchun muhim shaxslar aro munosabatlarga ehtiyoj
- ijtimoiy guruh azosi bo`lish , o`zingizni yaxshi ko`rish uchun ehtiyoj
Bolalardagi muloqotga bolgan ehtiyoj tug`ma ehtiyoj emas
Kichik maktab davri 6-7 yoshgacha davom etadi .Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi .Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri ,unda o`ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir.Bu ehtiyojlar o`z mohiyatiga ko`ra faqat muayyan bilim , konikma va malakalarni egallashga qaratilmay balki o`quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir.Shu ehtiyojlar asosida bolaning o`z portfeliga shaxsiy oquv qurollariga dars tayyorlash stoliga ,kitob qoyish javoniga ega bo`lish kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi.Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishga shuningdek uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.