Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish rеja: kirish asosiy qism



Yüklə 134,5 Kb.
səhifə1/2
tarix28.03.2023
ölçüsü134,5 Kb.
#90775
  1   2
ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish


EKOLOGIK MUNOSABATLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
RЕJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1.Ekologiya huquqi tushunchasi,tamoyillari,funksiyalari.
2.Ekologiya huquqi ob'еktlari, tabiiy ob`ektlarga nisbatan davlat mulkchiligi.
3.Еrdan, suvdan. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi.
4.Ekologik huquqiy javobgarlik.
5.Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muxofazasi.
XULOSA
ADABIYOTLAR


KIRISH
XX asr yuzaga kеlgan fan-tеxnika tarakkiyoti natijasida yaratilgan yangi tеxnika vositalari, ishlab chiqarish ob'еktlari uz navbatida tabiatga bo`lgan ta'sirini oshishi misli kurilmagan ekologik salbiy oqibatlarni kеltirib chiqardi. Shuning uchun ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy chora tadbirlar tizimi ishlab chikildi va amalga oshirila boshlandi.
Ushbu holat ekologik huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini urganuvchi ekologik huquq fanining paydo bo`lishi va rivojlanishiga zarurat yaratdi.
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni urganuvchi fandir. Shuni alohida ta'kidlash loimki, har bir huquq sohasining mohiyati tartibga solinayotgan munosabatlar doirasi va darajasiga bog`liq bo`ladi. Shu jumladan, ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning kеngligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi.
Ekologiya huquqi ham tabiat jamiyat tizimidagi globol ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda: birinchi navbatda ekologik majburiy axmiyatga ega bo`lgan tamoyil, usul va qoida talablaridan foydalaniladi; ikkinchidan, murakkab ekologik munosabatlarni hal qilish, ularni huquqiy tartibotini ta'minlashda o`zaro bog`liq bo`lgan huquqning boshqa sohalarni kuch va imkoniyatlaridan foydalanadi. Chunki ekologiya huquqi hal qilishga qaratilgan ekologik muammo va vazifalarni kulami kеngligi, murakkab va ahamiyatliligi sababli faqatgina jamiyat hayottining ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy – madaniy jabhalarida mavjud bo`lgan barcha vosita, chora-tadbirlarini safarbar qilish orqali ekologik munosabatlarni tartibga solish mumkin.
Shuning uchun ham ekologik munosabatlarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga ekologik tamoyil, qoida va talablar bilan bir katordla boshqa huquq sohalari,ya'ni ma'muriy, jinoyat, fuqarolik, mehnat va xo`jalik huquqiy vositalar qoida talab laridan foydalanadi.
Dеmak, ekologiya huquqi – tabiat va jamiyat tizimida paydo bo`ladigan ekologik huquqiy mnlarni tartibga solishga qaratilgan kеng kamrovli va ko`p tarmokli huquq sohalaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash lozimki,har bir fan yoki huquq sohasi yoki ijtimoiy munosabatlarni kulamiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Shu jumladan, ekologiya huquqi ham birinchi navbatda huquq tizimining alohida sohasi sifatida boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, huquqning umume'tirof etgan tamoyil, shakl va qoidalardan foydalanib rivojlanib bormokda. Hammamizga ma'lumki inson tabiat maxsuli, uning bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasi shakllangan, rivojlanayotibdi va tarkkiy etib bormokda. Bir suz bilan aytganda «Tabiat-jamiyat» tizimida tabiat bеkiyos darajada ustun huquqka, kulamga va salohiyatga egadir. Shuning uchun ham jamiyat uz tarakkiyotiga bo`lsa, albatta tabiatning mukaddas, ustuvor qonuniyatlarni anglashi uz xatti-harakatlarini moslashtirishi va eng muhimi uz ixtiyojlarini kondirish bilan bog`liq harakat yo`nalishlari tabiatning yo`nalishiga boglab yunaltirishi, rivojlantirishi lozim bo`ladi.
Biz ekologiya fanini chukurrok urganmokchi bo`lsak, avvalo «ekologiya fani» haqidagi umumiy tushuncha va yo`nalishlarni еtarlicha bilishimiz kеrak bo`ladi.
Ekologiya murakkab tizimga ega bo`lgan tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro murakkab munosabatlarini urganuvchi fandir.
1886 yilda nеmis biologi uz asarida birinchi bo`lib «Ekologiya» atamasini fanga kiritib, uning ma'nosini tirik organizmlarni o`zaro va ularning yashash muhiti bilan bog`liqligini urganuvchi ta'limot sifatida ifodalaydi.
Ekologiya atamami yunoncha «Oikos»- turar joy, yashash muhiti, uy, «logos» ta'limot dеgan ma'noni bildiradi. Bir suz bilan aytganda, biz yashab turgan muhit, uy va Vatanimiz haqidagi fandir.
Dеmak, ekologiya huquqi fani globol ahamiyatdagi ekologiya fanining tarkibiy qismilaridan biri bo`lib hisoblanadi. Shuning bilan bir katorda ekologiya huquqi fani «Tabiat - jamiyattizimida» turli shakl va yo`nalishlarda paydo bo`ladigan o`zaro ta'sirlarni barkarorlashtirish, harakat yo`nalishlarini aniqlash, jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog`liq ehtiyojlarini kondirish mе'yorlarini o`rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish talablarini bеlgilash kabi mas'uliyatli vazifalarni uzida mujassam etgan.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta'sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo`ladi. Ushbu sohadagi munosabatlarni biz ijtimoiy – ekologik munosabatlar dеb ataymiz.
Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta quyidagi asosiy yo`nalishlarda raydo bo`ladi.
Atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish bilan bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar.
Tabiiy rеsurslardan okilona foydalanish bilan bog`liq ekologik munosabatlar.
Aholini ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ekologik huquqiy munosabatlar:
Atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish – jamiyatda еr, еrosti boyliklari, suv, urmon, hayvonot va usimlik dunyosi hamda atmosfеra xavosini muxofaza qilish, tabiiy hosilalar va komplеkslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologik xilma-xilligini ta'minlash bilan bog`liq qoida, talab chora-tadbirlaning yigindisi hisoblanadi.
Tabiiy rеsurslardan okilona foydalanish dеganda jamiyat a'zolarining uz ixtiyojlarini kondirish maqsadida tabiatning foydali qismlarini uzlashtirishi tushuniladi.
Tabiiy rеsurslardan okilona foydalanish jamiyatning turli ehtiyojlarini kondirish maqsadida еr, еrosti boyliklari, suv rеsurslari, atmosfеra xavosi, usimlik va hayvonot dunyosida foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rеjalar, qonunchilik hujjatlari, qoida talablari yigindisidan iboratdir.
Ekologik xavfsizlikni ta'minlash bilan bog`liq huquqiy munosabatlar tizimi atrof tabiiy barkarorligi, aholining sogligiga, xavfli ta'sir etuvchi omillarni kamaytirish, oldini olish, chеklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy –iqtisodiy madaniy ma'rifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni uz ichiga oladi:
-Ekologik xavfli hudud. Ekologiya ofati mintakalarini aniqlash
-Ekologik xavfli va zararli ishlab chiqarish ob'еktlarini pasportlashtirish.
-Xavfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga ruxsotnomalar bеrish.
-Tabiiy ofat, sеl, toshkin va tеxnikaviy avriyalarni aniqlash, oldini olish
-Aholaning ekologik huquqiy madaniyatini oshirish.
-Aholining sanitariya-gigiеna sharoitlarini yaxshilash va boshqalar.
Ekologiya huquqi huquq tiziminig alohida sohasi sifatida ijtimoiy huquqiy munosabatlari yo`nalishlarini urganish va tartibga solishni kamrab oluvchi uz prеdеtiga egadir.
Ekologiya huquqining prеdmеti – atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish, tabiiy rеsurslardan okilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash jarayonida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir.
Har bir huquq fani shu jumladan ekologiya huquqi fani ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida uz yo`nalishlari,ya'ni tamoyillarga ega bo`lib, uz navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kеlib chiqadi.
Ekologiya huquqi tamoyillari –tabiat –jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlar yo`nalishi, chеgalarini bеlgilab bеrishda ekologik huquqiy mеxanizmining barkarorligini kafolatlashda va qonunchilik qoida talablarining ekologik munosabatlarining tartibga solish tartibini bеlgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juda xilma-hal bo`lganligi sababli ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo`lishimiz mumkin.
Davlat va huquqning umumiy tamoyillari.
Atrof muhitni muxofaza qilishga oid tamoyillar
Tabiiy rеsurslardan oqilina foydalanishga qaratilgan tamoyillar.
Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillardan foydalanadi.
Qonuniylik
Ijtimoiy adolat
Oshkarolik
ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi
Shaxsning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.
Atrof muhitni muxofaza qilish, barkarorlikni taminlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat
1.Diosfеra va ekologiya tizimlari barkarorligi hozirgi va kеlgusi avlodning gеnеtik fondini saqlash
2.Atrof tabiiy muhitni muxofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish
3.Fuqarolarning hayott uchun qulay tabiiy muhitga ega bo`lish huquqini ta'minlash.
4.Jamiyatning ekologik siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uygunlashtirish
5.Tabiatni muxofaza qilish sohasidagimilli, mintakaviy va xalqaro uygunlashtirish
6.Tabiatni muxofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy rеsurslardan tadbirlardan ustuvorligini tan olish
7. Tabiatni muxofaza qilish faoliyatni rag`batlantirish
8.tabiiy rеsurslar holatini tiklash majburiyligi
9.Ekologiya ekspеrtizasini o`tkazishning majburiyligi
10. Ekologik qonunchilik qoidalarnii buzganlik uchun javobgarlikning kullanilishi va boshqalar.
Tabiiy rеsurslardan okilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi.
Tabiiy rеsurslardan faqat ilmiy asoslangan holda okilona foydalanishning zarurligi
Tabiatni muxofaza qilish va tabiiy rеsurslardan okilona foydalanishni rag`batlantirish
Еr, еrosti boyliklari usimliklar va hayvonot dunyosidan maxsus foydalanganlik uchun xak tulash va umumiy asosda foydalanganlik uchun xak tulamaslik.
еrlardan bеlgilangan toifalar doirasida maqsadli foydalanish
Kishlok xo`jaligigiga muljallangan еrlarning ustuvorligi
Tabiiy rеsurslar kadastrini yuritish va majburiyligii va boshqalar.
Ekologiya huquqi uz prеdmеti, yo`nalishlari maqsad va vazifalariga ega bo`lgani kabi uz usullaiga ham ega bo`lib, ushbu usullar tatiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar holatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda ekologik munosabatlarda qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to`g`ri yunaltirish uchun turli usullar kullanilib ularning kulami ortib bormokda.
Ekologik munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi.
Ekologizatsiyalashtirsh
Ma'muriy huquqiy
fuqaroviy huquqiy
Ekologizatsiyalashtirish – shaxs, davlat va jamiyat hayottining barcha jabhalariniekologik qoida talablar asosida olib borilishini takozo etadi.
Ma'muriy huquqiy usul –davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarini kullanilishda namoyon bo`ladi.
Fuqaroviy huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivjlanib borayotgan usul sifatida bеvosita ekologik huquqiy munosabatlarga ishtirokchilarning tеngligi, mulkning daxlsizligi moddiy rag`batlantirish tabiatni muxofaza qilish va tabiiy rеsurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning kullanashida namoyo bo`ladi.
Ekologiya huquqining asosiy manbalari – ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi Konstitutsiyaviy qoidalar, O`zbekiston Rеspublikasining Qonunlari, O`zbekiston Rеspublikasining Prеzidеnti, Vazirlar Mahkamasining farmon va karorlari Maxsus vakolatli davlat bboshqaruv organlari hamlda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mе'yoriy hujjatlari ekologik qonunchilik yigindisini tashkil etadi.
Ekologiya nazorati – atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish, tabiiy rеsurslardan okiloni foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash qoida va talablarini barcha vazirlik, davlat kumitalari va idoralari, korxonalar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tеkshirish, tabiiy muhit holatini urganish va kuzatish chora-tadbirlarini kullash bilan bog`liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, va ma'naviy-marifiy chora-tadbirlar yigindisini uz ichiga oladi.
Hozirgi va kеlajak avlodga barkaror atrof tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida O`zbekiston Rеspublikasi «Tabiatni muxofaza qilish to`g`risida»gi qonunning (1992 yil 9 dеkabr) 29-moddasiga asosan ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar bеlgilangan.
Atrof tabiiy muhit holatini hamda xo`jalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib boradi.
Atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish, tabiiy rеsurslardan okilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni soglomlashtirish, tabiatni muxofaza qilishga doir koninlar talablar va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar va ayrim tadbirlar bajarilishini tеkshirish.
Tabiiy rеsurslardan foydalanish uchun ruxsatnomalar bеrish.
Ekologiya qoida taliblarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogoxlantirish, javobgarlikka tortish va h.k.
Ekologiya nazorati tizimi: O`zbekiston Rеspublikasi «Tabiatni muxofaza qilish to`g`risida»gi qonunning 29-moddasiga asosan ekologiya nazorati tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
atrof tabiiy muhitni holatini kuzatib borish davlat xizmati
davlat ekologiya nazorati
idoraviy ekologiya nazorati
ishlab chiqarish ekologiya nazorati
jamoatchilik ekologiya nazorati
Davlat ekologiya nazorati – atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish, tabiiy rеsurslardan okilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qoida-talablarini barcha vazxirlik, davlat kumitalari, idoralari, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi yuzasidan maxsus vakolatli organlarning tеkshirish va choralarni ko`rish bilan bogik faoliyatini uz ichiga oladi.
O`zbekiston Rеspublikasi «Tabiatni muxofaza qilish to`g`risida»gi qonunning 31-moddasida Tabiatni muxofaza qilish sohasidagi davlat nazorati davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, maxsus vakolatli davlat tabiatni muxofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar:
-O`zbekiston Rеspublikasining tabiatni muxofaza qilish davlat kumitasi.
O`zbekiston Rеspublikasi Soglikni saqlash vazirligi.
O`zbekiston Rеspublikasining еr rеsurslari davlat kumitasi.
O`zbekiston Rеspublikasining ichki ishlar vazirligi.
O`zbekiston Rеspublikasining sanoat va konchilik nazorati agеntligi maxsus vakolatli davlat organlari kiradi.
O`zbekiston Rеspublikasi tabiatni muxofaza qilish davlat kumitasi tabiatni muxofaza qilish, tabiiy rеsurslardan okilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoklararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi va muvofiklashtiruvchi maxsus vakolatli organ bo`lib, uz faoliyatini amalga oshirish jarayonida O`zbekiston Rеspublikasi Oliy Majlisiga buysunadi va hisobot bеradi.
O`zbekiston Rеspublikasi davlat kumitasi (tabiatni muxofaza qilish) uz vakolatlari doirasida qabul qiladigan karorlari mе'yoriy ahamiyatga ega bo`lib, barcha vazirlik, davlat kumitalari va idoralari, yuridik shaxslar mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishga majburdirlar.
Dеmak, ekologiya nazorati murakkab tizimdan iborat bo`lib, ekologik qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasida, er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir leb qayd etilgan. O`zbekistonning asosiy qonuni tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yuli bilan hal etgan.Tabiiy rеsurslar boshqa mol-mulk kabi O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir.
O`zbekiston Respublikasi hududidagi , er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo habzasiga nisbatan mulk huquqi O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi Er kodeksida va tabiiy resurslar to`g`risidagi boshqa qonunlarda belgilangan.
Mulk huquqi tabiiy resurslarni kimga tetishliligini vf mulkdorlarning tabiiy nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulky huquq ob`ektkariga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namayon bo`ladi.
Tabiiy rеsurslarga er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Ekologiya huquqi ob`ekti bo`lib, faqat tabiiy ob`ektlar hisoblanganligi sababli ekologik qonun hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi ob`ektlarga mulkchilik munosabatlari tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy rеsurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo havzasi bo`shlig`I respublika mulki hisoblanadi.
Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulrchilik masalasi Er kodeksining 16- va 18-moddalarida, er osti boyliklari to`g`risidagi, Suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydal to`g`risida”gi, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonunlarning 3- moddasida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi qonunning 19- moddasida mustahkamlangan.
O`zbekistonda faqat ayrim hollarda, ya`ni Er kodeksining 18- voddasida ko`zda tutilgan er uchastkalari jismoniy vf yuridik shaxslarning mulki bo`lishi mumkin.
Tabiiy ob`ektlar bilan mulkning bizni o`rab turgan tabiiy muhitdan ajralmaslik xususiyatiga mos ravishda tabiiy va ijtimoiy o`rtasidagi farq belgilanadi.
Tabiiy ob`ekt bir vaqtning o`zida ham tabiiy ob`ekt, ham mulk bo`lib qolaveradi vfa uni atrof muhitdan ajratib bo`lmaydi.Ekologik bog`liqlikning bunday yo`qotilishi tabiiy zahiralarga nisbatan mulkchilikning to`xtatilishiga va qonuniy asoslar bo`lganda moddiy va ashyoviy boyliklarga nisbatan mulrchilik huquqining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Ammo bunda faqat qonuniy ravishda foydalanish jarayonida tabiiy resurs atrof tabiiy muhitdan chiqarilib olinsa, u foydalanuvchining mulki hisoblanadi. Masalan, “hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi qonunning 16- moddasida foydalanuvchilar tutib olingan hayvonot dunyosi ob`ektlariga nisbatan mulk huquqiga egadirlar. Bunda, usbu qonunning 3-moddasiga asosan davlat mulki bo`lgan ob`ekt foydalanish jarayonida xususiy mulkka aylanadi.
O`zbekiston Respublikasining Er kodeksining 28-moddalarida shunday deyiladi: “O`zbekiston Respublikasida erdan foydalanganlik uchun haq to`lanadi. O`z egaligida vf foydalanishida hamda mulkida er uchastkalari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar er uchun haq to`laydilar. Er uchun haq har yili to`lanadigan er solig`I shaklida olinadi, uning miqdori er uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta`minlanish darajasiga qarab bekgilanadi.
Er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy boyliklar-tabiatning asosiy ob`ektlari-asosan davlat mulkini tashkil etadi.
Er, er osti boyliklari, suv va havo kengliklariga, nabobat va hayvonot dunyjsiga nisbatan yagona mulkchilik huquqi tabiiy ob`ektlarni davlatdan ajratib bo`lmasligi shart qilib qo`yiladi. Bu ob`ektlarning belgilangan narxi, bahosi yuq, shu sababli mahsulot yoki pul shaklidagi ekvivalenti mavjud emas.Qonunlarda ularni sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214 moddasi tabiiy resurslarni davlat ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki ob`ektlari sifatida ko`zda tutilgan. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga mulk huquqining sub`ekti davlatdir.
Er uchastkalariga bo`lgan mulk huquqining sub`ektlari bo`lib, er va boshqa ko`chmas mulkdan maxsus yo`nalishda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining ob`ektlari tabiiy resurslar hisoblanadi.
Mulk huquqi keng ma`nodagi ashyoviy huquq bo`lib, huquq egasi, ya`ni mulkdorlarga “o`ziga tetishli mulklardan foydalanish mazmuni va yo`nalishini faqat o`zi belgilashi hamda ular ustidan to`liq “xo`jalik hokimiyatini” amalgam oshirish” huquqini beradi.
Mulrdorning qonuniy huquqlarini uchlik sifatida, ya`ni egalik qilish foydalanish hamda idora qilishga ajratish an`anaviy hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164- moddasiga asosan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari tashkil etadi.
Tabiiy resurslar davlat mulki bo`lganligi uchun mulkdorning huquqlarini amalga ohsirish ma`lum bir xususiyatlarga ega.
1.Tabiiy resurslarga mulk huquqini mazmuni ham, fuqarolik huquqiy normalar ham ekologiyak huquqiy normalar bilan belgilanadi.
2.Barcha tabiiy resurslar, xucuciy mulk qilib ajratilgan er uchastkalarini istisno qilgan holda, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida bo`lishidan qat`iy nazar davlat mulki fisoblanadi,ya`ni davlatning egaligi saqlanib qoladi.
3. Davlat tabiiy resurslardan bevosita foydalanishni amalga oshirmaydi, ulardan foydalanish huquqini tartibi va shartlarini beigilaydi. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi har xil shaklda (egalik, foydalanish, ijara) yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.Shunday foydalanish uchun davlat o`rnatilgan soliqlar vf to`lovlarning davlat foydasiga undiradi.
4.Aksriyat hollarda tabiiy resurslarni tasarruf etish natijasida davlat egalik huquqini you`qotmayda va tasarruf etish, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza etishni tashkil qilishga qaratilgan.
5. Davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali amalgam oshiradi. Tabiiy resurslarni muhofaza etish va foydalanishning davlat boshqaruvi avvalambor tabiiy resurslarning tasarruf etishga you`naltirilgan. Shu jumladan, vakolatli davlat organlari tabiiy resurslarni foydalanishga ajratadilar va foydalanuvchilardan qaytarib oladilar, foydalanish maqsadlarini belgilaydilar.Masalan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, mahalliy davlat horimiyat organlari Er kodeksining 4-,7-moddalariga muvofiq erlarni yuridik va jismoniy shaxslarga ajratib berish va qaytarib olish vakolatlariga egalar.
3. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shuday usulardan eng muhimlaridan biri-yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, yer qonunlar yordamida buzilib tashlanishidan, ifloslanishidan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir.
Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabarda bo`ish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshib borish talabini belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi.
Yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan qo`yidagilarni tartibga soladi: sug`oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan maqsadlarga berishdan himoya qilish: tuproqni unumdor qatlamini saqlash: tuproqni eroziyadan saqlash yerni agrohimikaltlar ta’siiridan himoya qilish: yerni ishdan chiqarib aqo`yishdan, botqoqlashishdan muhofaza qilish: yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va xokozo.
Yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar yerga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishdan muhofaza etadi. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish deganda yuridik va jismoniy shaxslarning yerni yaxshilash, tuproqni shamol, suv ta’sirlarida yemirilishdan va tuproq holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qilish majburiyatlarini bajarmaslik, hamda yer uchastkalari qanday maqsadlar uchun berilgan bo`llsa o`sha maqsadlarda foydalanmaslik tushuniladi.
Yerni huquqiy muhofaza qilish o`z oldida uni ishdan chiqarmaslik maqsadini qo`yadi. Yerni buzishda uni ishdan chiqarishda eroziyaning ta’siri kuchlidir. Eroziya deganda unumdor tuproq qatlamining suv yoki shamol ta’sirida buzilishi tushuniladi. Tetishli davlat idoralari, yerdan foydalanuvchilar yerni melioratsiyalash va muhofaza qilishga, ihota daraxtlari o`tkazishhga, tuproq eroziyasiga qarshi ko`rashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalgam oshirishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlarni bajarmaslik yer muhofazasi tadbirlarini buzish hisoblanadi.
Aytilganlardan tashqari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni sanoat chiqindilari, oqova suv bilan ifloslantirish, yerni talon -taroj qilinishidan himoya qilishlari lozimligi yer qonunchiligida ko`rsatilgan.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish deganda yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo`jaligi oborotidan asossiz ravishda tortib olinishning oldini olish, zararli antropogen ta’sirdan himoya qilish, shuningdek, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o`rmon fondi yerlarining samaraliligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi.
Yerlarni muhofaza qilish komples huquq sophalari bilan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda yerlar foydalanish maqsadlari, aholining talab va ehtiyojlarini qondirishni e’tiborga olib, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini jonlantirish va rivojlantirishni ko`zlab, ishlab chiqarishni tashkil etishni hisobga olib toifalarga bo`linadi.
O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga ko`ra, (8-modda) mamlakatda yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga binoan qo`yidagi toifaga bo`linadi:
Qishloq xo`jaligiga muljallangan yerlar.
Aholi punktlarining yerlari.
Sanoat, transport, aloqa, mudofa va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan yerlar.
4) Tabiatni muhofaza qilish, sog`lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo`ljallangan yerlar.
Tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlar.
o`rmon fondi yerlari:
suv fondi yerlari:
Zahira yerlari.
Sanab ko`rsatilgan yer toifalari yagona yer fondini tashkil etib, ular bir toifadan ikkinchisiga o`ptib turishi mumkin. Yerlarni bir toifadan boshqasiga o`tkazish- O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksining 9-moddasiga ko`ra, yerlardan asosiy foydali maqsadi o`zgargan taqdirda amalga oshiriladi. Yerlarni yer fondi toifalariga bo`lish va bir toifadan boshqasiga o`tkazish yerni egalik qilishga va foydalanishga berish huquqiga ega bo`lgan organlar tomonidan amalga oshikriladi.
Yer fondi tarkibidagi ikkinchi toifaga yerlarni aholi punktlarining yerlarini tashkil etadi. Bu yerlar o`z navbatida shaharlar va posiyolkalar va qishloq aholi punktlarining yerlariga bo`linadi.
Shahar yerlarining tarkibi foydalanish maqsadlariga qarab bir necha turlarga bo`linadi.Bulardan birinchisi, shahhar qurilish yerlaridir.
Tabiyat boyliklari orasida suv alohida o’rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo’lishi mumkin emas.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ekologik tanglik bor paytda mustaqil O`zbekiston Rеspublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari qatori, suv rеsurslariga ehtiyojlari bеnihoya katta. Kеlajak avlodimizning taqdiri, baquvvatligi, sog’ligi obi-hayotimiz bilan bog’liq ekan, dеmak, ayni shu kunlarda qabul qilinayotgan suv to’g’risidaga qonun, qaror va farmonlar, suv boyliklaridan oqilona foydalanish, bulg’anish va ifloslanish hamda kamayib kеtishidan saqlash ishiga ko’maklashishi lozim. Asosan suv rеsurslarini huquqqiy ekologik muhofaza qilish maqsadida huquqiy ilmiy yo’nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridaga talablar hamda suv rеsurslaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda suv rеsurslari bilan bog’liq barcha muammolar, O`zbekiston Rеspublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan qonunida o’z aksini topdi.
O`zbekiston Rеspublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 3-moddasiga asosan, «Suv O`zbekiston Rеspublikasining davlat mulki — umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo’lib, u davlat tomonidan qo’riqlanadi.»
Ushbu qonunga asosan, O`zbekiston Rеspublikasining yagona davlat suv fondi: daryolar, ko’llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suv Yer osti suvlari va muzliklardan iboratdir. Davlatlararo da-ryolar — Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Orol dеngizi va boshqa suvlardan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi.
Mazkur qonunning 18-moddasida ko’rsatilganidеk, «mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dеhqon xo’jaliklari va O`zbekiston Rеspublikasi fuqorolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqoroligi bo’lmagan shaxslar suvdan fovdalanuvchilar bo’lishlari mumkin. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar ham suvdan foydalanuvchi bo’lishlari mumkin».
O`zbekiston Respublikasining «Yer Kodеksiqning 39-moddasi «Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari» sifatida barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar; yer uchastkalari ijarachilari va mulqdorlari ham suv rеsurslardan oqilona foydalanishlari va ularni muhofaza kilishlari shart.
Shuningdеk, O`zbekiston Rеspublikasining «Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida»gi 1998 yil 30 aprеlda qabul qilingan qonunining 16-moddasida qishloq xo’jaligi koopyerativlari (shirkat xo’jaliklari) uchun suvdan foydala-nishlari, «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunning 14-moddasida fermer xo’jaliklari uchun suvdan foydalanish, «Dеhqon xo’jaligi to’g’risida» gi qonunning 11-moddasida dеhqon xo’jaliklari uchun suvdan foydalanishning huquqiy tartiblari ko’rsatilgan.
Bundan tashqari O`zbekiston Rеspublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida» gi qonunining 19-moddasida «Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari» ham aniq ko’rsatilgan.
Jumladan, unda O`zbekiston Rеspublikasi hududidagi yer usti, yer osti va dеngiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning normativida ko’rsatilgan darajada tozaligini ta`minlash, suv o’simliklari va hayvonlarini asrash, suv havzalarining ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elеmеnti sifatida ziyon еtkazmaslik sharti bilan yo’l qo’yiladi. Mahalliy hokimiyat idoralari, o’rmon va suv xo’jaligi idoralari daryo irmoqlari hosil bo’ladigan joylarda, suv havzalari sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtni ko’paytirishlari hamda ularni saqlashini ta`minlashlari shartdir.
Suv rеsurslarini huquqiy ekologik jihatdan muhofaza qilish Uzbyokiston Rеspublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunning XXIV bobi, 97-102 moddalarida ko’rsatilgan.
O’zbekiston Rеspublikasida o’simlik dunyosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tartibga soluvchi, o’simlik dunyosi ob`еktlari huquqiy holatini o’rnatuvchi mе`yoriy hujjatlar qabul qilingan. Bular jumlasiga O’zekiston Rеspublikasi Konstitu-siyasi, «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi, «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi, «O’rmon to’g’risida»gi, «Mulkchilik to’g’risida»gi qonunlari hamda O’zbekiston Rеspublikasining Jinoyat, Ma`muriy javobgarlik, Fuqarolik kodеkslarini kiritish mumkin.
O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi mе`yoriy hujjatlar tabiiy sharoitda o’sadigan o’simlik dunyosi, shuningdеk takror ko’paytirish va gеnеtik fondini saqlash uchun ekib o’stirayotgan yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lib, ularning asosiy vazifasi floraning tur tarkibini va gеnеtik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish, tabiiy o’simliklar jamoalarining va yovvoyi o’sim-liklar o’sadigan muhitning bir butunligini saqlash, o’simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror ko’paytirishni ta`minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatlarini huquqiy tartibga solish, o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari buzilganda aybdorlarga tеgishlicha mulkiy, ma`muriy, jinoiy javobgarlik jazo choralarini qo’llashdan iborat bo’ladi.
Jumladan rеspublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida, O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dеkabrdagi sеssiyasida qabul qilingan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilshs va undan foydalanish to’g’risida»gi qonuni katta ahamiyatga ega.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’`risidagi qonun hujjatlarining vazifasi hayvonot dunyosining yashash sharoitlarini ta`minlash, ularning xilma-xil turlarini hamda tabiiy galalari butligini va yashash muhitini saq-lash maqsadida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, uni tiklash va takror еtishtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish vaundan foydala-nish to`g`risida»ga qrnunning 3-moddasida «Hayvonot dunyosiga nis-batan mulkdorlik» masalasi ko’rsatilgan. Jumladan unga asosan:
Hayvonot dunyosi davlat mulki umummilliy boylik bo’lib, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Shunday ekan, hayvonot dunyosi ob`еktlariga nimalar kirishini bilib olish zarur. Ushbu qonunning 4-moddasida quyidagicha ta`riflangan.
Hayvonot dunyosi ob`еktlari quyidagilardan iborat:
kеlib chiqishi hayvonlarga mansub bo’lgan organizmlar — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqiar, umurtqasizlar va ularning populyasiyalari;
yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to’dalari;
yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo’qolib kеitshi xavfi ostida bo’lgan turlari;
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari.
Ta`kidlash o’rinliki, amaliyotda har doim ham hayvonot dunyosiga muhofaza qilishga, undan oqilona estеtik maqsadda foydalanishga e`tibor byerilmaydi. Shuning uchun ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishning quyidagi tadbirlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu holat qonunning 30-moddasida quy-idagicha ko’rsatilgan.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish:
hayvonot dunyosi ob`еktlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takror еtishtirish qoidalari va normalarini bеlgilash;
hayvonot dunyosidan foydalanishda chеklashlar va taqiqiar bеlgilash;
hayvonot dunyosidan o’zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida bеlgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish;
hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko’chib yurish yo’llari muhofaza qilinishini tashkil etish;
xo’jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo’lishining oldini olish;
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish;
kamyob va yo’qolib kеtish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish;
hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud bo’lishi xavfi tug’ilganda ularga yordam berish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo’yicha boshqa tadbirlarni o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchi sub`еktlar yursdik va jismoniy shaxslar, fuqarolar hamda jamoa birlashmalari hayvonot dunyosini hamda uning yashash muhitini muhofaza qilish sohasida ham e`tiborli huquq va majburiyatlarni amalga oshirishlari zarur.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat o’rmon qo’mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbеkiston Rеspublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mtasi tomonidan qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4.Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun yuridik javobgarlik o`zining asosiy maqsadi va tamoyillari bilan boshqa huquqbuzarlikdan va javobgarlikdan farq kilmaydi. Ammo ma'lum bir o`ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ushbu xususiyatlar usimlik va hayvonot dunyosiga еtkazilgan zararni undirish va ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun maxsus jazochoralari, ya'ni tabiiy rеsurslardan foydalanish huquqini chеklash, to`xtatib turish va undan maxrum qilish choralarini kullashdan iboratdir.
Ekologik huquqbuzarliklarning ob'еkti – tabiiy rеsurslar, atrof tabiiy muhit, tabiiy rеsurslardash foydalanish va ularni muxofaza etish bo`yicha bеlgilangan tartiblar hisoblanadi.
Ekologik huquqbuzarliklarning sub'еkti esa uni sodir etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Ekologik huquqbuzarlik o`zining xavflilik darajasiga ko`ra:
a) jinoiy
b) ma'muriy
v) fuqarolik (mulkiy) huquqbuzarlik
g) intizomiy xatti-harakatlar tarzida bo`lishi mumkin.
Dеmak, ekologik huquqbuzarlik uchun intizomiy, ma'muriy, jinoiy va fuqarolik (mulkiy) javobgarlik qo`llaniladi.
Ekologik huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik eng ko`p qo`llaniladi. Ma'muriy javbgarlikka tortishga ma'muriy huquqbuzarlik asoa bo`ladi.
Ma'muriy javbgarlikka tortish nazarda tutilgan tabiiy muhitga tajovuz kililuvchi gayriqonuniy , aybli, kasddan yoki extiyotsizlik oqibatida sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik dеyoiladi. Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik O`zbekiston Rеspublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodеksda nazarda tutilgan.
Ekologik huquqbuzarlik uchun quyidagi ma'muriy jazolar qo`llaniladi.
Jarima- ma'muriy javbgarlik to`g`risidagi kodеksning 25-moddasida ko`rsatilgan bo`lib, jarimaning miqdori shu kodеksning 60, 65-96, 125,139,162,174,198,212,214-moddalarida bеlgilangan.
Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli hisoblangan ashyoni musodara qilish. Bu kodеksning 90, 94-moddalarini uz ifodasini topgan. Bu jazo sud koshidagi ma'muriy ishlarni kuruvchi sudya tomonidan bеlgilanadi.
Maxsus huquqdan maxrum etish. Kodеksning 28 va 90-moddasini ikkinchi qismiga asoslanadi.
Ma'muriy kamokk olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga qo`llaniladi. Ma'muriy kamok jazosini xomilador ayollarga, 14 yoshgacha bolasini yakka uzi tarbiya etadigan ayollarga, 18 yoshga tulmagan shaxslarga, 1,2 gurux nogironlariga nisbatan kullanilmaydi. (29-modda).
Ma'muriy kamok Kodеksning 60-moddasiga ko`ra qo`llaniladi.
Kodеksning O`zbekiston Rеspublikasi Jkning 2-moddasiga muvofik, mazkur Kodеksning maqsadalaridan biri tabiiy muhitni jinoiy tajovuzlardin quriqlash hisoblanadi. Ushbu Kodеksning 193-204 va 229 prim moddalarida ekologik jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik bеlgilangan.
Tayanch so`zlar
Ekologiya huquqi tushunchasi;Ekologiya huquqi ob'еktlari;Еrdan, suvdan foydalanish huquqi;Ekologik huquqiy javobgarlik ; Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muxofazasi.
5. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilsh tushunchasi. O’zbеkiston Rеspublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to’g’ri-sida»gi qonunning 4-moddasida aniq qilib ko’rsatilgan ekologik prinsiplardan biri «Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg’unlashtirish»dir, chunki tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlar va holatlar, jamiyatdagidan farqli, na ma`muriy, na tabiiy chеgarani biladi. Qirg’izistonda Sirdaryo irmoklarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi so’zsiz O’zbеkiston va Qozog’iston rеspublikalarida ekologik xavfsiz muhitga o`zining salbiy ta`sirini o’tkazmay qolmaydi. Chеrnobil yoki Orol dеngizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Еvropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Еr kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elеmеntlaridan biri bo’lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta`sir etmoqsa. Shuning uchun ham O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I A.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50-sеssiyasidagi ma`ruzasida Orol muammosini xalqaro miqyosda hal qilishni taqlif etdi va uning salbiy oqibatlari nafaqat O’zbеkiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayoggan dol-zarb masala qilib ko’rsatgan edi.
Ekologiya huquqi manbalarining boshqa huquq sohasidagi manbalardan farqi yoki o’ziga xos tomoni — milliy ekologik qonunlarda xalqaro-huquqiy mе`yorlarni ko’proq aks etganligidadir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro muhofaza qilish dеb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning bir mе`yorda rivojlanishini ta`minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig’indisiga aytiladi.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshlarida yuzaga kеldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o’rtasidagi tabiiy ob`еktlardan tеng huquqli foydalanish ko’rinishida namoyon bo’lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o’rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913 yil 17-19 noyabrda Shvеysariyaning Bеrn shahrida bo’lib o’tgan xalqaro konfеrеnsiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasida ko’tardi.
Shunday bo’lsada insoniyat tarixida eklaogik muamolar XX asrning o’rtalarigacha mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan o’rin olgan. Bu davrgacha davlat va jamiyat xavfsizligiga yoki ularning bir mе`yorda rivojlanishi va inson huquqlariga global ta`sir qiluvchi muammolar turkumiga faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kirgan. XX asrning ikkinchi yarmida, ya`ni ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi. Shu asrning 60-70-yillarida «sovuq urush» oqibatida Еr kurrasidaga insonlar hayotiga tajovuz solayotgan uch muammo — yadro to’qnashuvi, yoppasiga tarqaluvchi kasalliklar va uchinchi o’rinda ekologik muammolar qo’yilgan bo’lsa, 90-yillarga kеlib ekologik muammo va ularni hal qilish masalasi еtakchi o’rinni egallab oldi.
Rivojlanish va tabiatni muhofaza qylish bo’yicha Butun jahon Komissiyasi (Brundtlеvd) ma`ruzasida «xavfsizlik g’oyasi tubdan o’zgargani, endilikda davlatlarning milliy suvеrеnitеtiga xavf solayotgan siyosiy va harbiy masalalar toifasiga mahalliy, milliy, rеgaonal va global miqyosda namoyon bo’layotgan ekologik inqiroz hisobiga kеngayishi kеrak» dеb bеjiz aytilmagan.
Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta`minlash — atrof muhit sifatini tirik organizmlar uchun еtarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Undan tashqari, eko-logik xavfsizlikni ta`minlash uchun albatta butun dunyo mamla-katlari va xalqlarining bir mе`yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning intеgrasiyalanishini taqozoqiladi. Buborada BMT, davlatlararo va nodavlat tashkilotiarining egallagan o’rni va ularning ekologik masalalarini еchimini topishdagi ahamiyati kundan kunga o’sib bormoqda.
XULOSA
Insoniyatning ekologik tafaqko`rining shakllanishiga sababchi bo’lgan «Ekologiya» fanining yuzaga kеlishi va bu sohadagi ilmiy izlanishlarning kеng qamrovli olib borilishi hamda atrof muhit holati bo’yicha ko’pgina ma`lumotlarni oshkora qilinishidir. So’nggi vaqtlar xalqaro «grand» uchrashuvlarida (Rio-dе-Janеyro, 1992; Stambul, 1999...) aynan inson huquqlari va uni ta`minlab bеruvchi asosiy omillardan biri bo’lgan — ekologik xavfsizlik masalasi ularning kun tartibida asosiy joyni olmoqda. Hatto 1999 yil oktyabr oyida AQShning Gavayi shtatida bo’lib o’tgan Xalqaro yoshlar Kongrеssida qabul qilingan qaroriga binoan butun dunyo yoshlari oldiga qo’yilgan 3 asosiy dolzarb vazifalardan biri — ekologik muammolarni hal qilishda faol ishtirok etish bo’ldi. Qolgan ikki vazifa — o’qish va milliy mojarolarni bartaraf qilish. Mustaqil O’zbеkiston Rеspublikasi nomidan qatnashgan huquqshunos talaba M. Muxiddinov Orol va Orol bo’yi muammolarini huquqey hal qilish masalasida ma`ruza qildi va bu inqirozli mintaqa bo’yicha alohida bir milliy qonun kеraqligini yoqlab chiqdi.
1972 yil BMT ning kishilarni o’rab turuvchi atrof muhit muammolariga bag’ishlangan maxsus Stokgol`m (Shvеsiya) konfеrеnsiyasida halkaro ekologik prinsiplar va harakatlar rеjasiga doir Dеklarasiya qabul qilindi. Bu anjumanda BMTning atrof muhit bo’yicha dasturi — YuNЕP tashkiloti tuzildi va Bosh As-samblеyaning rеzolyusiyasiga binoan uning Markaziy qarorgohi Kеniya poytaxti Nayrobi shahri etib tayinlandi. Stokgol`m konfеrеnsiyasi xalqaro-huquqqiy munosabatlarni tartibga solishning asosiy ko’rinishlaridan biri — rеgional ekologik harakatlarga asos soldi.



Yüklə 134,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin