INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
June , 2022 Boston, USA
173
ELEKTR ENERGIYANI NAZORATI VA HISOBINING
AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI (ENHAT).
Abduraxmonov Aziz Mahmud òģli
Termiz Muhandislik-Texnologiya instituti talabasi
99 424 14 77
Tadqiqot maqsadi:
Iste’molchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr
energiyasi bilan ta’minlab, uni nazorat qilish va hisoblashni avtomatlashtirib
beruvchi elektr ta’minot tizimini o‘rganishdir.
Mavzuning dolzarbligi:
Elektr ta’minotida energiya
nazoratini avtomatik
qurish yo‘llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunalarni to‘g‘ri tanlash masalalarini,
elektr ta’minot tizimida ENHAT masalalarini talablarini o‘zlashtirishidir.
Tadqiqot
mazmuni:
Energiya
resurslarining
rivojlangan
savdosi
ma’lumotlarni o‘lchash, yig‘ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini
minimumga olib keladigan va energiya resurslarini
yetkazib beruvchi tomonidan
ham, iste’molchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli,
aniq va ixcham
moslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimli energiyani hisoblashdan foydalanishga
asoslangan tizimlarni tadbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda iste’molchilar
hamda ta’minotchi korxonalar o‘z obyektlarida ENHATni tashkil qiladilar.
ENHAT bu – nazorat-o‘lchov
qurilmalari, aloqa kommunikatsiyalari
(ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i), EHM va dasturiy ta’minot (DT) dan tashkil topgan
energiya iste’moli jarayonini avtomatik boshqarish va
avtomatik hisobga olishni
tashkil etish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuidir. ENHAT
quyidagilarga imkon beradi:
-Elektr energiyasi bozori subyektlari bilan ma’lumotlar almashinuvini
avtomatlashtirish;
-Elektr energiyasi bozori subyektlari va iste’molchilari bilan hisobkitoblarni
avtomatlashtirish;