Elektr induksiya (siljish) vektori va oqimi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/3
tarix07.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#94477
  1   2   3
fizika induksiya

Elektr induksiya (siljish) vektori va oqimi.

Elbek Hamdullayev

Elektr induksiya haqida

  • Elektromagnit induksiya — magint maydonida harakatlanuvchi oʻtkazgichda yoki berk kontur oʻrab turgan sirt orqali oʻtuvchi magnit induksiya oqimi o'zgarganda konturda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo'lish hodisasi. M. Faradey kashf qilgan (1833). Elektromagnit induksiyaning xususiy holi oʻzaro induksiya va oʻzinduksiya. Elektromagnit induksiya hodisasidan elektrotexnikada, xususan, generatorlar, transformatorlar va boshqalarda foydalaniladi.
  • Oddiy elektromagnit tebranishlarni kondensator va induktiv g‘altakdan iborat bo‘lgan elektr zanjirida hosil qilish mumkin. Kondensator, induktiv g‘altak, o‘zgarmas tok manbayi va uzib-ulagichdan iborat elektr zanjirini tuzaylik. Bunda soddalashtirish uchun zanjirning elektr qarshiligini hisobga olmaymiz. Uzib-ulagich chap tomonga ulanganda С kondensator qoplamalari batareyadan zaryadlanib oladi. Bunda kondensator qoplamalari orasida energiyasi maksimal bo‘lgan We = elektr maydon hosil bo‘ladi. So‘ngra uzib-ulagichni o‘ng tomonga ulaymiz, bu holda zaryadlangan kondensator L g‘altak bilan ulanadi.

Elektr induksiya haqida

Keyingi boradigan jarayonni batafsilroq qaraylik.

Kondensatorning yuqorigi qoplamasi musbat, pastki qoplamasi manfiy ishorada zaryadlangan bo‘lganligidan tok manbayi bo‘lib qoladi (1-holat). Natijada kondensatorning musbat qoplamasidan, induktiv g‘altak orqali man- 43 fiy qoplamasiga tomon zaryadlar ko‘chishi, ya’ni tok vujudga keladi. Bu tok atrofida magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu tok, g‘altakning induktivligi tufayli asta-sekin ortib, o‘zining maksimal qiymatiga erishadi (rasmdagi grafikni qarang). G‘altakdan o‘tayotgan tok atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon ham o‘suvchi bo‘ladi (2-holat). Bu holda kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon energiyasi nolgacha kamayadi.


G‘altak atrofidagi magnit maydon energiyasi ortib borib, o‘zining maksimal Wm = qiymatiga erishadi. Oldingi mavzulardan ma’lumki, elektromagnit induksiya hodisasiga ko‘ra, o‘zgaruvchan magnit maydonda joylashgan g‘altakda induksion kuchlanish vujudga keladi. Ток kuchi kamaya borib, induksion kuchlanish kondensatorni avvalgisiga nisbatan teskari ishorada zaryadlaydi (3-holat). Zaryadlangan kondensator yana induktiv g‘altak orqali tok hosil qiladi (4-holat). Bu tok ham o‘suvchi bo‘lib, uning hosil qilgan magnit maydoni g‘altakda induksion kuchlanish hosil qiladi. Tok kamaya borib, induksion kuchlanish, kondensatorni qayta zaryadlaydi (5-holat). 5-holat va 1-holatlarda kondensator zaryadi ishoralari bir xil. Demak, keyingi jarayonlar oldingidek ketma-ketlikda davom etadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin