Elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari reja



Yüklə 32,38 Kb.
səhifə1/7
tarix25.03.2023
ölçüsü32,38 Kb.
#89991
  1   2   3   4   5   6   7
Elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari reja


ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


REJA:


1.Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
2.Pedagogik dasturiy vositalar.
3. Pedagogik faoliyatda amaliy va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish

1.Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitish uchun birgina kompyuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor va boshqalar bajargan funksiyalarni kompyuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qayerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz.

  • Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videoko‘z, videokamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.

  • Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;

  • uskunaviy dasturiy ta’minot;

  • virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.;

  • axborotlar majmui-ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;

  • texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdanma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va x.k.).


Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda:
-o‘rganish obyekti sifatida;
-o‘qitishning texnik vositalari sifatida;
-ta’limni boshqarishda;
-ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda
Аxborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir.

Yüklə 32,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin