Internet elektron pochta xizmatiga ega. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus dastur bulib, uning yordamida Siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga turli xat, xujjat, va umuman ixtiyoriy faylni junatishingiz va olishingiz mumkin. Eng asosiysi ma'lumot bir necha dakikada etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun Siz maxsus pochta tarmogi yoki Internet tarmogiga boglangan bulishingiz zarur va elektron adresga ega bulishingiz kerak. Elektron adresni provayder ochadi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ulardan foydalanib, uzingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Bu - www.hotmail.com, www.usa.net, www.yahoo.com. Bu saxifalarga kirib anketa savollariga javob berib, adres ochishingiz mumkin.
E - mail adres formati
Elektron adres kuyidagi formatga ega:
Masalan, malika@mrc.freenet.uz
Demak, malika - adres egasi ismi, mrc - tashkilot nomi, freenet - Internet - provayder nomi, uz - davlat nomi.
Xatni yuborish uchun manzilni, mavzuni va uz manzilingizni kursatishingiz zarur. Elektron pochta orkali matn, grafik, audio, video, rasmli xujjat va fayllarni yuborish mumkin.
Elektron pochta dasturi bilan ishlash
Outlook Express dastursi bilan tanishamiz. Bu dastur bilan ishlash juda oson va kulay. Dasturni ishga tushirish uchun dastur belgisida sichqoncha tugmachasini 2 marta chertasiz va ekranda quyidagi darcha hosil bo’ladi.
Darchaning yuqori qismida menyu komandalari keltiriladi. Keyingi satrda asboblar paneli tugmachalari joylashgan. Elektron pochta bilan ishlashda asboblar paneli tugmachalaridan foydalanish juda qulay. Shuning uchun quyida asosiy tugmachalarning tafsifini keltiramiz.