Reja: Adres (manzil) operatori



Yüklə 51,35 Kb.
səhifə1/8
tarix24.05.2023
ölçüsü51,35 Kb.
#121326
  1   2   3   4   5   6   7   8
8 mavzu (1)


9-mavzu. Satriy kattaliklar bilan ishlash
Reja:
1. Adres (manzil) operatori.
2. Jo'natish operatori.
3. Ko'rsatkich tipidagi o'zgaruvchilami e’lon qilish.
4. Ko'rsatkichga boshlang‘ich qiymat berish.
5. Ko'rsatkichlar va adres oluvchi o'zgaruvchilar funksiya parametri sifatida.
Kalit so’zlar:, ro’yxat, manzil, nolinchi ko’rchsatkich, tugun, adres olish &, bo’shatish, ko’rsatkich, virtual destruktor, xotira, xotira chiqishi, destruktor, toifani o’zlashtirish, resurslar chiqishi, a’zo destruktori.

Ko‘rsatkichga boshlang‘ich qiymat berish
Programma matnida o‘zgaruvchi e’lon qilinganda, kompilyator o‘zgaruvchiga xotiradan joy ajratadi. Boshqacha aytganda, programma kodi xotiraga yuklanganda berilganlar uchun, ular joylashadigan segmentning boshiga nisbatan siljishini, ya’ni nisbiy adresini aniqlaydi va ob’ekt kod hosil qilishda o‘zgaruvchi uchragan joyga uning adresini joylashtiradi.
Umuman olganda, programmadagi o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar, funksiyalar va sinf ob’ektlar adreslarini xotiraning alohida joyida saqlash va ular ustidan amallar bajarish mumkin. Qiymat-lari adres bo‘lgan o‘zgaruvchilarga ko‘rsatkich o‘zgaruvchilar deyiladi.
Ko‘rsatkich uch xil turda bo‘lishi mumkin:

  • birorta ob’ektga, xususan o‘zgaruvchiga ko‘rsatkich;

  • funksiyaga ko‘rsatkich;

  • void ko‘rsatkich.

Ko‘rsatkichning bu xususiyatlari uning qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlarida farqlanadi.
Ko‘rsatkich albatta birorta turga bog‘langan bo‘lishi kerak, ya’ni u ko‘rsatgan adresda qandaydir qiymat joylanishi mumkin va bu qiymatning xotirada qancha joy egallashi oldindan ma’lum bo‘lishi shart.
Funksiyaga ko‘rsatkich. Funksiyaga ko‘rsatkich programma joy-lashgan xotiradagi funksiya kodining boshlang‘ich adresini ko‘rsa-tadi, ya’ni funksiya chaqirilganda boshqaruv ayni shu adresga uzatila-di. Ko‘rsatkich orqali funksiyani oddiy yoki vositali chaqirish amalga oshirish mumkin. Bunda funksiya uning nomi bo‘yicha emas, balki funksiyaga ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchi orqali chaqiriladi. Funksiyani boshqa funksiyaga argument sifatida uzatish ham funksiya ko‘rsatkichi orqali bajariladi. Funksiyaga ko‘rsatkichning yozilish sintaksisi quyidagicha:
(* ) (
);
Bunda - funksiya qaytaruvchi qiymat turi; * - ko‘rsatkich o‘zgaruvchining nomi;
- funksiya parametr-larining yoki ularning turlarining ro‘yxati.
Masalan:

Yüklə 51,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin