ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
1-laboratoriya ishi: Universal laboratoriya stenti bilan tanishish.
Laboratoriya ishini bajarishda quyidagi komponentlardan foydalaniladi:
sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori;
kalit;
voltmetr va ampermetr;
vaqt relesi;
ossillograf;
rezistorlar;
tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori.
Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori (3-rasm) uchta chiqishga ega: umumiy (yer), musbat (+), manfiy (-).
1.1-rasm. Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generator
Generatorning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilsa uning oynasi ochiladi (1.2-rasm).
1.2-rasm. Kuchlanishlar generatorining oynasi
Ochilgan oynaning yuqori qismida kerakli shakldagi signalning tasviri bosiladi va uning quyidagi parametrlari o‘rnatiladi:
Chastota Frequency maydonida Hz, kHz yoki MHz larda o‘rnatiladi;
Signal shaklining simmetrikligi Duty cycle parametri orqali beriladi;
Signal o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining amplitudasi μV, mV, V yoki kV larda Amplitude maydonida ko‘rsatiladi;
Agar zarur bo‘lsa signal o‘zgarmas tashkil etuvchisining amplitudasi Offse maydonida ko‘rsatiladi.
Kalitning tasviri 1.3-rasmda ko‘rsatilgan.
1.3-rasm. Kalit
Kalitni almashtirib ulash uchun kvadrat qavs ichida ko‘rsatilgan klavisha bosiladi, masalan [probel].
Voltmetr va ampermetr 1.4-rasmda ko‘rsatilgan. Ularning ichki qarshiliklari xossalarida beriladi.
1.4-rasm. Voltmetr va ampermetr
Vaqt relesi (1.5-rasm) ulanish vaqti (on) va uzilish vaqti (off) parametrlariga ega.
1.5-rasm. Vaqt relesi
Ossillograf (1.6-rasm) ikkita kanalga va to‘rtta kirishga ega.
1.6-rasm. Ossillograf
Uning kirishlari quyidagilar:
Ossillografning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilganda uning oynasi hosil bo‘ladi (1.7-rasm).
1.7-rasm. Ossillografning oynasi
Oynadagi Expend tugmasini bosish yo‘li ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishga o‘tkazish mumkin (1.8-rasm).
1.8-rasm. Ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishdagi oynasi
Ossillografning Time base qismida uning ishlash rejimini beruvchi Y/T, B/A, A/B ulab-uzgichlar joylashgan. Y/T rejimida kirishlar A va B, abssissa o‘qi vaqt bo‘ladi, vaqtning qadami beriladi. B/A yoki A/B rejimida ossillografning og‘diruvchi plastinalariga A va V kirish kanallaridan kuchlanish beriladi.
Kuchlanish bo‘yicha masshtablar Channel A va Channel V sohalarida o‘rnatiladi. Pastda kirish ulab-uzgichlari AC(o‘zgaruvchan) / 0(nol) / DC(o‘zgarmas) joylashgan.
Bir omli rezistorlar (1.9-rasm) sxema tarmoqlarida qiymati tokka teng bo‘lgan kuchlanish olish uchun ishlatiladi.
1.9-rasm. Bir omli qarshilik
Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori (1.9-rasm) qiymati tokka teng yoki proporsional bo‘lgan kuchlanish olish uchun foydalaniladi. Bunda, bir omli qarshilikdan farqli ravishda tadqiq qilinayotgan zanjirga qo‘shimcha qarshilik kiritilmaydi.
1.9-rasm. Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generator
1.2.Laboratoriyani bajarish uchun topshiriq.
1. Electronics Workbench dasturini o’rnatishni o’rganish.
2. Electronics Workbench dasturining komponentlarini o’rganish menyular qatori bilan ketma-ketlikda tanishish.
3. Electronics Workbench dasturida sodda elektr zanjirini tuzish.
4. Electronics Workbench dasturida tuzilgan elektr zanjirida natija olish va uni jadvalga kiritish.
Dostları ilə paylaş: |