E’lon! 2020-yil 13-mart, 1-smena, 2-juftlikda, soat 10-30 da chxt fakultetida 2-kurs 201-202-203 guruhlarda (1-zalda) S. A. Djumayevaning “Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi
soat 10-30 da CHXT fakultetida
2-kurs 201-202-203 guruhlarda
(1-zalda)
S.A.Djumayevaning
“Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg’uloti bo’lib o’tadi.
5. “Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati” mavzusidagi ma’lumotli ma’ruza ta’lim texnologiyasi modeli
Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s
Talabalar soni – 80-90 ta
O’quv mashg’ulotining shakli
Ma’lumotli ma’ruza
Mashg’ulotning rejasi
Pedagogik texnika haqida tushuncha.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari.
Nutq haqida tushuncha. Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni.
Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika.
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari.
O’quv mashg’ulotining maqsadi
Talabalarda pedagogik texnika, nutq texnikasi va madaniyati haqida aniq nuqtai nazarni qaror toptirish.
Pedagogik vazifalar: - pedagogik texnika tushunchasi mohiyatini aniqlashtirish;
- pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga tavsif berish;
- o’qituvchining pedagogik texni-kasini shakllantirish yo’llarini yo’llarini ko’rsatib berish;
- nutq tushunchashi va nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rnini izohlash;
- nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmikani tushuntirish;
- o’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llarini bayon etish.