E`lon, ariza, tilxat, ma’lumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish.
Hujjatning har bir turi (qaror, farmoyish, buyruq va boshqalar) o`z mohiyati va vazifasidan kelib chiqib, yuqoridagi rekvizitlarning muayyan qismi majmuiga hamda ularni joylashtirish standart tartibiga egadirki,bular haqida biz ushbu qo`llanmada o`sha hujjatlar ustida fikr yuritganda alohida to`xtab o`tamiz. Darhaqiqat, yuqorida qayd etilgan ba`zi rekvizitlar bir-birini istesno etadi, muayyan hujjatning tarkibiy qismiga ayni vaqtda kirmaydi. (Masalan, “Hujjatni oluvchi’’ va “Tasdiqlash ustxati’’ rekvizitlari bir vaqtda foydalanilmaydi.)
Shu bilan birgalikda, ayrim rekvizitlar, turidan qat`iy nazar,har bir hujjat uchun, albatta, bo`lishi shart. Bunday rekvizitlarning muayyan hujjatda bo`lmasligi uni huquqiy kuchdan mahrum etadi. Hujjat blankasi tarkibiga kiradigan doimiy rekvizitlar hujjatda bo`lishi shart bo`lgan majburiy qismlardir. Bunday qismlar qog`ozning standart varag`iga oldindan kiritilib, osmaxona usuli bilan yoki maxsus shtamp yordamida ko`paytiriladi.Bunday qog`ozlar blanka- bosma ish qog`ozi deyiladi.

Hujjatlarning asosiy rekvizitlari Har qanday hujjat o`zining zaruriy qism va joylashish tartibiga ega.Hamma hujjatlar ham barcha rekvizitlarni qamrab olmaydi.Ularda manzil – ma`lumotlar to`liq beriladi: - adress; -indeks; -telefon,faks,email; -hisob-kitob nomeri. Faqatgina moliyaviy hujjatlarda hisob-kitob raqamlari ko`rsatiladi,sana faqat arab raqamlarida qo`yiladi. Hujjat muhr bilan tasdiqlanadi: