Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari



Yüklə 25,73 Kb.
səhifə1/6
tarix22.06.2023
ölçüsü25,73 Kb.
#133959
  1   2   3   4   5   6
Buyrak


Buyrak


Reja



  1. Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari.

  2. Gipofiz.

  3. Epifizning endokrin faoliyati.

  4. Qalqonsimon bez.



Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari.
Organizmdagi barcha bezlar sekretsiya xiliga qarab katta ikki guruhga: tashqi sekretsiya bezlari, ya'ni ekzokrin bezlar va ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlarga bo'linadi.
Tashqi sekretsiya bezlari deb mustaqil chiqaruv yo'llari bo'lgan, o'zida hosil bo'ladigan suyuqliklar, shiralarni tana yuziga, ovqat hazm qilish kanali, siydik-tanosil yo'llariga yoki tashqi muhit bilan tutashgan boshqa bo'shliqlarga ajratadigan bezlarga aytiladi. Ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlar deyilganda esa mustaqil chiqaruv yo'llari bo'lmagan bezlar tushuniladi
Gormonlar ta'siri uch xil yo'nalishda amalga oshadi:
Birinchidan, ularning ba'zilari to'qimalardagi moddalar almashinuviga ta'sir ko'rsatsa,
Ikkinchidan, organizmning shakllanishiga, metamorfozga, to'qima va organlar ixtisoslashishining jadallashuviga ta'sir ko'satadi.
Uchinchi xillari esa, organlar yoxud organizm faoliyatini o'zgartiradi.


Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari.

Endokrin bezlar faoliyatini o'rganishda keng foydalaniladigan usullar quyidagilardir:



  1. Eksterpatsiya - operatsiya qilib, tegishli endokrin bezini olib tashlash va shundan keyin organizmda ro'y beradigan o'zgarishlarni kuzatish.

  2. Transplantatsiya - endokrin bezini ko'chirib o'tkazish (auto, gomo va getero transplantatsiya).

  3. Tegishli gormonni yoki endokrin bezdan tayyorlangan ekstraktlarni organizmga yuborib, kuzatiladigan o'zgarishlarni o'rganish.

  4. Parabioz - ikki organizm o'rtasida biologik uzviylik hosil qilish.

  5. O'rganilayotgan bezga oqib kelayotgan va undan oqib chiqayotgan qonning fizologik faolligini aniqlab, bir-biriga taqqoslab ko'rish yoki angiostamiya usuli.

  6. Radiofaol izotoplar usuli - bu usul yordamida turli gormonlarning organizmda sintezlanishini, almashishini o'rgansa bo'ladi.


Yüklə 25,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin