Energiyani hisobga olish energiya tejamkorligi uchun vosita. Ko'p ta'rifli zonaga o'tish. Elektr energiya sifatini nazorat qilish. Reja: Energiyani hisobga olish energiya tejamkorligi uchun vosita.
Elektr energiya sifatini nazorat qilish.
Elektr iste'molini optimallashtirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Energiyani hisobga olish energiya tejamkorligi uchun vosita.
Jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlari mehnatning energiya bilan ta’minlanish darajasininng tinmay o‘sib borishini taqozoqiladi. Bunda texnik taraqqiyotning ko‘pgina yo'nalishlari ishlab chiqarishda energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirishga, ya’ni energiya tejamkorligiga qaratilgandir [1 — 15].
Ishlab chiqarishda energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishni amalga oshirish, odatda ikki yo‘nalishda olib boriladi.
Birinchi yo‘naIish – ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan energiya miqdori qiymatini kamaytirish, ya’ni organik va yadro yoqilg'i, elektr va issiqlik energiyalarini iqtisod qilishdan iboratdir. Buning uchun quyidagilami amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-texnologik va ishlab chiqarish intizomini yuqori darajagako‘tarish va energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish;
- issiqlik va elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, o‘zgartirish, saqlash va iste’molchilarga tarqatiishdagi sodir bo‘ladigan isrofgarchiliklami kamaytirish;
- asosiy energetik va texnologik qurilma va majmualami yangilash, qayta qurish va zamonaviy energiya tejamkor bo‘lgan qurilma va majmualar bilan almashtirish;
- sanoatning kam energiya sarf bo‘ladigan tarmoqlarini rivojlantirish, mashinasozlik mahsulotlari sifatini hamda ishlash muddatlarini oshirish, materiallar sarfini kamaytirish, energiya tejamkorligiga qaratilgan ishlab chiqarishning ichki boshqaruv tizimlarini takomillashtirish.