Ikkinchi yo'nalish – energetika sohasi ishlab chiqarish tizimlarining o‘zini va energetika balansini takomillashtirish, ish unumdorligini oshirish, shuningdek qimmat va noyob. Materiallaming o‘rnini bosadigan, nisbatan arzon va noyob bo‘lmagan materiallar bilan almashtirish natijasida energetika xo'jaliklarida iqtisodiy samaradorlikka erishish. Qo'shimcha energoresurslardan foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati, ishonchliligi va ishlash muddatining oshishi yoki iste'molchilaming talablarini qondiradigan yangi mahsulotlami ishlab chiqarishni yo'lga qo‘yish, mehnat muhofazasi va ish sharoitlarini yaxshilash, insonlaming turmushini yaxshilash va ekologik muhitga boMadigan salbiy ta'sirlami kamaytirish kabi natijalarga intilib, iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun zamr bo‘lgan harakatlar ham shu yo‘nalishga kiradi. Iqtisodiy samaradorlik qilinadigan sarflardan yuqori bo‘lgan holdagina bunday sa’yi harakatlar energiya tejamkorlik yoki resurs tejamkorlik xarakteriga ega bo'ladi.
Elektr energiya sifatini nazorat qilish.
Elektr energiya xar xil ishlab chiqarish jarayonlariga kerak bo„ladigan maxsus ko„rinishli mahsulot sifatida baho berilishi bilan xarakterlanadi.
Zamonaviy sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni ko„tarishga intilish shuningdek texnologik jarayonlarni murakkablanishi asosan rostlanuvchi ventili o„zgartgichlar, katta quvvatli yoyli pechlar va payvandlash qurilmalarini ishlatish bilan bog„langan. Ushbu iste‟molchilarni ishlashini harakterli tomoni, ularni ta‟minlovchi tarmoqlar elektr energiyasini sifatiga ta‟siridir. O„z navbatida elektr uskunalarni me‟yoriy ishlashi ta‟minlovchi tizim elektr energiyasini sifatiga bog„liq bo„ladi.
Elektr energiya iste‟molchilari o„zlariga yuklatilgan vazifalarni ma‟lum bir sharoitlardagina to„la-to„kis bajarishlari mumkin. Bunday sharoitlarni belgilovchi parametrlar elektr energiya sifati deb yuritiladi. Sifat belgilarining istalgan tomonga og„ishi energiyadan to‟liq foydalanmaslik sabab bo„ladi. SHuningdek, elektr qurilmalari va jihozlardan to‟liq foydalanmaslikka va ishlab chiqarilayotgan mahsulot kamaishiga olib keladi.
Elektr energiya sifat ko„rsatkichlarini me‟yorlash elektr energiya sifatini asosiy masalalaridan hisoblanadi. Elektr energiyaning sifat ko„rsatkichlari(ESK) tizimi amaldagi kuchlanish qiymatlarini sekin(og„ish) va tez(tebranish), uning shakli va uch fazali tizim simmetriyasi, shuningdek chastota o„zgarishini miqdoriy tavsiflarini tashkil etadi. Korxona energetika xizmati xodimlari amaliyotda kam uchraydigan mustaqil manbadan tashqari tarmoq chastotasining darajasiga ta‟sir eta olmaydi. Shuning uchun faqat kuchlanishga tegishli energiya sifati(ES) masalalari ko„rib chiqiladi. Kuchlanish bo„yicha ESK ni me‟yorlash prinsipi texnik-iqtisodiy asosga tayanadi va quyidagilarni tashkil etadi:
Kuchlanish bo„yicha ESK energetik ma‟noga ega, ya‟ni quvvat (energiya), kuchlanish egri chizig„ini buzilishi, buzilgan energiyani elektr uskunalarga salbiy ta‟siri darajasi va texnologik jarayonlar ESK qiymatlari bilan o„lchanadi;
ESKni ruxsat etilgan chegeraviy qiymatlari texnik-iqtisodiy mulohazalardan aniqlanadi;
Aniq va taqqoslangan qiymatlarni olish uchun ESK vaqtni ma‟lum intervali oralig„ida berilgan ehtimollik bilan me‟yorlanadi;
ESKni ruxsat etilgan elektr iste‟molchilarini(EI) qisqichlarida va elektr tarmog„i tugunlarida ko„rsatiladi.