SIRTQI BO’LIM MENEJMENT YO’NALISHI 5 - KURS 695 – 19 – GURUH TALABASI ERGASHEV RUSTAMBEKNING QURULISHNI TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISH FANIDAN NAZORAT ISHI
I BOB Mulkchilik shakllari bo’yicha qurulish ishlari…….6 II BOB Xususiy mulkchilikning tashkiliy shakllari………..9
XULOSA……………………………………………………13
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………..14
MAVZU: QURULISHDA MULKCHILIKNING TASHKILIY SHAKLLARI KIRISH Hozirgi vaqtda mamlakatda qurilish tashkilotlari bo‘yicha muayyan atamashunoslik qaror topmagan. Tavsiflari quyida keltirilgan, xo‘jalik sub’yektlarining yangi nomlanishlari bilan bir qatorda, garchi ularning tashkiliy, xo‘jalik va huquqiy mazmun–mohiyati tubdan o‘zgartirilgan bo‘lsada, qurilish korxonalarining oldingi nomanishlaridan (QB, trest, bosh boshqarma va h.k.) ham foydalanish qayd qilinadi. Ushbu o‘rinda mavjud joriy amaliyotni hisobga olgan holda va bayon qilishni qulaylashtirish uchun zaruriy izohlar bilan birga turli atamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, xorijiy amaliyot tajribasi asosida firma va kompaniya kabi atamalar hayotimizga kirib keldi. Firma va kompaniya tushunchalariga oid bir nechta ta’rif va izohlardan kelib chiqib, keyingi o‘rinlarda firma tushunchasi xususiy korxonaning har qanday shaklini ifodalaydigan universal atama sifatida qabul qilingan.