Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish,ularni amal qilishi va rivojlanish jarayonlarni boshqarish.
REJA:
Erkin iktisodiy zonalarning mazmuni, tamoyillari va tuzilish sabablari.
Erkin iktisodiy zonalarning turlari.
Erkin bozorni tashkil etuvchi elementlari.
Erkin iqtisodiy zonalarning turli mamlakatlardagi tajribasi
Erkin iktisodiy zonalarning mazmuni, tamoyillari va tuzilish sabablari.
Jaxon tajribasi va amaliyotida xar bir mamalakatning o‘z milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba va an’analari mavjud. Hozirda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etishiga asos bo‘lgan usullardan biri bu mamlakatda ma’lum bir xududni yoki butun bir kichik mamlkatlar o‘z iqtisodiyotini erkin iqtisodiy makonga aylantirib rivojlanish sari qadam qo‘yganlar.
Erkin iqtisodiy makonlarni asosan muayyan bir davlatning ma’lum bir mintaqasi yoki alohida bir hududida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ammo hududi va ma’muriy boshqaruv tizimi uncha katta bo‘lmagan alohida davlatlarning butun iqtisodiyoti erkin iqtisodiy makonlarga aylantirilgan hollar ham uchrab turadi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishdan asosiy maqsad qisqa muddatlarda mamlakatni rivojlangan jahon hamjamiyati a’zolari qatoriga qo‘shish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirishdan iborat.
Ushbu makonlarning tashkiliy tuzilishi va nomlanishi turlicha bo‘lsada, ularni tashkil etishdan asosiy maqsad imkon qadar xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga mavjud iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish orqali aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Tarixiy manbalar dalolat berishicha, erkin bojxona va tovarlarning tranzit makonlari bundan bir necha asr oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, ular davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda keng qo‘llanilgan. Masalan, SHarq va Evropani bevosita savdo orqali bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lini bojxona va mahsulotlarni tranzit qilish erkin makoniga misol bo‘la oladi.
Erkin iqtisodiy makonlarning qaror topishini tavsiflovchi belgilar orasida quyidagi omillar alohida o‘rin tutadi:
investor uchun hududning iqtisodiy jug‘rofiy holati juda qulay bo‘lishi shart;
kamida mintaqaviy ahamiyat kasb etuvchi magistral yo‘llarning kesishgan joylari bo‘lishi lozim;
dengiz va daryo portlariga yaqin bo‘lishlari kerak;
aeroportlar xalqaro maqom olgan bo‘lishlari lozim.
Erkin iqtisodiy makonlarda ma’muriy boshqaruv tizimi alohida bir maxsus maqomga ega bo‘lib, investorlar xom ashyo va materiallarni import qilish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonida bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilinadi yoki makonning ma’muriy boshqaruv organlarini moliyalashtirishga etarli darajadagi imtiyozli soliq to‘lovlari o‘rnatiladi. Investorlarning mulkka egalik qilish huquqi kengayadi va ularga keng ko‘lamli soliq ta’tillari taqdim etilishi bilan birga, bojxona nazorati minimal darajaga tushiriladi.
Dunyo tajribasida har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bir nechga ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy makonlar mavjud bo‘lib, ularning tarkibi quyidagilardan iborat:
Erkin savdo makonlari. Ushbu makonning o‘ziga xos belgilari shundan iboratki, ular kamida mintaqa ahamiyatiga ega bo‘lgan magistral yo‘llar kesishgan joylarda, shu jumladan, dengiz va daryo bandargohi yonidagi portlar hududida tashkil etiladi. Ularda bojxona to‘lovlari va tranzit yig‘imlari minimal darajada bo‘lishi shart.
Ishlab chiqarishsanoat makonlari. Mazkur makonni tashkil etishdan asosiy maqsad xorijiy bozorlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘lib, davlatning iqtisodiy salohiyatini tayyor mahsulotlar orqali reklama va targ‘ibot qilishdir. Natijada, mamlakatga chet el investorlarining qo‘shimcha sarfxarajatlarsiz kirib kelishi uchun ruhiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari. Ushbu makonlar tarkibiga tashqi bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan «Texnopolis» makonlari kiradi.
Xizmat ko‘rsatish (servis) makonlari. Ushbu makon shaklining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliyabank markazlari, sug‘urta bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliyabank xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqorisalohiyatga ega xorijiy investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir.
Muayyan ustavga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy makonlarning keng tarqalishi o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan.
1959 yilda Irlandiyaning SHenon shahri shunday erkin iqtisodiy makonga aylantirilgan. Irlandiya hukumati SHenon xalqaro aeroportiga asosiy e’tiborni qaratib, uning hududi yonida xalqaro erkin tadbirkorlik makonini tarkib toptirishga rasmiy ruxsat berdi. SHundan keyin jahon iqtisodiyotida turli xil xo‘jalik yuritish va faoliyat ko‘rsatish tartibiga amal qiladigan minglab erkin iqtisodiy makonlar tarkib topa boshladi.
Hozirgi paytda erkin iqtisodiy makonlarning aksariyati Amerika va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy makonlarning alohida mamlakatdagi samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi avvalo undagi siyosiy barqarorlik, investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog‘liedir.
Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin iqtisodiy makon turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Evropa davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortishtushirish ishlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz va bojxona to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab erkin savdo makonlari tashkil etishgan. Erkin aeroport makonlari tashkil etish Buyuk Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo‘lsa, moliyabank markazlari va Offshor makonlar SHveysariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. AQSH va YAponiyada «Texnopolislar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilib, hozir ularda keskin yuksalish pallasi boshlandi. Dunyodagi eng katta «Texnopolis AQSHdagi erkin iqtisodiy makonda joylashgan bo‘lib, u Silikon vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu makonda tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizasiya qilinmokda.
SHarqiy Osiyoda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmokda. Xitoyda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish uchun asosan dengiz bandargohiga yaqin bo‘lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan transport magistrallari kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki makonlar 70-yillar oxirida tashkil etila boshlangan. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishda quyidagilarga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan:
xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal rag‘batlantirish hamda intellektual mehnat o‘rnini bosadigan texnika korxonalarini tashkil etish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga valyuta tushumini ko‘paytirish;
erkin iqtisodiy makonlarda zamonaviy tovarlarni ko‘plab ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tajribalarini o‘rgatadigan maktablardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatning qolgan xududlariga ham keng joriy etish;
erkin iqtisodiy makonlarda faoliyat yuritayotgan ishchi va xizmatchilarning turmush darajasini Singapur, Gonkong boshqa industrial davlatlardagi fuqarolar turmush darajasiga etkazish;
mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib, vujudga kelayotgan ijtimoiy iqtisodiy tanglikni oldini olish.
Sobiq sho‘ro respublikalar o‘rtasidagi rejali iqtisodiy aloqalar uzilganidan so‘ng, har bir respublika o‘z hududida imkon qadar erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishga kirisha boshladi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha ular orasida Rossiya Federasiyasi etakchi o‘rinni egallamokda. 1990-1991 yillarda erkin iqtisodiy makonlar soni 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda ular 20 tadan ortib ketgan. Biroq tashkil etilgan bu makonlarning ayrimlari rivojlana olmayapti. Masalan, Ingushetiya Respublikasida tashkil etilgan Xalqaro biznes markazi faoliyati hozir to‘xtatilgan. Eng faol rivojlanayotgan erkin iqtisodiy makonlar Kaliningrad, Leningrad va Magadan viloyatlari hisoblanadi. Qolgan mintaqalarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy makonlarning iqtisodiy samarasi ko‘ngildagidek bo‘lmayapti.
Taxlilchilar fikriga qaraganda, rivojlanishga salbiy ta’sir etayotgan asosiy omil ko‘pchilik erkin iqtisodiy makonlar mamlakatning ichkarisida joylashganligi, ularning dengiz va daryo bandargohidan ancha uzoqligi va infratuzilma xizmatlarining talab darajasida emasligi bilan bog‘likdir. CHunki infratuzilmani yaxshilashga mahalliy va federal byudjetdan moliyaviy resurslar etarlicha saflanmayotir.
Mamlakatimizda siyosiy mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan boshlab, iqtisodiyotga zamonaviy texnika va texnologiyalarni xorijiy investitsiya shaklida jalb qilishga asosiy e’tibor qaratilmokda. Xorijiy investitsiyalarni respublika viloyatlarida teng taqsimlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida, marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda, erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish va rivojlantirish ishlari ustida ham keng amaliy tadbirlarni bajarish davom etmokda. Pirovardida, Andijon, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida xorijiy investitsiyali zamonaviy korxonalar barpo etilib, mehnat resurslarini yuqori darajada ish haqi bilan ta’minlaydigan ish o‘rinlari ham ochilmokda. SHu jumladan, respublikaning jahon hamjamiyatida salohiyatli a’zo sifatida tanilishiga yorqin hissa qo‘shuvchi, davlat byudjetiga salmoqli soliq to‘lovchi sub’ektlar paydo bo‘lib, ular byudjet kamomadini qisqartirishga ulkan hissa qo‘shmokda.
Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini tezlashtiruvchi asosiy omil mamlakatda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etib, ularning ma’muriy boshqaruviga keng huquqiy imtiyozlar, investorlarga esa moliyaviy imtiyozlarni kafolatlab berishdir.
Respublikamizda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish va rivojlantirishga bevosita javob beradigan va kafolatlaydigan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va iqtisodiyotga joriy etish bizda bir oz kechroq, aniqrog‘i, 1995 yilda boshlandi. 1995 yil 30 avgustda «Konsessiya to‘g‘risida»gi, 1996 yil 25 aprelda «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi, 1996 yil 29 avgustda «Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi va iqtisodiyotga joriy etildi. Mazkur qonunlarning qabul qilinishi xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotimizga kirib kelishiga investitsiyalar hajmining yildan yilga oshib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
"Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasida jahon amaliy tajribasida mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy makon turlarining qariyb barchasi aks ettirilgan bo‘lib, xorijiy investorlarni kafolatlash uchun ularda barcha asoslar mavjud. Hukumatimiz tomonidan katta imkoniyatlar berilishiga qaramay, mavjud holat bizni to‘la qanoatlantirmaydi. Masalan, erkin iqtisodiy makonlarning hech bo‘lmaganda bitta turini zamonaviy ko‘rinishda tashkil etish va rivojlantirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Xaritaga nazar tashlasak, dunyoning hech bir okeaniga chiqishi uchun bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘qligi, buning uchun kamida ikkita davlat hududini bosib o‘tish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Bu jug‘rofiy jihatdan yuqorida tahlil qilgan mamlakatlarga nisbatan ancha noqulay joylashganligimizdan dalolat beradi. Bu albatta erkin iqtisodiy makonlarni keng ko‘lamda tashkil etishimizga to‘siq bo‘ladi. Biroq respublikamiz Buyuk Ipak yo‘li ustida va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida joylashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, aholi soni jihatidan etakchi o‘rinni egallashimizni inobatga olib, mintaqa darajasida erkin savdo makonlarini tashkil etishimiz uchun etarli imkoniyatlar mavjud ekani ayon bo‘ladi. Mamlakatimiz mutaxassislari ilmiy salohiyati jihatidan eng yuqori o‘rinlardan birini egallashi bir necha bor qayd etilgan. SHunday ekan, ular salohiyatidan samarali foydalanish uchun, avvalo, erkin ilmiy texnikaviy yoki «Texnopolis» makonlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun mahalliy ma’muriy tashkilotlar erkin iqtisodiy makonlar infratuzilmasini yaxshilashga moliyaviy yordam berishi lozim. SHunda bu boradagi maqsadlarga erishish uchun zamin yaratiladi. Natijada, mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar kirib kelishi ko‘payadi, shuningdek, mahalliy investitsiyalarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar paydo bo‘lardi.
Xozirgi davrda sanoati rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlarda xam albatta turli maksadlarni kuzlab erkin iktisodiy zonalarni vujudga keltirmokdalar. erkin iktisodiy zonalrni kup tariflari mavjud: BMT ning TMK markazining shu muammoga bagishlangan ishida 20 dan ortik tarif keltirilgan 1 marta erkin iktisodiy zonalarning yoki "franko zonasi" ning 1973 yilda Kioto konvensiyasida berilgan. "erkin iktisodiy zonalarni davlat xududining muayyan natijalarga erishmok maksadida milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun iktisodiy faoliyatning preferensial shartlari, boshkaruvning aloxida rejimi va boshka tashkiliy mamuriy tadbirlarni joriy etiladigan kismi sifatida tariflash mumkin. Bundan tashkari, erkin iktisodiy zonalar chegaralarini kengaytirish va iktisodiy faoliyat shartlarining uzi bilan bevosita va bilvosita boglik boshka xujalik soxalari, tarmoklari, xududlarga yoyish layokatiga egadir. Erkin iktisodiy zonalar malum darajada cheklangan geografik territoriyadir. "Erkin iktisodiy zonalar" tarifi ilmiy axborot va tashkilotlar xisobotlarida keng kullanilsada, lekin ushbu xodisa mazmunini tula ifodalay olmaydi ularda kullaniladigan iktisodiy koida, maxsus mamuriy konunlar, malum yuridik xukukiy va xujalik rejimidan batamom xoli kilib kuymasdan, balki ularni osonlashtiradi, tadbirkorlikni ragbatlantiradigan imtiyozlarni yaratadi xolos. Davlat ushbu zonani uz aralashuvi doirasini kiskartiradi, (Lasser faisser). Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus iktisodiy zonalar uzining territoriyasi jixatidan ishchi xizmatchilarining turmush darajasining ishlab chikarish potensialini mujassam joylashganligi bilan kuprok tugri kelar edi.
Xozir jaxonda 4 mingdan ortik erkin iktisodiy zonalar mavjuddir. Ular turli vazifalarni bajarishi konkret maksad kilib kuygan.
Maxsus imtiyozlar, barkaror konuniy baza va tashkiliy muolajalarni soddalashtirish tufayli xorijiy kapitalni va il\or texnologiyalarni jalb etish.
Tayyor maxsulot eksportini kengaytirish uchun mexnat taksimoti afzalliklaridan foydalanish.
Mamlakat va mintaka byudjetiga valyuta tushumini usishi.
YAngi ish joylarini yaratish.
Tashkil kilish, boshkarish va moliyalash soxasida jaxon tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy etish xisobidan ish kuchi malakasini oshirish;
Erkin iktisodiy zonalar ishlab turishini taminlovchi xorijiy investorlar bir kator afzalliklarga ega buladilar: imtiyozli soliklar, milliy bozorga kirish, kam unumli chikimlarni taminlash, shu jumladan, arzonroq ish kuchi xisobidan qoplash, pasaytirilgan foiz stavkalari buyicha moliyalash imkoni, erga mulkchilik xukuki.
Erkin iktisodiy zonalar jaxon mikyosida migratsiya kilib yurgan kapitallar uchun "qopqon" vazifasini utaydi. Xorijiy kapitalni milliy iktisodiyotga jalb qilishdan tashqari sanoat erkin iktisodiy zonalarini yaratilishini 3 asosiy vazifa bilan bo\laydilar:
Sanoat eksportini ra\batlantirish va buning asosida valyuta mabla\larini qulga kiritish;
Bandlik darajasini oshirish;
Zonalardan xujalik yuritishning yangi metodlarini joriy kilish uchun sinov maydoni poligon sifatida foydalanish.
Erkin iktisodiy zonalarning yana bir afzallik xususiyati shundaki milliy mamlakat xorijiy kapital uchun uz iktisodiyotini tula ochib berishni yoki maxsus investitsion iqlimdan tula foydalanishni xoxlamaydi, maxsus zona sifatida qisman, lokal ochiqlik sifatida qullaydi.
Turli mamlakatlarda konkret vazifasiga qarab erkin iktisodiy zanalarning yaratilishi maqsadlari turli tuman bulishi mumkin: AKSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, YAponiya depressiyaga uchragan xududlarda mayda va o‘rta biznesni jonlantirish maksadida xududiy siyosat sifatida amalga oshadi va tadbirkorlarga boshka rayonlarga karaganda ko‘proq faoliyat erkinligi moliyaviy imtiyozlar beriladi. Ushbu programmalar xorijiy kapitalni jalb kilishga karatilmagan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xam tuzilayotgan erkin iktisodiy zonalardan maksad ilgari iktisodiy jixatdan qoloq bulgan rayonlarni rivojlanayotgan rayonlarga aylantirish bulgan, lekin bu erda diqqat etibor xorijiy kapitalni jalb kilishga karatilgan.
Erkin iqtisodiy zonalarning turlari.
Erkin iqtisodiy zonalar zonalarning tashkiliy funksional strukturasi turli tumandir.
Erkin iqtisodiy zonalar turlari:
Erkin ikisodiy zonalarni tuzishda ikki konseptual yondashish mavjuddir: territorial va funksional. 1- yondashuvda zonadagi barcha resident korxonalari xujalik mijozlardan foydalanadilar. 2 -yondashuvda esa zona bu xujalik yurituvchi muayyan shakliga, soxa, korxonaga nisbatan mamlakatning kaysi nuqtasida bulmasin imityozli rejim sharoit kullandi. 1 tipga Xitoyning, Braziliyaning Manaus va rivojlanayotgan mamlakatlatdagi eksport ishlab chikarish zonalar kiradi. 2 tipga offshor zonalar, "dpyuti fri" magazinlar kiradi.
Vaqt o‘tishi bilan sanoat zonalari uzgarib bordi ularning xududlariga nafakat tovarlar balki kamyob kam keltiriladigan, ularda ishlab chikarish faoliyati bilan xam shugullana boshlashdi. Natijada sanoat ishlab chikarish zonalari paydo buldi.
Dastlabki erkin savdo zonalari xalkaro savdoni rivojlantirishga karatilgan siyosat vositasi bulganligi sababli, ular tovarlar xarakatining xalkaro yunalishlariga yaqin joylashgan mintakalarda keng yoyilgan.
Sanoat ishlab chikarish zonalari maxsus bojxona rejimi mavjud bulgan eksportga muljallangan yoki importni urnini koplaydigan maxsulot ishlab chikariladigan xududda tuziladi. Bu xududlar sezilarli darajada soliq va moliya imtiyozlaridan foydalanish rejimida davlat sanoatining eng ustivor tarmoklarini rivojlanishi taminlaydi. Bazan pirovard maxsulot import uskunlar va texnologiyalar yordamida maxalliy xom ashyodan ishlab chikariladi.
Ilmiy texnologiya zonalari III-avlod zonalaridir. Xozirgi adabiyotda ularni texnoparklar (A+SH) texnopalislar (YAponiya) deb ataydilar. Ularning xududlarida yirik ilmiy tadqiqot markazlari Universitet tevaragida joylashgan ko‘p bo‘lim talab qiluvchi firmalar shaklida ilmiy va ishlab chiqarish texnologik faoliyati birlashadi. Bunday zonalar barcha moddiy va mexnat resurslarini yani texnologiyani sanoatga tezkor joriy qilish uchun safarbar etish maqsadida tuzildi. Eng mashxur texnopark bu silikon Vellidir. U A+SH ning Kaliforniya shtatiga yaqin joylashgan va komppyuter xisoblash texnikasiga zarur bo‘lgan extiyot qismlarning 20% ni etkazib beradi. Bu zonada 20 ming ishchi xizmatchi ishlaydi va bunday zonalardan A+SH da 80 dan ortiq. YAponiyada texnopolislar 20 dan ortiq Xitoyda esa 20 ga yaqin yangi va yuksak texnologiyalarni rivojlantirish mavjud.
IV-avlod-offshor zonalardir: ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar ishlab chiqarish faoliyati bilan shu\ullanmasdan, faqat vositachilik bilan shu\ullanadi. Bank va tijorat ishidagi maxfiylik eng oliy darajada. Xozir jaxonda 300 dan ortiq offshor markazlari bor. Offshor zonalari mavjud bo‘lgan mamlakatlar quyidagilar.
Lixtenshteyn, Panama, Normand orollari, Men oroli, Antilp va Modeyra orollari, Liberiya. SHvetsariya, Gibraltor, Malpta va Mavrikiydi.
Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarakterli tomoni shundaki ularda ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda qulay bojxona investitsion moliyaviy imtiyozlari va afzalliklarning mavjudligidir.
Foydalangan adabiyotlar
1. I.Karimov "O‘zbekistoon XII asr busa\asida, xavfsizlikka taxdid barqarorlik shartlari, taraqqiyot afolatlari" O‘zbekiston 1998.
2. Avdokushin.G.F. "Mejdunarodno-ekonomicheskie otnosheni" (82 101bet).
3. Mirzalieva S."Erkin iqtisodiy zonalar asosiy yo‘nalishlari va tamoyillari" avgust 1999 y.