Mavzu: Bandlik, Ishsizlik va to’liq bandlik tushunchasi Reja: Bandlik Ishsizlik



Yüklə 135,47 Kb.
səhifə1/4
tarix27.04.2023
ölçüsü135,47 Kb.
#103415
  1   2   3   4
Bandlik, Ishsizlik va to’liq bandlik tushunchasi


Mavzu: Bandlik, Ishsizlik va to’liq bandlik tushunchasi


Reja:
1.Bandlik
2.Ishsizlik
3.O’zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandlik siyosati


Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.[1] Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, oʻzini ish bilan mustaqil taʼminlash (oʻzicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xoʻjaligidagi ishni, uy xoʻjaligida band boʻlish va bolalarni tarbiyalash bilan shugʻullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi oʻqishni ham oʻz ichiga oladi.
Toʻliq va toʻliqsiz bandlik
Bandlik toʻliq va toʻliqsiz boʻlishi mumkin. Toʻliq bandlik amalda mehnatga qobiliyatli aholining 90 —
92 % band boʻlishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida toʻliq bandlik jamiyat darajasida tabiiy ishsizlikningboʻlishini ham bildiradi. Toʻliq boʻlmagan bandlik aksariyat hollarda yashirin koʻrinishga ega boʻlib, xodimlarni rasman band deb hisoblashni nazarda tutadi, amalda xodimlardan qisqartirilgan ish vaqti davrida foydalanishni anglatadi.
Ikkilamchi bandlik

Ikkilamchi bandlik amalda oʻrindoshlik boʻlib, xodimning qoʻshimcha ish haqi topish uchun ish kuchini oʻzi asosiy band boʻlgan korxonaga (asosiy ishdan boʻsh vaqtlarda) taklif etishini bildiradi. Oʻzicha bandlik (oʻziga ish topish) daromad manbai boʻladigan faoliyatni mustaqil izlashni, davlatning turli darajadagi idoralari qoʻllab-quvvatlashi yordamida doimiy yoki vaqtinchalik daromad olish uchun ish oʻrinlari barpo etishni nazarda tutadi. Oʻzicha bandlik aksariyat hollarda kichik biznes koʻrinishiga ega boʻladi va xodimlarning oʻz tashabbuslari bilan turli isteʼmol tovarlari tayyorlash va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yakka mehnat faoliyati bilan bogʻliq.

Yüklə 135,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin