O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: “ERKIN KURASH FEDERATSIYASI”
Bajardi: 915-20-guruh talabasi N.Ahmedov
Ilmiy rahbar: E.Xo‘jmatov
Jizzax – 2022
KIRISH……………………………………………………………………………. I BOB. KURASH TARIXI………………………………………………………. 1.1 ERKIN KURASHNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI …………………………………………………………………………… 1.2. ERKIN KURASH MUSOBAQALAR O’TKAZISH TARTIBI VA NATIJALARI…………………………………………………………………….. II BOB. O‘ZBEKISTONDA ERKIN KURASH………………………………… 2.1 O‘ZBEKISTONDA ERKIN KURASH RIVOJLANISH BOSQICHLARI.. 2.2 KURASH FEDERATSIYALARI HAQIDA………………………………… XULOSA…………………………………………………………………………... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2017-yil 2- oktabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3306-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek yurtimizda kurash sportini yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, asriy madaniy va ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi, har bir fuqaro ongida kelajagi buyuk yurti borligini anglash, Vatanga cheksiz mehru-muhabbat, sadoqat va o’z mehnatidan manfaatdorlik g’oyasini singdirish uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo’la boshladi. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Milliy sport turlari deyarli barcha xalqlarda mavjud. Ammo ana shu o’yinlarning xalq milliy doiralaridan chiqib, jahonga yuz tutishi, dunyo tan olishi hamma sport turiga nisbatan ham sodir bo’lavermaydi.
Demak, o’zining iqtisodiy islohotlar jarayonidagi yutuqlari, fuqarolarining tinch-osuda, farovon hayot kechirishini ta’minlayotgan O’zbekistonimizning jahondagi nufuzi, salohiyati yanada oshyapti desak, mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hech qaysi jarayon mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanita olmaydi. Kurashning turlari ko’p lekin ular ichida erkin kurash o’zining jozibadorligi 5 va mashqlarining xilma xilligi, serzavqligi, hayajonliligi bilan ajralib turadi. Ha, erkin kurashning obro’si baland, tarixi boy. Ma’lumki, har bir yurt, tuman, qishloq o’z bahodirlari, polvonlari bilan faxrlangan, ular haqida dostonlar yaratilgan. Alpomish, Go’ro’g’li kabi botirlarning milliy jasorati og’izdan-og’izga ko’chib, bizgacha etib kelgan. Dunyoda erkin kurash haqida juda ko’p adabiyotlar mavjud.
Odatda ular kurashchilar tayyorgarligining alohida shaxsiy masalalariga bag’ishlangan bo’ladi. Kamdan kam mutaxassislar tayyorgarlikni endi boshlagan kurashchini xalqaro toifadagi sport ustasiga aylantirish jarayonini sharhlashga jur’at qiladilar. Bu sohada sobiq ittifoqda xizmat ko’rsatgan murabbiy Q.P.Arslonovning “Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi (erkin kurash)” nomli qo’llanmasi katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu qo’llanmada kurashchi va murabbiy tajribasi umumlashtirilgan. Kitob 6 moduldan iborat bo’lim. Ushbu modullarda Erkin kurashning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, Erkin kurashchilarning ko’p yillik tayyorgarlik konsepsiyasi shakllanishining ilmiy asoslari, Erkin kurashda jismoniy sifatlarning rivojlanishi, Erkin kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligi, Boshlang’ich tayyorlov guruhlari uchun asosiy o’quv dastur mazmuni va Yuqori malakali erkin kurashchilarni tayyorlashni boshqarish haqidagi muhim ma’lumotlar yoritilgan.
Ushbu tayyorlangan o’quv qo’llanma Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining 5112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi talabalari, shu soha bo’yicha faoliyat yuritayotgan soha mutaxasislari uchun mo’ljallangan bo’lib. Kurash turlarini va uni o’qitish metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan. Muallif o’quv qo’llanmani tayyorlashda yaqindan yordam bergan foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida ismi sharifi ko’rsatilgan kasbdoshlariga o’z minnatdorlchiligini bildiradi. Ishonamizki ushbu o’quv qo’llanma ta’lim muassasalarining talabalari, professor – o’qituvchilari va murabbiylarining kasbiy tayyorgarligini oshirishga yordam beradi.