O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Fakultet:ijtimoiy fanlar
Kafedra: umumiy psixologiya
O'qish yili : 2021 - 2023
Magistratura talabasi: N.I.Toshtemirova
Ilmiy rahbar: psixologiya fanlari nomzodi dotsent R.B.Qudratullayeva
Mutaxassisligi : 70310901 – psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha)
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi: jamiyatimizda oilani mustahkamlash, yoshlarimizni har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalash, oilani jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari kabi yurtimizdagi ma'naviy o'zgarishlar bilan uyg'un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim yo'nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelinyapti. Amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi oila va har bir fuqaroning manfaatini ijtimoiy va psixologik jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. O'sib kelayotgan yosh avlodda oilaviy munosabatlar haqida to'g'ri tasavvurni shakllantirish, ajdodlardan etib kelayotgan oilaviy an'analarga, qadriyatlarga munosib javob qaytarish ko'nikmalarini vujudga keltirish orqali, hozirgi kun uchun muhim muammo sanalgan oilaviy ajrimlarning oldini olish mumkin, bunday muammoli vaziyatlarni aniqlash va tahlil qilish hozirgi zamon psixologiyasining vazifalaridan biridir.
Dissertatsiya mavzusining qisqacha maqsadi va vazifalari: Dissertatsiyaning maqsadi: maktab o'quvchilarida oilaviy munosabatlar to'g'risidagi tasavvurlarni o'rganishdan iborat.
Dissertatsiyaning vazifalari: shaxslarda oilaviy munosabatlar bo'yicha tasavvurlar shakllanishi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlarini qiyosiy tahlil qilish; maktab o'quvchilarida oila haqida tasavvurlar shakllanish xususiyatlarini aniqlash; o'quvchilarda oila haqida tasavvurlarning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash; olingan tadqiqot natijalari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.