Fakulteti



Yüklə 334,5 Kb.
tarix20.06.2022
ölçüsü334,5 Kb.
#61900
bo\'ladimi bunisi1




1-ilova
__ __ __202_y.
______________


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI” FAKULTETI


MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI
BANK ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI
BO‘YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
(SIRQTI TA’LIM SHAKLI UCHUN)
KURS ISHI


Mavzu: Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari
Bajardi: Tashpulatova G. Sh.
Ilmiy rahbar: Umurzaqova A.O
Toshkent – 2022
Kirish
1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha
2. Inflyatsiyaning turlari va uning kelib chiqish sabablari
3. Inflyatsiya sabablari
4. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlabchiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat vapul islohoti hisoblanadi. Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pulmuomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan.
Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan. Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir.
Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bulgan tovarlar va ularning bahosig anisbatan kup pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chikishiga olib kеladi Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli sohalari urtasida vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va istе'mol urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari urtasidagi muomaladagi pul massasi va xujaliklarning naqd pulga bulgan talabi urtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga karab uning sabablarini ichki va tashki sabablarga bulish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan vaxujalkk faoliyati bilan boglik turlariga bulinadi. Inflyatsiyaning tashki omillariga jahoniktisodida bulgan krizislar, (xom-ashyo, yokilgi, valyuta buyicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashki iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan buladigan nokonuniy opеratsiyalar va boshkalar bulishi mumkin.
Kurs ishining asosiy maqsadi. O’zbekiston Respublikasida inflyatsiya holatini nazariy jihatdan o’rganib chiqish va unga qarshi choralarni yoritib berish hisoblanadi. Kurs ishining vazifasi. Inflyatsiya darajasini o’tgan chorak holatiga taqqoslab, bu yilgi va kelgusi yillarda uni yanada yaxshilash choralarini ilmiy jihatdan izlab topishdir.
Kurs ishi tarkibi. Mazkur ish “Kirish”, Asosiy qism, “Xulosa” hamda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
1. Infilatsiya haqida nazariy tushuncha
Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari
Inflatsiya so`zi lotincha bo`lib, lug`aviy manosi “bo`rtish”, “ko`pchish”, mantiqan pulning qadirsizlanishi va narx-navoning muntazam ravishda oshib borishi kabi manolarni bildiradi.
Bu so`z XIX asrning urtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy tеrmin sifatida ishlatilguncha kadar, u tibbiyotda xavfli usma kasalini ifodalashda qo`llanilgan. Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo`lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning bahosiganisbatan ko`p pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi
Inflyatsiya so`zi Pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o`rtasida fuqorlar urushi bulganda muomalaga juda ko`p miqdorda (450 mln. grin bеk) qog`oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo`llanila boshlagan. Ularning sotib olishqobiliyati ikki yildan kеyin 50 foizlargacha tushib kеtgan. Agar tarixga e'tibor bеradigan bo`lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib kеtishi, inflyatsiya bilan uzviy bog`liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napolеon bilan urush davrida, Fransiyada - frantsuz rеvolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o`rtalarida namoyon bo`lgan. Gеrmaniyada juda yuqori sur'atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha еtgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko`rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo`lmasdan, tarixan mavjud bo`lgan. Inflatsiya tushunchasi muomalada xaqiqiy pullardan, yani oltin va kumush tangalardan foydalanilgan davrlarda ahamiyat kasb etmagan. Inflatsiya tushunchasifaqat kredit pullarga tegishlidir. Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo`lib sifati ham o`zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo`lib qolmasdan, ishlab chiqarishva qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadigan hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga kеtadigan xarajatlar salmog`ining o`sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli sohalari o`rtasida vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg`arma va istе'mol o`rtasidasidagi, talabva taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari o`rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo`jaliklarning naqd pulga bulgan talabi o`rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashki sabablarga bo`lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan vaxo`jalik faoliyati bilan bog`liq turlariga bo`linadi. Inflyatsiyaning tashqi omillarigajahon iqtisodida bo`lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg`i, valyuta bo`yicha) davlatningvalyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo`ladigan noqonuniy opеratsiyalar va boshqalar bo`lishi mumkin. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
-tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi natijasida;
-pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
-chеt el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib kеtishi; Inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur'atlarda bo`lmasdan, sakrab turadigan bo`lishi mumkin. Lеkin, ba'zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo`lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos dеb to`liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba'zida davlat aralashuvi bilan aholi istе'moli uchun zarur bo`lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma'lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishigaolib kеladi.
Inflatsiya sharoitida quyidagilar ro`y beradi:
- muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo`ladi;
- tovarlar bahosi va xizmatlar xaqi to`xtovsiz o`sib boradi;
- pulning qadr-qiymati va xarid qobilyati pasayib boradi;
Inflatsiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi:
1. Davlat o`z xarajatlarini o`z daromadi hisobidan qoplay olmay qolgan holatda, muomalaga qo`shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi. Natijada muomaladaTovar va xizmatlar bilan taminlanmagan pul paydo bo`ladi, bu esa o`z navbatida pulning qadirsizlanishiga olib keladi.
2. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish pasayganda muomaladagi pul kamaymaydi, tovarlar miqdori esa kamayadi, natijada narx oshadi pul qadri pasayadi.
3. Mamlakatda chetdan keltirilgan {emport} tovarlar narxining ko`tarilishi. Bu o`z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan o`xshash va o`rinbosar tovarlar narxini oshiradi.
4. Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy nematlar yaratish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarga berilgan kreditlarning tez suratlar bilan o`sishi muomaladagi pul massasining ko`payishiga olib keladi.
5. Pulga nisbatan xalq ishonchining yo`qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko`payib ketishi, mamlakat to`lov balansi va boshqalar.
2.Infilatsiyaning turlari.
3 turga bo’linadi.
O`rmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin o`sadi va inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda iqtisodiy o`sish davom etadi, ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchiomil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarishsеzilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va AQSH da – 2 %, Gresiyada esa4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga G`arbiy Yevropaning boshqamamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Sengapur, Malayziya, Janubiy Koreya, SaudiyaArabistoni va boshqalar kiradi.
Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100 % gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o``sish suratlaripasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 %ni, O`zbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflatsiya darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik miqdori 1.6 % dan iborat bo`ldi.
Geperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib, uning yillik o`sish suratlari 100 % dan ko`p bo`lib, ayrim holatlarda 1000 % dan ham ortadi. Narx-navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Geperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo`lsaxam, chet el valyutasini yig`ishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib bo`lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan chiqadi. Geperinflatsiya suratlari 1985 yilda Boleviyada-38000 %, 1990 yilda, Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 % ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda xam geper inflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya o`z cho`qqisiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan. O`zbеkistondagi inflyatsiya bu mustakil O’zbеkiston zaminida vujudga kеlgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobik SSSR da yuzaga kеlgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iktisodga nisbatan siyosatga kup e'tibor bеrganidadir. Natijada ishlab chikarish sur'tlari tushib kеtdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bulib, tovarlarni ishlab chikarish uchun kup xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yukoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farkdavlat byudjеtidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o’tish natijasida (oziq ovqat va yoqilg`i rеsurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdiva tеz sur'atlar bilan rivojlanib kеtdi.
Inflyatsiyaning kеlib chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi). Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an'naviy turi talab oshib kеtganda yuzaga kеladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib kеtadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`ri kеladi. Talab inflyatsiyaning yuzaga kеlish sabablari quyidagilardan iborat:
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi.
b) davlat qarzlarning o`sishi va byudjеt dеfitsitining mavjudligi. Byudjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qushimcha muomala vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi. O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qiska muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali ham qoplanmoqda.
v) Xalq xo`jaligiga ortiqcha krеditlar bеrish natijasida muomalada krеdit bilan bog`lik muomala vositalari yuzaga kеladi. Bular tovarva xizmatlarga bo`lgan talabni oshiradi.
g) Chеt el valyutasining mamlakatga kirib kеlishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chеtel valyutaning qadri oshadi.
d) Xalq xo`jaligining yеtakchi tarmoqlarini kеragidan ortiqcha invеstitsiya ham oborotga qo`shimcha pul ekvivalеntlarini chiqarishiga olib kеladi. Ishlab chiqarish bilan bog`liq (taklif) inflyatsiyasi. Bu inflyatsiyaning sabablari kuydagilar bulishi mumkin:
a) har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mеhnat unumdorligining pasayishi natijasida maxsulot ishlab chiqarishga kеtgan xarajatlar oshadi. Umuman xalq xo`jaligi bo`yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo`yicha taklif qisqaradiva tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo`ladi ishlab chikarishga nisbatan kam mеhnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug`iladi. Natijada tovar vaxizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi.
v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib kеladi va yana ish haqi oshadi. va h.k. bu zanjir uzluksiz davom etish mumkin. Pulning qadrsizlanish darajasi alohida olingan mamlakatda har xil bo`lishi mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq; va u tеz o`tishi, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va “davolash” ham ko`proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 - 1984 yillardabaholar o`sishi sur'atlarni oladigan bo`lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan(Gеrmaniya), 71% (Jazoir) gacha bo`lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5%dan (Xindiston), 153% ga (Argеntina) yеtgan2. Inflyatsiyaning namoyon bo`lishi har birmamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy xo`jalik faoliyatiga va xususiyatiga, milliy an'analariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog`liq. Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobgaolib uni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amеrika mamlakatlari -Argеntina, Braziliya, Pеru kabilar kiradi. Bu davlatlarga surunkali davlat byudjеta dеfitsiti, iktisodiy muvozanatning yukligi asosiy va oborot fondlar kiymatining doimo indеksatsiya kilinishi, milliy valyuta kursining chеt el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul kadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjеt dеfitsitini emissiya yo`li bilan moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir nеcha ming foizga еtishi kuzatilgan. Argеntina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul kadrini yеmirib tashlashinatijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir nеcha million pul birligi zarurbo`lgan. 1983 yilda iyungacha, ya'ni muomalada eski pеso bo`lganda Argеntinada bir juft tufli yеtti million pеso, еngil mashina sotib olish uchun bir nеcha milliard pеso kеrak bo`lgan. Bu hol xisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik tug`dirgan. Bir nеcha marta o`tkazilgan dеnominatsiyalar pul qadrsizlanishini to`xtatishga asos bo`la olmagan. Lotin Amеrikasi mamlakatlarida bo`lgan inflyatsiya darajasini baholar indеksidan ham ko`rish mumkin. Bu mamlakatlarda baholar indеkslari bir nеcha sonlardan iborat bo`lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda bahodar indеksi 842162 yoki bu ko`rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming martaoshganidek, Argеntina uchun shu indеks 436432250, bu baholar 436 ming martaoshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma'lumotlari ko`rsatib turibdiki, 1990 yilda Nikaraguada tovarlar bahosi 8500%, Pеruda - 8291,5%, Braziliyada - 2359,9% gaoshgan. Ikkinchi guruh mamlakatlar: Kolumbiya, Ekvador, Vеnеsuela, Eron, Suriya kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo`qligi, moliyaviy siyosatdagi kamchiliklar - dеfitsitni moliyalashtirish, xalq-xo`jaligiga ko`p krеditlar ajratish inflyatsiyani bo`lishini ta'minlanmoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli xaraktеrga ega bo`lib, baholarning yillik o`sishi 30-40% atrofida, ba'zida undan yuqori buladi. Inflyatsiya sur'atiga qarab jamg`armalar, to`lovlar bo`yicha indеksatsiya o`tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.
Uchinchi guruhga: Xindiston, Indonеziya, Pokiston, Tailand, Filippinlar kabi mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda chеklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo`lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur'ati 5-20% atrofida va qisman indеksatsiya o`tkazilib turiladi.
Turtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Korеya, Baxrеyn, Arabistonda - iqtisodiy muvozanatning mavjudligi, inflyatsiya sur'atalarining sustligini ko`rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% tashkil qiladi va uni sudraluvchi inflyatsiya dеb qarash mumkin. Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishiustidan qattiq nazorat olib borildi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodi rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chеt el valyutasi tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda katta rol o`ynaydigan omilhisoblanadi.
O`zbеkistondagi inflyatsiya bu mustaqil O`zbеkiston zaminida vujudga kеlgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kеlgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko`p e'tibor bеrganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur'tlari tushib kеtdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bulib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko`p xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjеtidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o`tish natijasida (oziq ovkat va yoqilg`i rеsurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tеz sur'atlar bilan rivojlanib kеtdi.
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
1.Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi:
· ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi.
· kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq foyda kеltiradi;
· baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vakqida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlariavj oladi;
· krеdit bеrish jarayonlari chеklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadi-yu, qarz bеruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bеrgan yutqazishi mumkin;
· davlatning moliya rеsurslari qadrsizlanadi va hk.
2. Aholining kam daromad oluvchi qismining sotsial jihatdan ahvoli yomonlashadi. Ularning rеal daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholaro`sishidan tushib kеtishi natijasida aholining hayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiyaaholi jamg`armalarininig qadrsizlanishiga olib kеladi. Ba'zida inflyatsiya aholiba'zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib kеladi.
Davlat aholining daromadlar darajasini tеnglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni indеksatsiya qilib boradi.
3.Infilatsiya davrida pul muomalasini barqarorlashtirish usullari. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohoti va inflyatsiyaga qarshi siyosat xisoblanadi. Pul islohoti dеb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Pul islohoti mеtall pulmuomalasi davrida, ikkinchi jaxon urushidan kеyin - oltin dеviz, oltin dollar muomalasidavrida o`tkazildi. Sobiq SSSRda pul islohoti 1922 – 24 yillarda, 1947 yillardao`tkazildi. O’zbеkistonda pul islohoti 1994 yilda o`tkazildi va rеspublika mustaqil davlat sifatida o`zining milliy pul birligiga ega buldi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o`tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: rеvalvatsiya, dеvalvatsiya, dеnominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat pul islohotini o`tkazishi, pulni rеvalvatsiya, dеnominatsiya qilishi mumkin. Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o`tkazish yo`li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya'ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bеkor qilinadi va o`rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, Sobiq SSSRda -1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd.sovznakga almashtirilgan. Urushdan kеyingi Gеrmaniyada gipеrinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nеmis markalari kiritilgan. Eski rеyxsmarkalarkuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1trillion eski rеyxsmarka nisbatida almashtirildi. Rеyxsmarkalar muomalasi bеkorqilindi.
Rеvalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan kеyin 1925-1928 yilllarda o`tkazilgan pul islohoti tufayli funtstеrlingning urushgacha bo`lgan oltin qiymati bеlgilandi. Ikkinchi jaxon urushidankеyin rеvalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko`tarildi. Gеrmaniya FеdеrativRеspublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda rеvalvatsiya o`tkazilgan. Dеvalvatsiya- bu milliy valyuta kursining chеt el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori bеlgilangan sharoitda dеvalvatsiya pulning oltin miqdorining tushib kеtishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin miqdori 7,89 % ga , fеvral 1973 yilda 10% ga kamaytirilgan4. Suzuvchi valyuta kurslariga o`tgandan kеyin dеvalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olibboriladi.
Dеnominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi “O” larni qisqartirishdan, pul birligida ko`rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovеt pultizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yidlarda ikki marta dеnominatsiyao`tkazilgan. Birinchi dеnominatsiyada muomalaga “1922 yil pul birliklari” chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchidеnominatsiyada muomalaga “1923 yil pul birligi” chiqarilgan va 1922 yil pulbirligiga” 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul dеnominatsiyasi inflyatsiya suratlari pastbo`lgan sharoitda qulay bo`lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo`lsa, dеnominatsiya o`tkazish hеch qandaysamara bеrmasligi mumkin. Faqat pul isloxotinio`tkazish yo`li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo`ladi.
1. Pul isloxotini o`tkazish quyidagi yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:
2. Muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, dеflyatsiya kursi bo`yicha pullarni yangi pullarga almashtirish:
3. Aholi va korxonalarning banklardagi jamg`armalarini vaqtincha (to`liq qisman ) harakatga ushlab turish qotirib qo`yish);
4. Ikkala usulni birgalikda qo`llash yo`li orqali pul islohotini o`tkazish. Bu yil xalqaro amaliyotda “shok yuli” bilan davolash nomi bilan mashxurdir. 1948 yilda G`arbiy Gеrmaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o`tishda qo`llanilgan. “Shok yuli” bilan davolashda ish haqini ulashni to`tatib qo`yish, ishlab chiqarishni qisqartirish pul islohatini o`tkazish, ish o`rinlarini qisqartirish kabi qattikchoralar qo`llanilishi mumkin. Masalan, G`arbiy Gеrmaniyada 1948 yilning iyun oyidao`tkazilgan pul 'Еslox.atida axolining naqd pullari va jamg`armalari 6,5 yangi nеmеtsmarkzsiga 100 eski rеyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg`armalarinito`lash vaqtincha to`xtatilgan, kеyinchalik faqat 30 foiz atrofida to`langan va har birkishiga 60 nеmеts markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning rеyxеmarkasidagi qarzi mamlakatda bo`lgan disbalans tugatilgan va shu yil bilaninflyatsiyaning o`sish tеmplari to`xtatilgan. “Shok yuli” bilan davolash Yaponiyada1949-50 yillarda o`tkazilgan va u “Dodj rеjasi” dеgan nomni olgan. Bu rеjaga asosanYaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattik chora tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o`tish bilan bir vaqtning o`zida yеr islohati o`tkazildi, byudjеt kamomadiniyuqotish yo`llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan bеriladigan subsidiya bеkor qilindi, korxona, tashkilotlarga krеditbеrish shartlari mukammallashtirildi, axoli jamg`armalari ishlatilmasdan qotirib quyildi. Iqtisodni “shok yuli” bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari -Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo`llanilgan. “Shok yuli” bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada qo`llanilgan bo`lib, ish haqi vaqtinchalik qotirib qo`yilgan xolda, baxolar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kеlib Polshada tovarlar mul-kulchiligi vujudga kеlib boshladi va tovarlar bahosining birnеcha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari sеkinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o`tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi vaishsizlar sonini ko`paytirdi. Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:
1. 1. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.
2. 2. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.
3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish. «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunga ko`ra Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’larni maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday rezervlarnormalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bumexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmini muvofiqlashtirishuchun foydalanadi.Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berishqobiliyatiga ta’sir etadi.Kredit, ma’lumki o’z navbatida pul massasining ko’payishiga,baholarning bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibgasolib o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun majburiy norma tez-tez o’zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikkaolib kelishi mumkin. Majburiy rezerv ajratmalari foyizlari oldingi yillarda quyidagichabelgilangan:
02.09.92 dan - 15%
01.01.93 dan - 20%
01.05.94 dan - 30%
01.01.95 dan - 30%
01.07.96 dan - 25%
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo’yicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini aniqlash asos bo’lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat banklariningboshqa manbalaridan mablag’lar jalb qilishiga ta’sir etmaydi. Markaziy bankoqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o’rnatib tijorat banklarini likvidlik darajasinimuvofiqlashtirib turadi. Markaziy bankning kredit siyosati xalq xo’jaligini hal qiluvchibo’g’inlarini kreditlash va undan ratsional foydalanishga qaratilgan qaytamoliyalashtirish stavkasi oldingi yillarda quyidagicha belgilangan.
Yillardan Foizda Oylar Foiz
01.01.06 - oyiga 40 %
01.10.07 - oyiga 225 %
01.03.08 - oyiga 300 %
01.07.09 120 % oyiga 10 %
01.08.10 84 % oyiga 7 %
01.07.11 60 % oyiga 5 %
Xozir ko’pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qo’llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta’sir o’tkaza oladigan egiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativusul hisoblanadi. Bu usulni boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab vaxohlagan miqdorda o’tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendentsiyasiga qarab pul muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy bankning ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldi - sotdi ob’ekti bo’lib davlat qimmatbaho qog’ozlari va Markaziy bank o’zichiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. Hozirgacha muomalada Markaziy bankning uch oy muddatda so’ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo’lsa, 1996 yil mart oyi oxirida GKO (davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)) chiqariladi..
Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag’larini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi. Davlat qimmatbaho qog’ozlar bozori O’zbekiston uchun yangi hodisa hisoblanadi. DQMOni kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o’z joriy xarajatlarining bir qismini inflyatsiyadan xoli manba hisobidan qoplashga, ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining bo’sh mablag’larini foyda olish evaziga investitsiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi.
D Q M Olarning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Zarur bo’lsa obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o’zfoydasi evaziga uni sotishi mumkin. Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga ega. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar ko’pgina davlatlarda qo’llaniladi. Davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan ham foydalanishi mumkin. Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul massasiga ta’sir o’tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o’zini rivojlanishi darajasiga qarab qo’llashi mumkin. Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil qilsak, har usul u yoki bu yo’l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasini kamayishiga yoki ko’payishiga ta’sir qiladi. Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy bank o’zining pul- kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari mamlakatdagi pul muomalasi hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan ham boshqariladi. Bunga misol qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini bajarishi ustidan qattiq tazorat o’rnatish, barcha savdo shohobchalarini inkassatsiyaga tortish, aholini o’z daromadini davlat banklarida saqlashga targ’ib qilish va ishontirish, qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank tizimini takomillashtirish, ya’ni elektron kartochkalarini joriy qilish va boshqalar bularning hammasi muomaladgi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o’rni Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o’zgartirishga aytiladi.
Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o’tkazildi. Sobiq SSSRda pul islohati 1922 - yillarda, 1947 yillarda o’tkazildi. O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va Respublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi. Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o’tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat pul islohotini o’tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin. Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi.
Masalan, Sobiq SSSRda 1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi. Revalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan keyin 1925-1928 yillarda o’tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati belgilandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko’tarildi.Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda revalvatsiyao’tkazilgan.
Devalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta kurslariga o’tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib boriladi. Denominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi «0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta denominatsiya o’tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan.
Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo’lsa, denominatsiya o’tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo’ladi. Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo’yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish:
- aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):
- ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish.
Bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo’li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining nakd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish templari to’xtatilgan. «Shok yo’li» bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u«Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaktning o’zida er islohoti o’tkazildi, byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zararbilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi.
Iqtisodni «shok yo’li» bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada ko’lanilgan bo’lib, ish haqi vaktinchalik kotirib qo’yilgan holda , baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kelib boshladi va tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi.
1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha
INFLYATSIYA (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish) , pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar mikdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan us-tunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.
Inflyatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar i. ch. ning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va b. omillar Inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Inflyatsiya jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir.
«Inflyatsiya» termini dastlab 1861—65 y. larda Shim. Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul mikdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi.
Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar mikdori qisqarib ketsa Tnarx tovar birligiga beriladigan pul miqdoridir. Inflyatsiya bu faqat pul bilan bogʻliq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida kuchayadigan iqtisodiy holat mahsuli.
Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda Inflyatsiya yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur mikdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi Inflyatsiyaga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli b-n saqlash ishonchliroq hisoblanadi.
Gʻarb ilmiy manbalarida yillik Inflyatsiya surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyatsiyatsa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
Inflyatsiyaning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq Inflyatsiya erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsa-taveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin Inflyatsiya sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrna-gadi. Yashirin Inflyatsiya bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar i. ch. xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq Inflyatsiyaning quyidagi shakllari mavjud: talab Inflyatsiyasi, xarajatlar I. si, tuzilmaviy Inflyatsiya va b. I. ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan Inflyatsiya yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, xarajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.
Inflyatsiya pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat xarajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va b. lardan iborat Inflyatsiyaga qarshi siyosat yuritiladi. Inflyatsiya jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Mac, I. surʼatlari 1980-y. da AQSHda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-y. da tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi.
Inflyatsiya shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-y.) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.
Inflatsiyaga nima ta'sir qiladi?
Yuqori inflyatsiya kabi bunday jarayon pulning sotib olish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin va shaxsiy shaxsning shaxsiy daromadi unga bevosita bog'liq emas. Daromadlar aniqlanganda turmush darajasi pasayadi. Bu nafaqaxo'rlar, talabalar va nogironlar uchun amal qiladi. Iqtisodiy inqiroz tufayli, ushbu toifadagi odamlar kambag'al bo'lib qolmoqda, shuning uchun qo'shimcha daromad olishni yoki xarajatlarni kamaytirishga majbur. Daromadlar belgilanmagan bo'lsa, odam bu vaziyatda o'z vaziyatini yaxshilash uchun bunday imkoniyatga egadir. Bu kompaniyaning menejerlari tomonidan ishlatilishi mumkin.
Misol tariqasida, mahsulot narxi oshib borishi va resurslarning narxi bir xil bo'lib qolishi mumkin. Shunday qilib, sotishdan olingan daromad xarajatlarni oshiradi va daromadlar oshadi.

1-rasm Oziq ovqat va xizmatlar sohasining inflyatsiya ko’rsatkichi
Inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi munosabatlar
Iqtisodchilarning fikricha, inflyatsiya va ishsizlik aniq munosabatlarga ega. Bu Angliya iqtisodiyot maktablaridan birining taniqli professori A. Filippning modelida tasvirlangan. 1861-1957 yillar oralig'ida o'z mamlakati bo'yicha ma'lumotlarni o'rganishga kirishdi. Natijada, u ishsizlik darajasi uch foizdan oshib ketganda, narxlar va ish haqining pasayishi boshlandi. Ushbu modelda bir muncha vaqt o'tgach, ish haqi o'sish sur'ati inflyatsiya ko'rsatkichi bilan almashtirildi. Professorning egri qisqa vaqt ichida inqiroz va ishsizlikning qarama-qarshiligini va tanlov imkoniyatini tanlash imkonini beradi. Qisqa muddat ichida tovarlar va xizmatlarning narxlarini oshirish, ish haqi, mehnatni ta'minlash va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantiradi. Inqirozni bostirganda, u ishsizlikka olib keladi.
Inflatsiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi:
1. Davlat o`z xarajatlarini o`z daromadi hisobidan qoplay olmay qolganholatda, muomalaga qo`shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi. Natijada muomaladaTovar va xizmatlar bilan taminlanmagan pul paydo bo`ladi, bu esa o`z navbatidapulning qadirsizlanishiga olib keladi.
2. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish pasayganda muomaladagi pul kamaymaydi, tovarlar miqdori esa kamayadi, ntijada narx oshadi pulqadri pasayadi.
3. Mamlakatda chetdan keltirilgan {emport} tovarlar narxining ko`tarilishi. Bu o`z navbatida mamlakatdaishlab chiqarilgan o`xshash va o`rinbosar tovarlar narxinioshiradi.
4. Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy nematlar yaratish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarga berilgan kreditlarning tez suratlar bilan o`sishi muomaladagi pul massasining ko`payishiga olib keladi.
5. Pulga nisbatan xalq ishonchining yo`qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko`payib ketishi, mamlakat to`lov balansi va boshqalar.
2. Inflyatsiyaning turlari va uning kelib chiqish sabablari
O`rmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin o`sadi va inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda iqtisodiy o`sish davom etadi, ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin.
Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sеzilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va AQSH da – 2 %, Gresiyada esa 4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga G`arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Sengapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi.
Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100%gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o``sish suratlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 % ni, O`zbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflatsiya darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik miqdori 1.6 % dan iborat bo`ldi.
Geperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib, uning yillik o`sish suratlari 100 % dan ko`p bo`lib, ayrim holatlarda 1000 % dan ham ortadi.
Narx-navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Geperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo`lsa xam, chetel valyutasini yig`ishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib bo`lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi.
Pul muomalasi izdan chiqadi. Geperinflatsiya suratlari 1985 yilda Boleviyada-38000 %, 1990 yilda Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 % ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda xam geper inflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya o`z cho`qqisiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan.
O`zbеkistondagi inflyatsiya bu mustakil hzbеkiston zaminida vujudga kеlgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobik SSSR da yuzaga kеlgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iktisodiy sababi davlat boshkaruvida iktisodga nisbatan siyosatga kup e'tibor bеrganidadir. Natijada ishlab chikarish sur'tlari tushib kеtdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bulib, tovarlarni ishlab chikarish uchun kup xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yukoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Fark davlat byudjеtidan koplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga utish natijasida (oziq ovqat va yoqilg`i rеsurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tеz sur'atlar bilan rivojlanib kеtdi.
Inflyatsiyaning kеlib chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi). Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an'naviy turi talab oshib kеtganda yuzaga kеladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib kеtadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`ri kеladi. Talab inflyatsiyaning yuzaga kеlish sabablari quyidagilardan iborat:
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi.
b) davlat qarzlarning o`sishi va byudjеt dеfitsitining mavjudligi. Byudjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qushimcha muomala vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi. O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qiska muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali ham qoplanmoqda.
v) Xalq xo`jaligiga ortiqcha krеditlar bеrish natijasida muomalada krеdit bilan bog`lik muomala vositalari yuzaga kеladi. Bular tovar va xizmatlarga bo`lgan talabni oshiradi.
g) Chеt el valyutasining mamlakatga kirib kеlishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chеt el valyutaning qadri oshadi.
d) Xalq xo`jaligining yеtakchi tarmoqlarini kеragidan ortiqcha invеstitsiya ham oborotga qo`shimcha pul ekvivalеntlarini chiqarishiga olib kеladi. Ishlab chiqarish bilan bog`liq (taklif) inflyatsiyasi. Bu inflyatsiyaning sabablari kuydagilar bulishi mumkin:
a) har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mеhnat unumdorligining pasayishi natijasida maxsulot ishlab chiqarishga kеtgan xarajatlar oshadi. Umuman xalk xo`jaligi bo`yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo`yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo`ladi ishlab chikarishga nisbatan kam mеhnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug`iladi. Natijada tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi,
v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib kеladi va yana ish haqi oshadi. va h.k. bu zanjir uzluksiz davom etish mumkin. Pulning qadrsizlanish darajasi alohida olingan mamlakatda har xil bo`lishi mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq; va u tеz o`tishi, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va “davolash” ham ko`prok vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 - 1984 yillarda baholar o`sishi sur'atlarni oladigan bo`lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan (Gеrmaniya), 71% (Jazoir) gacha bo`lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan (Xindiston), 153% ga (Argеntina) yеtgan2. Inflyatsiyaning namoyon bo`lishi har bir mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy xo`jalik faoliyatiga va xususiyatiga, milliy an'analariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog`liq.
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amеrika mamlakatlari -Argеntina, Braziliya, Pеru kabilar kiradi. Bu davlatlarga surunkali davlat byudjеta dеfitsiti, iktisodiy muvozanatning yukligi asosiy va oborot fondlar kiymatining doimo indеksatsiya kilinishi, milliy valyuta kursining chеt el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul kadrsizlanishining omillari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda surunkali byudjеt dеfitsitini emissiya yo`li bilan moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir nеcha ming foizga еtishi kuzatilgan. Argеntina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul kadrini yеmirib tashlashi natijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir nеcha million pul birligi zarur bo`lgan. 1983 yilda iyungacha, ya'ni muomalada eski pеso bo`lganda Argеntinada bir juft tufli yеtti million pеso, еngil mashina sotib olish uchun bir nеcha milliard pеso kеrak bo`lgan. Bu hol xisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik tug`dirgan. Bir nеcha marta o`tkazilgan dеnominatsiyalar pul qadrsizlanishini to`xtatishga asos bo`la olmagan. Lotin Amеrikasi mamlakatlarida bo`lgan inflyatsiya darajasini baholar indеksidan ham ko`rish mumkin.
Bu mamlakatlarda baholar indеkslari bir nеcha sonlardan iborat bo`lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda bahodar indеksi 842162 yoki bu ko`rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming marta oshganidek, Argеntina uchun shu indеks 436432250, bu baholar 436 ming marta oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma'lumotlari ko`rsatib turibdiki, 1990 yilda Nikaraguada tovarlar bahosi 8500%, Pеruda - 8291,5%, Braziliyada - 2359,9% ga oshgan. Ikkinchi guruh mamlakatlar: Kolumbiya, Ekvador, Vеnеsuela, Eron, Suriya kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo`qligi, moliyaviy siyosatdagi kamchiliklar - dеfitsitni moliyalashtirish, xalq-xo`jaligiga ko`p krеditlar ajratish inflyatsiyani bo`lishini ta'minlanmoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli xaraktеrga ega bo`lib, baholarning yillik o`sishi 30-40%. atrofida, ba'zida undan yuqori buladi. Inflyatsiya sur'atiga qarab jamg`armalar, to`lovlar bo`yicha indеksatsiya o`tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda. Uchinchi guruhga: Xindiston, Indonеziya, Pokiston, Tailand, Filippinlar kabi mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda chеklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo`lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur'ati 5-20% atrofida va qisman indеksatsiya o`tkazilib turiladi. Turtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Korеya, Baxrеyn, Arabistonda - iqtisodiy muvozanatning mavjudligi, inflyatsiya sur'ataarining sustligini ko`rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% tashkil qiladi va uni sudraluvchi inflyatsiya dеb qarash mumkin. Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat olib borildi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodi rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chеt el valyutasi tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda katta rol o`ynaydigan omil hisoblanadi. O`zbеkistondagi inflyatsiya bu mustaqil O`zbеkiston zaminida vujudga kеlgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kеlgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatansiyosatga ko`p e'tibor bеrganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur'tlari tushib kеtdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bulib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko`p xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjеtidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o`tish natijasida (oziq ovkat va yoqilg`i rеsurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqadi va tеz sur'atlar bilan rivojlanib kеtdi. Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 1.Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi:
·ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi.
· kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq foyda kеltiradi; baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vakqida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi.
3. Inflyatsiya sabablari
Inflyatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish, ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyagiga asosan pulning kadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga,chiqishi mumkin. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlara bo’lgan baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chikarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya xamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilantasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyot tarmoklari, jamg’arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo’jaliklarning pul massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagimutanosibli hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Xalqaro amaliyotda ikgisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadign omillar asosan ikki guruxga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar.
1. Ichki omillarni mohiyagiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi. davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko’payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy ikgisodiyog tarmoklari o’rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllantirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
2. Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron anik davlat rivojlanishiga ta’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu omilga dunyo mamlakatlarida yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, ensrgtetika, neft, valyuta inkirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omilni tashkari bironbir davlatning boshka davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini taxlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko’rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chikadi. Birinchi yo’nalishda maxsulotlar, ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxlarni asossiz ravishda o’sib ketishi tufayli pul qadrsizlana bopshaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid kilish kobiliyagi tushib ketadi. Ikkinchi yo’nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutaning kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar vaaholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki vaboshqalarni) jamg’ara boshlaydi. Uchinchi yo’nalishda oltinga bo’lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko’tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholi o’rtasida, oltinning to’planib kolishi amalgaoshadi. Odatda inflyatsiyani ikki ilgatalab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga ajratiladi. Talab inflyatsiyasi bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishab chiqarishning real hajm bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlardakelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq. Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, narx darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Narx o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas narxda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgankishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zikifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q. Bundan tashqari, narx ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payibketadi, natijada narx yana osha boshlaydi. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning miq-dori o’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1. Sokin inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladian xizmatlarga bo’lgan narxnavolar yiliga o’rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkii. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pulbirligining xarid qilish qobiliyati saklanib turadi.
2. Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iktisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu xolatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxiavolar yiliga o’rtacha 10% dan 100% gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko’payadi va milliy pul birliginnng xarid qilish kobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o’rtasida milliy pul birligini jamg’arishi emas, balki oltin, ko’chmas mulk holatida jamg’arishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik darajada oshadi. Ushbuxolatda milliy ikgisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlabchikarish va bozor boshkaruvsiz faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo’lidagi kogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilanta’minlanmagan ortiqcha qogozpullarini to’lib toshishigaolib keladi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo’lib o’zaro mahkam bog’langan bo’ladi va narxining ko’tarilib borishi bilangiia namoyon bo’lib qolmaydi, balki narxni boshqarilishiga ham bogliq bo’ladi. Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltinva kumush metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar hamsabab bo‘ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi vasifatining pastligi, byudjet soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo‘ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o‘ta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohagaaylanib boradi. Muomala jarayoni ko‘p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanzmi o‘z- o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning ta’sirida jamg‘armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab – mamlakatda bozor mexanizmlarining to‘liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo‘lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi muomalaga qo‘shimcha pullar chiqarish yo‘li bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi. Ikkinchi sababi–asossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Uchinchi sababi mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Yuqorida ta’kidlangan inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar faqat bizning davrimizgagina xos bo‘lgan holat bo‘lmasdan, ushbu holatlar turlicha ko‘rinishda uzoq tarixda ham mavjud bo‘lgan.
4. Inflyatsiyaning ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat
Inflyatsiyaga qarshi siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. Inflyatsiyaga qarshi siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaga qarshi siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Yalpi talabni tartibga solish;
2. Yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va,ishsizlikni kamaytiradi. Ammo bunday inflyatsiyaga qarshi siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. Inflyatsiyaga qarshi siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi. Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarishkeskin pasayishi va,bandlilik qisqarishi mumkin. Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli, u qisqa muddatda samara berishi zarur. Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan inflyatsiyaga qarshi siyosatining yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi. Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish sur’ati 20,30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi. Inflyatsiyaga qarshi siyosatining monetar usullargamuqobil bo’lgan variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishi ni muvofiqlashtirishni (adaptiv siyosat ) ko’zda tutadi Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi.
Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi. Inflyatsiyaga qarshi siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya jarayonlarining xususiyatiga, bog’liq.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini;
- pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini;
- “inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.
Inflyatsiya va inflyatsionkutilmalar. Joriy yilning noyabr oyida inflyatsiya darajasi pasayishda davom etdi va yillik 11,3 foizni tashkil etdi. Shuningdek, yoz mavsumida narxlar o'sishining sezilarli sekinlashishidan so'ng sentyabr oyining oxiridan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o'sishining ma'lum darajada tezlashishi kuzatildi. Bunda asosan meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy o'zgarishi hamda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taklifidagi uzilishlar va sust raqobat sharoitlari ushbu tovarlar narxlarining o'sishiga olib keldi. Xususan, noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o'sishi yillik hisobda 16,3 foizni tashkil etdi. Bunda 2019 yil noyabr oyiga nisbatan go'sht mahsulotlari 17,7 foizga, meva va sabzavotlar 18,5 foizga, non mahsulotlari 16 foizga qimmatlashdi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlarining o'sish sur'atlari esa umumiy inflyatsiyadan sezilarli darajada past bo'lib, mos ravishda 8,3 foiz va 6,5 foizni tashkil etdi. Natijada yillik bazaviy inflyatsiya darajasi sekinlashishda davom etib, 11,5 foizgacha pasaydi.
Joriy yilning noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari biroz pasaygan bo'lsa, tadbirkorlik sub'ektlarining kutilmalari aksincha ortdi. Tadbirkorlikning bir qator sohalarida inflyatsion kutilmalarning o'sishi qish mavsumida an'anaviy energiya resurslari (tabiiy gaz, elektr energiyasi) ta'minotidagi uzulishlar bois ishlab chiqarish xarajatlarning oshishi va taklif hajmi pasayishining kutilayotganligi bilan izohlanadi.
Iqtisodiy faollik. Joriy yil yanvar-oktyabr oylari yakunlariga ko'ra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bir qator asosiy ko'rsatkichlari yaxshilanishda davom etdi. Xususan, oktyabr oyi yakunlari bo'yicha yillik sanoat ishlab chiqarish hajmining pasayishi 1,6 foizni tashkil etgan bo'lsa (yanvar-sentyabr oylaridagi pasayish 2,7 foiz), chakana savdo aylanmasining ijobiy o'sish ko'rsatkichlari 1,2 foiz darajasigacha tiklandi. Xizmat ko'rsatish va qurilish sohalarida bajarilgan ishlar hajmi o'sishi mos ravishda 2,2 foiz va 9,1 foiz darajasida bo'ldi.
Tahlillarga ko'ra, qisqa muddatli davrda iqtisodiy o'sish o'z potensial darajasidan past bo'lishi kutilmoqda. Bu talab hamda taklifning bosqichma-bosqich tiklanib borishi, shuningdek, ayrim iqtisodiyot tarmoqlarining to'liq tiklanishi uchun uzoqroq muddat talab etilishi bilan izohlanadi.
Iqtisodiy faollikning operativ ko'rsatkichlari bosqichma-bosqich tiklanish tendensiyasini namoyon etmoqda. Xususan, bank to'lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy soni joriy yil oktyabr oyida o'tgan oyga nisbatan 7,3 foizga, noyabr oyida esa 1,1 foizga oshdi.
Savdo va pullik xizmatlar sohasida bank kassalariga pul tushumlari hajmi noyabr oyida oktyabrdagi ko'rsatkichdan 1,4 foizga kamayib, 14,3 trln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, o'tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 11,8 foizga oshdi.
XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi. Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilishnatijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborg oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak: misol uchun Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan bo`lsak buyerdagi 7-8% lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. Bazdnikin A.S. Narxlar va narxlar: darslik. nafaqa. - M .: Yurayt, 2012 .-- 332 b.

  2. Veselova N.V. Makroiqtisodiyot (ilg'or daraja). Elektron o'quv qo'llanma. - Nijniy Novgorod: Nijniy Novgorod davlat universiteti, 2012 .-- 135 p.

  3. Manevich V. Monetar dinamik Tobin modeli va tahlili Iqtisodiy masalalar. - 2009. - No 3. - 108 b.

  4. Inflyatsiya prognozlari // CBR.RU: ezhedn. onlayn nashr. 2013 yil 10 sentyabr URL: http://www.cbr.ru/pw.aspx=4633 (kirish sanasi: 18.10.2013).

  5. 2015 yilgacha bo'lgan davrda davlat rivojlanish strategiyasi V.I. rahbarligida Rossiya Federatsiyasi Davlat kengashi ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan hisobot. Ishaeva: ofitser. matn. // Rossiya iqtisodiy jurnali. - 2011. - 1-son. - 37 b.

  6. Titova N.E. Iqtisodiy fanlar tarixi: ma'ruzalar kursi. - Minsk: Boshqaruv akademiyasi, 2012. - 280 p.

  7. Iqtisodiy nazariya... Makroiqtisodiyot. O'tish davridagi iqtisodiyot: Qo'llanma... 2 soat ichida / jami kamroq. ed. B.I. Gerasimov va N.S. Kosovo. —Tambov: TDTU nashriyoti, 2011. - 2-qism. - 204 b.

  8. Iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod): Darslik / Jami. ed. prof. Texnika fanlari doktori G.P. Juravleva - 5-nashr. - M .: INFRA-M, 2011 .-- 864 b.

Yüklə 334,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin