WWW.ARXIV.UZ
Dunyoqarash Inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi,tushunishi,bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari,bilimlari asosida shakllangan turli mazmun va darajadagi umumlashmalar tizimidir
Dunyoqarash
Kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari va tasavvurlari majmuasidir.
Dunyoqarash – bu olam haqidagi yaxlit umumlashtirilgan ilmlar to’plami.
Dunyoqarash tushunchasi “ dunyoni his qilish”, “dunyoni tushunish” iboralari bilan uzviy bog’liqdir.
Dunyoqarash tushunchasi “ dunyoni his qilish”, “dunyoni tushunish” iboralari bilan uzviy bog’liqdir.
Dunyoqarash faqatgina insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir.
Ilmiy dunyoqarash turli kiasb egalarida turlicha –to’laroq, mukammalroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo’lishi mumkin.
Kishining o’rab olgan moddiy dunyo, predmet va hodisalarning ongimizda aks etishidir.Hissiy bilish sezgidan tasgqari, hissiy qabullash tasavvur kabi shakllariga egabo’lib, ular hamvoqea va hodisalarni chuqur bilishga xizmat qiladi.
SEZGI
Mifologik dunyoqarash
Ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich davriga xos bo’lgan xalq og’zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir. Mifologik ( yunoncha- mifos- naql, rivoyat, logos-tushuncha, ta’limot) dunyoqarash- ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlangich davriga xos bo’lgan xalq og’zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir
Diniy dunyoqarash-olamdagi voqea va hodisa sabablarini,insonning orzu-umidlarini ilohiy kuchlar,oldindan belgilangan qismat,taqdir bilan bog’lab tushunishdir.
Falsafiy dunyoqarash-dunyoni, borliqni aqliy jihatdan mantiqiy, izchil umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir
Dunyoqarash pedagogik jarayonda ham asos bo’lib xizmat qiladi. Bilimlarni egallash murakkab jarayon bo’lib, u insondagi eng avvalo fiziologik jihatdan barkamollikni, ya’ni 5 asosiy sezgi organlarini bus-butun bo’lishini hamda bilim olish uchun tinimsiz mashq qilishni talab etadi. Inson tafakkuri vositasida ilm egallaydi, ilm tufayli dunyoni biladi va uni boshqaradi, tasbiatniu o’ziga moslashtiradi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish avvalo, maktablarda o’qitiladigan tabiiy-ilmiy, aniq fanlarning, shu bilan birga adabiyotning, xalq og’zaki ijodi, ertak hikoya va qissalarning ahmiayti beqiyosdir.
Yosh avlodni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamda davrlarda millatning ig’or kishilari diqqat markazida bo’lib kelgan. Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davrning o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo’shganlar. Bilim olish, albatta, yoshlikdan boshlanadi. “Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqshdir”,- deydi dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix sahifalatidan, xalqimizning qalbidan o’chmaydi.