Fan: Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari ma’ruzachi: dots. G. M. Davronova



Yüklə 28,01 Kb.
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü28,01 Kb.
#175311
  1   2   3   4   5   6   7   8
3 mavzu Mus o\'qitish met Умумдидактик мусиқий таълим тамойиллари

Fan: Musiqa o’qitish metodikasi VA MAKTAB REPERTUARI

Ma’ruzachi: dots. G.M.Davronova

3- mavzu: Musiqa o‘qitishda umumdidaktik, musiqiy ta'lim tamoyillari. Musiqiy ta'lim asoslari

  • 3- mavzu: Musiqa o‘qitishda umumdidaktik, musiqiy ta'lim tamoyillari. Musiqiy ta'lim asoslari
  • REJA:
  • Musiqa pedagogikasida musiqa didaktikasining asosiy mazmuni.
  • Umumdidaktik prinsiplarining ahamiyati.
  • Musiqa ta’limining o’ziga xos prinsiplari.

Talabalarga musiqiy ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish ishlari yaxlitlikda olib borilishi musiqa pedagogikasining eng muhim qonuniyatlaridir.


Musiqa pedagogikasida musiqa didaktikasining quydagi asosiy mazmuni, bo‘limlarga ajratish mumkin: musiqa o‘qitish jarayoni, musiqa o‘qitish tamoyillari, musiqa ta’limi mazmuni, musiqa o‘qitish metodlari, musiqa o‘qitish shakllari,
Musiqa o‘qitish jarayoni- bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi o‘zaro harakati bo‘lib, bu jarayonda musiqa ta’limi, tarbiyasi va shaxsning musiqa madaniyatini rivojlantirish amalga oshiriladi. Bu jarayonning asosiy tarkibiy qisimlari — o‘qitish (bu o‘qituvchi faoliyati) va o‘qish (o‘quvchi faoliyati) hisoblanadi. Ularning didaktik o‘zaro ta’sirisiz musiqa o‘qitish jarayoni bo‘lmaydi.
Musiqa o‘qitish jarayoni musiqa o‘qitish qonuniyatlari ya’niy tamoyillariga mustahkam tayanishi lozim.
Musiqa o‘qitish tamoyillari- eng muhim musiqiy-didaktik (didaktika ) qoidalar va talablar tizimini o‘z ichiga oladi, ularga rioya qilish musiqiy o‘quv jarayonining samarali kechishini ta’minlaydi.
- musiqa o‘qitish o‘quvchilarning tabiiy iste’dodlari, iqtidori va ulardagi mavjud musiqiy qobiliyatlarga bog‘liqligi;
- musiqani qabul qilish, eshitish, ovoz va ijrosini rivojlantirishning bir butunligi;
- hissiy, badiiy va texnik, shakl va mazmun kabi jihatlarning o‘zaro ta’siri va birligi;
- jamoaviy va yakka musiqiy mashg‘ulotlar, musiqiy va umumta’lim fanlarining o‘zaro bog‘liqligi;
- musiqiy qobiliyatlar (tovushning baland-pastligini, ritm, lad, tembr, kuchini, kuy, ko‘povozlilik, aniq ijro, musiqiy xotiraning xususiyati, shakli, mazmunini his etish) ni uyg‘un holda rivojlantirish.
Musiqa ta’limining mazmuni (da) musiqiy bilimlar, ko‘nikmalar, malaka va pedagogik tizimidan iborat bo‘lib, ularni o‘zlashtirish o‘quvchilarning musiqa madaniyati va musiqiy qobiliyatlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Musiqa o‘qitish metodlari — bu o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning musiqa ta’limi masalalarini hal etishga qaratilgan (uslublari, yo‘llari) tartibga solingan o‘zaro bog‘lik, faoliyat tarzi hisoblanadi.
Musiqa o‘qitish shakli - deb musiqa o‘qituvchisi va o‘quvchilarning belgilangan va muayyan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatiga aytiladi.
Musiqa o‘qitishning asosiy shakli musiqa darsi hisoblanadi.
Umumiy musiqa tarbiyasi tizimida bu musiqa mashg‘ulotlari (bolalar bog‘chasida) yoki musiqa darslari (umumta’lim maktablarida), maxsus musiqa ta’limidagi guruh, mashg‘ulotlari, unda musiqa mashg‘ulotlari doimiy tarkibdagi, bir xil yoshdagi va tayyorgarlik darajasidagi o‘quvchilar guruhi bilan muayyan vaqt davomida va belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi.
1. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o`rganiivchi qismidir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, «didayko» - o’qitish. «didaskoya» - o’ rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan. «Didaktika» - ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi tal’im jarayonining tushunchasi va mohiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi. Didaktika o’z oldiga o`qitishning o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo’yadi. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Demak, didaktika «nimaga o’qitish». «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi.

Yüklə 28,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin