2-savol
Fan sohasi bо‗yicha ilmiy tadqiqot olib borish ilmiy maqomining
asosiy belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin;
1. sohaviy va obyektliligi. Bu yerda fan biror sohaga tegishli
va albatta, о‗z obyektiga egaligi nazarda tutiladi;
2. fan qamrovi. Fan sohasi о‗zining qamroviga ega bо‗lishi,
uning belgilangan chegaralarining mavjudligi;
3. faoliyat vositalarining mavjdligi. Fanning obyekt bilan
ishlashi uchun biror vositasining mavjud bо‗lishi nazarda
tutiladi, masalan, axborot texnologiyalari axborot tashkil
etuvchisi ma‘lumotga ishlov berish, uzatish va qabul qilish
matematik va texnik vositalariga ega;
4. tadqiqot usullarining mavjudligi. Jarayonni о‗rganish
usullari, obyektga ishlov berishning fizik va matematik
usullari nazarda tutiladi;
5. ilmiy tadqiqot olib boruvchi subyektning mavjudligi. Bu
yerda tadqiqotchi nazarda tutiladi, uning mavjud
bо‗lmasligi fanning yuritilishiga asosiy tо‗siq hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot olib borish asosiy tamoyillari bilan bir qatorda ilmiy
bilishning о‗zining tuzilmasiga tо‗htalib о‗tish о‗rinli. Bunda tadqiqotchi
dastlab muammo tо‗g‗risida yetarli tasavvurga ega bо‗lishi lozim. Bu
bilim tadqiqotchining muammo obyektini va masalasini tо‗la tasavvur
qilish imkonini beradi. Ushbu muammo va masalalarni yechish uchun.tadqiqotchi biror usullar majmuasiga ega bо‗lishi kerak. Bu usullar
mantiqiy, fizik yoki matematik kо‗rinishda bо‗lishi mumkin. Mazkur
element asosida yechimga eltuvchi yо‗l shakllantiriladi. Mazkur
elementlarni ishlata olish uchun tadqiqotchi obyekt yoki sohani bilishi
lozim. Bu bilim va kо‗nikmalar yо‗nalish bо‗yicha bakalavriyatda
umumta‘lim va mahsus fanlar sifatida о‗zlashtiriladi. Ilmiy faoliyat olib borishda eng asosiy yо‗naltirilish bu ilmiy
tadqiqot olib borish hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot – bu yangi ilmiy
bilimlarni olishga yо‗naltirilgan maxsus faoliyat bо‗lib, uni keyinchalik
amaliyotga qо‗llash mumkin bо‗ladi. Ilmiy tadqiqot olib borish biror
obyektga yо‗naltirilgan bо‗ladi va uning tarkibiy elementlari (ichki
qonuniyatlari) predmetda mujassamlashgan bо‗ladi.
Ilmiy faoliyat о‗zida nazariy fiklash, vosita tanlashdagi ijodkorlik,
yangi bilimlarni hosil qilish, ilmning istiqbolini aniqlovchi
bashoratlashni amalga oshirishlarni mujassamlashtiradi. Ilmiy faoliyat
hususiy holatda obyektli va muammoviy bilimlarni olish, aniq
muammoni yechish, tushunish jarayonlari majmuasidan iborat bо‗ladi.
Ilmiy
tadqiqotlar
yо‗naltirilganligiga
(maqsadiga)
qarab,
fundamental (fanning asosini tashkil etuvchi nazariy tadqiqotlar
jamlanmasi), amaliy (amaliy masalalarni yechishga yо‗naltirilgan)
hamda innovatsiya (tadqiqot natijalari joriy etish maqsadiga
yо‗naltiriladi).
Ilmiy tadqiqot obyekti - ilmiy tadqiqot yо‗naltirilgan tashqi borliq
hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot predmeti ilmiy tadqiqot obyektini tadqiq
qilishda
foydalaniladigan
tushunish
vositalarini
о‗zida
mujassamlashtiradi. Ilmiy tadqiqot maqsadi biror masalani yechishga
yо‗naltirilgan ilmiy faoliyat. Unda masala va uni yechish orqali natija
aniq kо‗rsatiladi.
Ilmiy tadqiqotning umumlashgan rejasi quyidagicha bо‗lishi
mumkin:
• Asosiy maqsadni aniqlash;
• Muammoviy holatni tavsiflash;
• Muammoviy holatni dastlabki tahlilini amalga oshirish;
• Ilmiy muammoni ifodalash;
• Ilmiy farazni hosil qilish;
• Axborotni yig‗ish va tasniflash;
• Ilmiy nazariyani ishlab chiqish.
6-savol
Fan tushunchasi kо‗pqirrali hisoblanadi. Bir tomondan, fan sifatida
bizni о‗rab turuvchi olamni hatti-xarakatlari qonuniyatlari tо‗g‗risidagi
tushunchalar tizimini tushunish mumkin. Boshqa tomondan, fan
tushunchasi о‗zida tabiat, jamiyat va fikrlash bо‗yicha yangi bilimlar
olishga yо‗naltirilgan tadqiqot faoliyati sohasini qamrab oladi. Shu bilan
birga ba‘zida fan sifatida voqeylikning ijtimoiy ongdagi inikosi bо‗lgan
ijtimoiy bilish kо‗rinishidagi insoniyatning tajribalari majmuasini
tushunish mumkin.
Mazkur kо‗rinishdagi faoliyat jamiyatda mehnatning taqsimlanishi
orqali yuzaga kelgan. Jismoniy mehnatdan aqliy mehnatning ajralishi
jamiyatda о‗ziga hos bо‗lgan faoliyat turini bilan shug‗ullanuvchi
insonlar guruhini hosil bо‗lishiga olib keldi.
Insoniyat tarixida rо‗y bergan ilmiy-texnika inqiloblari natijasida
ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich mashinalashuvi fanning
jamiyatdagi о‗rnini о‗sishiga olib keldi. Mazkur soha vakillariga
nisbatan
munosabatning
ham
о‗zgacha
kо‗rinishi
jamiyat
munosabatlariga ham о‗zgartirish kiritdi. Ilmiy-texnika revolyusiyasi
sharoitida fanning tubdan qayta qurilish jarayoni yuz bergan. Bu fanning
bо‗layotgan о‗zgarishlarni aks ettirish va unga xizmat qilish emas,
balkim uni 100 yilliklar ilgarilab ketishiga olib kelgan. Bu esa fanni
hamisha taraqqiyotning xarakatga keltiruvchi kuchi sifatida qaralishiga
olib kelgan.
Moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiyot yoki siyosatda, boshqaruv
sohasida va ta‘lim tizimida rivojlanishga erishish uchun ilmiy
yondashuvning zarurati fanni rivojlantirish boshqa sohalarni
rivojlantirishdan ustuvor hisoblangan.
Zamonaviy jamiyatning barcha jabhalarining rivojlanishi bevosita
fan va texnika ta‘siri ostida yuz bergan. Hozirda fan jamiyat kuchining
asosiy belgilovchi mahsuldor kuchi bо‗lib qolmoqda. Fanlarni tasniflash
fanni ilmiy bilimlar tizimi kо‗rinishdagi rivojlanishi tendensiyalari bilan
uzviy bog‗liq hisoblanadi. Fanning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari
sifatida quyidagilarni e‘tirof etish о‗rinli:
1. fanning diffirensiallashuvidan uning integratsiyalashuviga
о‗tish;
2. funksionalligidan qismiy tegishlilikka о‗tish.
О‗rganilayotgan obyektning о‗ziga hos hususiyatlariga asoslanib
fanni tabiiy, gumanitar va ijtimoiy, texnik kо‗rinishlarga ajratish
mumkin.
Tabiiy fanlar moddiy olam obyektlarini о‗rganadi. Gumanitar va
ijtimoiy fanlar insonning ma‘naviy va ijtimoiy sohadagi faoliyatlari
obyektlarini о‗rganadi. Texnika fanlari tabiiy jismlarni о‗zgarish usullari
va texnik obyektlardagi jarayonlar, obyektlarning о‗zi va ularning
faoliyat kо‗rinishlarini о‗rganadi.
Tabiiy fanlarga fizika-matematika, kimyo, yer haqidagi fanlar,
biologiya, meditsina biologiyasi, qishloq hо‗jaligi fanlari kiradi.
Gumanitar va ijtimoiy fanlar о‗ziga tarix fanlari, davlatlar va xalqlarning
rivojlanish nazariyasi, tilshunoslik, madaniyatshunoslik, pedagogika,
sotsiologiya, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, huquq, psixologiya va shu
kabi fanlar kiradi.
Barcha aniq fanlar uchun quyidagi о‗ziga hos belgilar ajratiladi:
1. asosiy qonuniyat, asoslanish, qoidalar mantiqiy zid
bо‗lmasligi;
2. qonunlar, qoidalar, xulosalar tajribaviy tadqiqot dalillari
bilan asoslanganligi;
3. asosiy holatlar, teoremalar, asoslashlar, formulalar va
h.k.lar tо‗liq isbotlangan (mantiqiy yoki matematik)
bо‗lishi;
4. boshqa fanlarga zid bо‗lmasligi;
5. natijalarning amaliy ahamiyatliligi va zaruriyati;
6. bashoratlanayotgan va tahmin qilinayotgan samaralarning
qayta shakllantirilishi;
7. munozaraga ochiqlilik, qolib ketgan holatlarni qayta kо‗rib
chiqish mumkinligi. Ahamiyatga ega bо‗lmagan belgi:
ilmiy konseptning ilmiy muhit va uyushma tomonidan tan
olina borilishi.
1-savol
Birinchi fan-texnika inqilobi XV-XVI asrlarga tо‗g‗ri keladi. Bu
davr ishlab chiqarishga mexanika ishlanmalarini
joriylashtirish
bilan
kechdi.
Ilmiy
dunyoqarashlar ham mazkur о‗zgarishlar bilan
bir qatorda yangilana boshladi.
Albatta, poydevor qadimgi dunyo olimlari
qо‗ygani kabi ularning ustiga qurila boshladi.
Davrning kо‗zga kо‘ringan g‗oyalari borliqni
yer va yulduzlardan yuqoriroqqa galaktikalarga
olib chiqdi.
Tarixdan ma‘lumki bir qator olimlar bu
borada о‗z tadqiqotlarini olibborgan, masalan
Nikolay
Kopernik
(1473-1543yy.)
tadqiqotlarida planetalar xarakatini kuzatgan va
qarashlarini
Geomarkaz
nazariyasida
mujassamlashtirgan. Kun va tun almashinuvini
ilmiy asoslagan. 1616 yilda nazariyalariga
cherkov tomonidan ta‘qiq qо‗yilgan. 1835yilga
kelibgina ushbu cheklovlar olingan.
Tixo Brage (1546-1601yy) о‘z qarashlarini
borliqning cheksizligiga asoslagan.
Jordano Bruno (1548-1600yy) borliqning
yagona emasligi hamda markaz yagona
bо‗lmasligini asoslab bergan.
Ikkinchi fan inqilobi XVII-XVIII asrga
tо‗g‗ri kelib, uning asosida keng miqiyosda
borliq qonuniyatlari kashf etilib, koinot va yer
hatti-xarakatlari bog‗liqliklarini
о‗rganishga
bag‗ishlandi.
Ushbu
fan-texnika
inqilobi mexanik qurilmalarni keng quloch yoyishiga hamda uni keng sanoat
masshtabida qо‗llanilishiga olib keldi.
Bu davr о‗ziga hos bо‗lgan olimlarni duyoga taqdim etdi.
Jumladan, Galileo Galiley (1564-1642yy.) nisbiylik tamoyili
(qonunimas!)ni ishlab chiqdi. Ilk tajriba asosida holatlarni qayta kо‗rib
chiqqan. Bir qator osmon jismlarini kashf etgan.
Iogan Kepler (1571-1630 yy.) astronomik xarakatlar asosida samo
mexanikasiga asos soldi. Uning ishlari ham о‗z vaqtida cherkov
tomonidan ta‗qiqiga uchragan.
Rene Dekart (1596-1650yy.) analitik geometriya asoschisi
hisoblanadi.
Isaak Nyuton (1643-1727 yy.) an‘anaviy (klassik) mexanika
asoschisi hisoblanadi.
Uchinchi fan-texnika inqilobi XVIII-XIX asrlarni qamrab oladi.
Ushbu davr fan-texnikaning
rivojlanishida dialektizatsiyani
old planga olib chiqdi. Bu davr
fanni boshqa diniy va siyosiy
qarashlardan ajratishga olib
keldi. Bir mashhur olimlar
aynan shu davr mevalaridan
hisoblanadi.
Ularga Immanuil Kant
(1724 – 1804 yy.) dunyoning
rivojlanayotgan kо‗rinishini shakllantirdi. Borliqning boshlanishi
tumanlikdan iborat bо‗lganligini asoslab berdi. Bu fikr bilan dialektik
falsafiy qarashga asos soldi.
Pyer Simon Laplas(1749-1827yy.) ikki qutbli bо‗lmagan
nazariyani ilgari surgan (Kant-Laplas nazariyasi).
Jorj Kyuvye (1769-1832yy.) falokatlar nazariyasi asoschisi bо‗lib,
u yerning har-bir rivojlanish bosqichini yerdagi katta falokati boshlab
berishini ta‘kidlagan.
Jan Batist Lamark (1769-1832yy.) tashqi muhit ta‘siri ostidagi
о‗zgarishlar organizm tomonidan qabul qilinsa u irsiy bо‗ladi va yangi
tur hosil bо‗ladi. Evalyusion о‗zgarishlarni tushinish va bilish
yondashuvi asoschisi hisoblanadi.
Charlz Robert Darvin (1809-1882yy.) tabiiy tanlanish nazariyasi
asoschisi. Uning ta‘limotiga kо‗ra biror tur boshqa turning rivojlanishi
natijasida hosil bо‗ladi. Masalan maymunning ma‘lum bir turining rivojlanishi aqlli odamning vujudga kelishiga olib kelgan. Ushbu
ta‘limotning tarafdorlari va qarshilari ikki frontga bо‗linishi hozirgi
kunda ham mavjud.
Mattias Shleyden (1804 – 1881yy.) barcha о‗simliklar
hujayralardan tashkil topadi degan bо‗lsa, Teodor Shvann (1810 –
1882yy.) Shleyden goyasini jonivorlarda ham bо‗lishini asosladi.
Robert Mayer (1814 – 1878yy.) ximik va issiqlik xodisalari
orasidagi bog‗liqlikni topgan bо‗lsa, Jeyms Preskott Joul (1818 –
1889yy.) energiyaning saqlanish va bir turdan boshqa turga о‗tish
qonuni topgan.
Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834 – 1907yy.) kimyoviy sanoat
sakrashiga olib kelgan kimyoviy elementlarning davriy qonuniyatini
shakllantirdi va uni Mendeleyev jadvalida aks ettirdi.
Antuan Loran Lavuazye (1743 – 1794yy.) kislorodni yonishi
ahamiyatini tushuntirib berib, ichki yonuvchi qurilmalar uchun asos
bо‗luvchi qonuniyatni topib bergan.
Mixail Vasilyevich Lomonosov (1711 – 1765yy.) kо‗pgina
mexanik qurilmalar uchun asos bо‗lgan kinetik nazariya asoschisi
hisoblanadi. Issiqlik kuchiga qarab molekulalar xarakat tezligi
belgilanishi asoslangan.
Andre Mari Amper (1775 – 1836yy.) elektromagnit maydoni
ixtirochisi bо‗lib, yangi elektrning kashf etilishi va keng omma
iste‘moliga yо‗l ochib berdi.
Bir qator olimlar guruhi mavjudki, ularning qarashlari butun
dunyoning mexanik kо‗rinishini inqirozga yuz tuttirgan.
Sharl Ogyust Kulon (1736 – 1806yy.) elektr zaryadlari о‗zaro
ta‘siri qonuniyatini ishlab chiqdi.
Maykl Faradey (1791 – 1867yy.) fanga elektromagnit maydon
tushunchasini kiritgan.
Jeyms Klerk Maksvell (1831 – 1879yy.) elektromagnit maydon
nazariyasini matematik asoslagan.
Genrix Rudolf Gers (1857 – 1894yy.) Maksvelning nazariyasini ilk
bora tajribada kо‗rsata olgan olim hisoblanadi.
5-savol.
O‗zbekiston Respublikasi hududida XX-XXI asrlarda rivojlanish
ilmiy ustqurmasi asosan Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot
muassasalari hissasiga to‗g‗ri keladi. Bu tashkilot to‗g‗risida ham
qamrovli bilimga ega bo‗lish o‗rinli.
О‗zbekistonda XX asrda zamonaviy respublikamiz hududi
kо‗rinishida davlat shakllantirilgan.
О‗tgan asr boshlarida yuz bergan
inqilobiy о‗zgarishlar yangi davlat
tuzumi vujudga kelgan sobiq ittifoq
respublikalarida yagona ittifoq Fanlar Akademiyasi tarkibida vujudga
keltirilgan Fanlar akademiyalari fan sohalari bo‗yicha tadqiqot ishlari
faol yo‗lga qo‗yildi. Hususan, O‗zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi 1943 yil 4 noyabrda tashkil etilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (O‗zR FA) 70 yillik
faoliyati davomida mamlakatning eng yirik, obro‗li va ahamiyatga molik
ilmiy tashkiloti bo‗lib kelmoqda. O‗zR FA: keng miqyosli fundamental
va amaliy tadqiqotlar; respublika uchun ustuvor ilmiy-texnik dasturlar
va innovatsion loyihalar; yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;
tadqiqotlar natijalari va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq
etish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bu esa mamalakatning ijtimoiyiqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy salohiyatini oshirish imkoniyatini
beradi.
Fanlar akademiyasi tashkil etilishining dastlabki
bosqichlarida ilmiy salohiyat, asosan, shakllantirilgan – ilg‗or ilmiy
maktablar, ko‗plab ilmiy-tadqiqot institutlari va bir qator noyob ilmiy
majmualar va obyektlar tashkil etilgan edi. Ammo akademik fan ko‗p
hollarda O‗zbekiston uchun dolzarb bo‗lmagan muammolarni hal
qilishga qaratilgan edi.
O‗zbekistonning mustaqillikka erishuvi akademik fanning
taraqqiyotida yangi, jo‗shqin davrni boshlab berdi, uni yangilanish va
rivojlanishning sifat jihatdan yangi bosqichiga ko‗tardi. Bu fan va
texnika sohasidagi yangi tarixiy hodisalar talablariga javob beradigan
izchil davlat siyosatini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish evaziga
amalga oshirildi.
Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va
respublika hukumatining fan sohasiga aloqador o‗nlab farmon va
qarorlari qabul qilindi, ular nafaqat to‗plangan ilmiy bilimlarni saqlab
qolish va qo‗llab-quvvatlash, balki uni bevosita respublikani
rivojlantirishning dolzarb ilmiy-texnik muammolarini hal qilishga
yo‗naltirish imkonini berdi.
O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida O‗zR FAda
o‗tkazilgan tub islohotlar respublika uchun ustuvor ilmiy yo‗nalishlarni
shakllantirish, ilmiy muassasalar loyihalarini davlat dasturlari doirasida
moliyalashtirishning tanlov-grant tizimiga o‗tish va yangi sharoitlarda
tadqiqotlar olib borish, ilmiy kadrlarni tayyorlash imkoniyatini berdi.
Bugungi kunda O‗zR FA tarkibida 32 ta muassasa mavjud (23 ta
yirik institut, idoralararo ilmiy markaz, MKTB, to‗rtta muzey, ikkita
institutdan iborat Qoraqalpog‗iston mintaqaviy bo‗limi va Xorazm
Ma‘mun akademiyasi).
O‗zR FAning kadrlar tarkibi iqtidorli yosh tadqiqotchilarning
yangi avlodi hisobiga sifat jihatdan yangilandi. Respublika akademik
fanining eng sara tarkibi akademiyaning 80 nafar haqiqiy a‘zolaridan
iborat. Tadqiqotlar 5200 nafar xodim, shu jumladan, 370 fan doktori va
900 fan nomzodi tomonidan olib borilmoqda, 200 nafar katta ilmiy
xodim-tadqiqotchi ta‘lim olmoqda.
O‗zR FAda mamlakatni rivojlantirish vazifalari talablariga javob
bera oladigan yangi muassasalar tashkil etildi:
- gen texnologiyalari yordamida paxta, bug‗doy va boshqa
o‗simliklarning transgen navlarini olishga mo‗ljallangan Genetika
instituti va Idoralararo genomika va bioinformatika markazi;
- 1000 kVt quvvatli katta quyosh pechi va o‗ta toza hamda
issiqbardosh materiallar olishning yangi yuqori haroratli
texnologiyalariga ega Materialshunoslik instituti
6-savol
Ilmiy bilish о‗zida ma‘lum tabiati, tuzilmasi va hususiyatiga ega
ilmiy tadqiqotni mujassamlashtiradi. Ilmiy bilish obyekt hodisaning
hususiyatiga kо‗ra bajaradigan hatti-xarakatlarini biror qonuniyatga
tayangan holda о‗rganish, tahlillash va qayta faollashtirish kо‗nikmasini
hosil qilish imkoniyatini beruvchi xarakatni tushunish о‗rinli.
Tadqiqot maqsadida о‗rganilayotgan obyekt о‗zining ichki
tuzilmasiga va ma‘lum bir qoidalarga asoslangan jarayonlariga ega
bо‗ladi. Ilmiy bilish aynan mazkur ichki yashirin bog‗liqliklar va
qonuniyatlarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladi. Ilmiy bilishni
amalga oshirish о‗zining maxsus uslubiyatiga ega bо‗ladi.
Uslubiyat – maqsadni topishga yо‗naltirilgan hatti-xarakatlar
ketma-ketligi, ya‘ni algoritmi bо‗lib, u о‗zida maqsadga erishish
yondashuvlari, usullari, uslublari va tamoyillari majmuasini
mujassamlashtiradi.
Ilmiy bilishning nazariy va amaliy maqsadlari bо‗ladi. Nazariy
maqsadlar - ideal bilim modellari bо‗lib, ushbu maqsadlar real masalaga
aylantirilganda о‗z mazmunini о‗zgartirishi ham mumkin. Amaliy
maqsadlar - haqqoniy bilimlarga zid bо‗lmagan zarur bо‗lgan amaliy
maqsadga erishtiruvchi usul va vositalar jamlanmasi bо‗lib, uni amalga
oshirish orqali biror yakuniy amaliy natijaga erishish nazarda tutiladi.
Masalan, shamol tegirmonining hatti-xarakatlari va ichki
jarayonini bilish orqali insonlar bug‗ mashinasi yaratilgach, ushbu
jarayonni mexanizatsiyalash imkoniyatiga ega bо‗lgan. Biroq ba‘zi
abstrakt hosil qilinuvchi bilimlar borki, ular faqat faraz va tahminiy
tasavvurlardan iborat bо‗ladi.
Masalan, astrofizikada Somon yо‗li galaktikasini о‗rganishturli
teleskoplarda, jumladan sun‘iy yо‗ldoshli teleskoplarda hosil qilingan
tasvirlarga, tahminiy yuz berayotgan jarayonlarga asoslangan holda
amalga oshiriladi.
Mazkur kо‗rinishdagi bilish ilmiy bilish kо‗rinishi hisoblanib, u
qandaydir qonuniyatlarga asoslanadi. Biroq bu holatda obyektning о‗zi
mavhum. Vaqti kelib insoniyat Somon yо‗li galaktikasini yaqindan
о‗rganishi oqibatida о‗rganiluvchi obyekt va jarayonlarga oydinlik
7-savol nazariy bilish darajalari
Nazariy bilishning umumilmiy usuli. Nazariy bilishning
umumilmiy usuli fan tarmoqlarida ilmiy tadqiqot faoliyatida keng
qо‗llaniladigan usul hisoblanib, u о‗z ichiga quyidagilarni oladi:
• Abstraktlash;
• Ideallashtirish;
• Formallashtirish;
• Induksiya va deduksiya.
Abstraktlash - о‗rganilayotgan obyektni hayolan bir vaqtning
о‗zida qandaydir muhim bо‗lmagan hususiyatlar, belgilar, jihatlarini bir
yoki bir nechta muhim husisiyatlari, belgilari, jihatlariga ajratishni
tushunish о‗rinli.
Ideallashtirish - tadqiqot maqsadlariga kо‗ra о‗rganilayotgan
obyektda
hayolan
ma‘lum
о‗zgartirishlarni
kiritishni
о‗zida
mujassamlashtirida.
Formallashtirish - о‗rganilayotgan real obyektni biror belgilar
majmuasi orqali nazariy asoslash maqsadida tavsiflab olish hisoblanadi.
Uning oqibatida obyekt о‗zining ma‘lum muhit tushunuvchi
tavsiflanishiga olib keladi.
Induksiya - о‗rganilayotgan obyektni tushunishda mantiqiy
xulosalash orqali hususiy holdan umumiy xulosalash hosil qilinishi
tushuniladi.
Deduksiya - induktiv bilish kо‗rinishining aksi bо‗lib,
о‗rganilayotgan obyekt haqida umumiylikdan hususiylikka qarab
mantiqiy fikrlashni amalga oshiradi. Bunda umumiy holatlar tadqiq
qilinib qandaydir hususiy holat asoslanadi.
Umumilmiy usulning elementlaridan yana bir guruhi bu – tahlil
(analiz) va sintez, analogiya va modellashtirish hisoblanadi.
Analogiya - mosligi, о‗hshashligi ma‘nosini anglatib, obyektni
о‗rganish taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Modellashtirish - obyektni maxsus apparatlar (masalan matematik
yoki fizik) yordamida tavsiflash, uning hossa va hususiyatlarini aks
ettirish, ichki qonuniyatlarini aniqlash imkonini yaratish hisoblanadi.
Yuqorida keltirilganidek ilmiy bilish о‗zining uslubiyati va usullari
majmualari yordamida aniqlangan holda foydalanilar ekan. Ularni
tadqiqot maqsadlariga qarab о‗z о‗rnida ishlatish talab etiladi. Aks holda
о‗tkaziladigan ilmiy tadqiqot boshlanishi bilan inqirozga yuz tutadi.
Epimerij usul 7-savol
Ilmiy bilish о‗z uslubiyati singari usullariga ham ega hisoblanadi.
Usul - grekcha sо‗zdan olingan bо‗lib, biror maqsadga erishish yoki
vazifalarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan tartibga solingan
qadamlar va hatti-xarakatlar tо‗plami. Masalan, texnik tizimlarni
boshqarish aniq ketma-ketliklarga ega bо‗lgan qat‘iy belgilangan hattixarakatlar jamlanmasidan tashkil topadi.
Ilmiy bilishning umumfan metodologiyasi nuqtai-nazaridan uch
darajali usullarga tayanadi. Bularga:
Empirik tadqiqot usullari. О‗zida obyekt yoki jarayonlarni
kuzatish, tajriba о‗tkazish, qiyoslash, tavsiflash, о‗lchash kabi bir qator
elementlarni mujassamlashtirgan bо‗lib, insoniyat tarixida eng keng
tarqalgan tadqiqot, ya‘ni ilmiy bilish turi hisoblanadi.
Nazariy tadqiqot usullari. Mazkur turdagi tadqiqot usuli kо‗proq
abstrakt fikrlash va asoslash usullariga tayanadi va modellashtirish,
formallashtirish, ideallashtirish, faraz-deduktiv usul, abstrakdan aniqqa
borish va h.k. usullarni qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |