Pedagogik
muloqotda
umuminsoniy
qadriyatlarning ustivirligi.
Reja:
1.Pedagogoik muloqotda umuminsoniy qadriyatlar.
2.Umuminsoniy qadriyatlar.
3. Pedagogik muloqotda
umuminsoniy qadriyatlarning
ustivirligi.
Odamlarning mehr
-
oqibati, bir-birlariga nisbatan o’zaro hurmat e’tiborda
bo’lishlari muloqot jarayonida namoyon bo’ladi. Xalqimizda azaldan muloqot
salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil
amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi
sifatida e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi,
shu
millatning ruhiy xususiyatlari, o’zaro munosabatlarining ma’naviy
asoslari, bo’lajak muloqotning xarakteri, o’zaro hamkorligi aks etadi.
“Qur’oni karim”da salomlashish odobi musulmon ahlining qat’iy majburiy
burchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo’minlar, o’z uylaringizdan boshqa uylarga
to izn so’ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz.
Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad
ushbu eslatmadan ibrat
olsangizlar”.
Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so’z,
xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu o’rinda Abu Nasr Forobiy,
Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf
Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Xisrav Dehlaviy, Abu Hamid G’azzoliy, Kaykovus,
Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va
g’arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va
kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ’ib qilingan.
Ular so’zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat
va hikmat deb
bilishgan hamda har bir so’zning o’z o’rni va ahamiyati borligini, tarbiyada
so’zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo’qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor
ekanligini, so’z sehri mo’’jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar.
Bularning
barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga
oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o’nta nishonasi
borligini alohida ta’kidlashgan:
–
birinchisi: xalq to’g’ri deb topgan narsaga noto’g’ri deb qaramaslik;
–
ikkinchisi: yoshlikdan o’z nafsiga erk bermaslik;
–
uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
–
to’rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo’yish;
–
beshinchisi: agar gunohkor uzr so’rasa, uzrini qabul qilish va
–
kechirimli bo’lish;
–
oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
–
ettinchisi: doimo el g’amini eyish;
–
sakkizinchisi: aybini tan olish;
–
to’qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo’lish;
–
o’ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo’lish.
Muloqot Sharqona tarbiyada axloq qo’rki sanalgan.
Muallim har bir
o’quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri,
bilim saviyasi, hayotga
nisbatan munosabati odamlar bilan o’zaro muloqotida namoyon bo’lishini
uqtirgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan insonlar o’rtasidagi
o’zaro aloqa vositasi bo’lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning
uchun ham til – aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo’lsa, qisqa vaqt ichida xalq
orasida obro’-e’tibor topadi. Ko’p gapirish hech qachon kishiga obro’ keltirmaydi.
Shuning uchun ham o’tmishda yashab o’tgan mutafakkirlarimiz tilga,
aytiladigan
har bir so’zga hurmat bilan, o’ylab yondashish lozimligini uqtirib o’tganlar.
O’qituvchi “so’z aytishdan avval, har daqiqada so’z ortidan
keladigan oqibatlarni
o’yla”shi