Faradey sonini aniqlash



Yüklə 1,51 Mb.
tarix30.01.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#81733
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

FARADEY SONINI ANIQLASH

BAJARDI: ORIFJANOV MIRJALOL

Maykl Faradey (inglizcha: Michael Faraday, 1791.22.9 London — 1867.25.8) — ingliz fizigi. kimyogari, elektromagnit maydoni taʼlimoti asoschisi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1824). Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi (1830). London Qirollik jamiyati institutida assistent (1913), laboratoriya direktori (1825), kimyo kafedrasining professor (1833—62). Ilmiy ishlari elektr, magnitizm, magnitooptika va elektrokimyoga oid. Elektromagnit induksiya hodisasi (1831), elektroliz qonunlari (1833), diamagnetizm va paramagnetizm hodisasi (1845), yorugʻlik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishi (1845) va boshqalarni kashf etgan. Elektr zaryadining saklanish qonunini eksperimental tasdiklagan (1843). Faradey gʻoyalari va uning ilmiy yutuklari fizika fanining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan.

  • Maykl Faradey (inglizcha: Michael Faraday, 1791.22.9 London — 1867.25.8) — ingliz fizigi. kimyogari, elektromagnit maydoni taʼlimoti asoschisi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1824). Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi (1830). London Qirollik jamiyati institutida assistent (1913), laboratoriya direktori (1825), kimyo kafedrasining professor (1833—62). Ilmiy ishlari elektr, magnitizm, magnitooptika va elektrokimyoga oid. Elektromagnit induksiya hodisasi (1831), elektroliz qonunlari (1833), diamagnetizm va paramagnetizm hodisasi (1845), yorugʻlik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishi (1845) va boshqalarni kashf etgan. Elektr zaryadining saklanish qonunini eksperimental tasdiklagan (1843). Faradey gʻoyalari va uning ilmiy yutuklari fizika fanining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan.

Elektroliz. Faradey qonunlar

  • Agar elektrolitga elektrod tushirilsa va ularga potensiallar farqi berilsa, ionlar tartibli harakatga keladi va elektr toki hosil bo‘ladi. Ionlar tegishli elektrodga yetib borganda unga ortiqcha zaryadlarini berish yoki yetishmovchi zaryadlarini olish bilan neytral atom yoki molekulalarga aylanadi. Elektrolit va elektrodlarning tabiatiga qarab neytrallangan ionlar yo elektrodlarda ajraladi, yo elektrod yoki erituvchi modda bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Neytrallangan ionlar kirishadigan kimyoviy reaksiyalar ikkilamchi reaksiya deb ataladi. Ikkilamcha reaksiya mahsulotlari elektrodlarda ajraladi yoki eritmaga o‘tadi. Masalan, mis kuporosining suvdagi eritmasiga mis elektrodlar tushirilgan bo‘lsin.
  • Hosil bo‘lgan molekula elektrolitga tushadi. Shunday qilib, mis kuporosining suvdagi eritmasidan tok o‘tganda mis anodning erishi (kamayishi) va misning katodga o‘tirib qolishi sodir bo‘ladi, ammo elektrolit tarkibi o‘zgarmaydi.
  • Elektrolit orqali tok o‘tganda elektrolitning elektrodlarda tarkibiy qismlarga ajralish jarayoni elektroliz deb ataladi. Elektroliz hodisasini 1836- yilda ingliz fizigi Faradey mufassal o‘rgandi va quyidagi ikkita qonunni kashf etd
  • 1. Faradeyning birinchi qonuni: Faradeyning birinchi qonuni: elektrodda ajralib chiqqan modda miqdori elektrolit orqali o‘tgan zaryad miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir :
  • m = kq = kIt ,
  • bu yerda: q = It — ionlar t vaqt ichida olib o‘tgan zaryad miqdori, m — ajralgan modda massasi, k — proporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, uni moddaning e l e k t r o k i m y o v i y e k v i v a l e n t i deb ataladi

2. Faradeyning ikkinchi qonuni

Faradeyning ikkinchi qonuni moddaning elektrokimyoviy ekvivalentini uning kimyoviy ekvivalenti bilan bog‘laydi. Son jihatdan berilgan element massasiga teng bo‘lgan, grammlar (yoki kilogrammlar)da ifodalangan kimyoviy birikmalarda 1,0078 gramm (yoki kilogramm) vodorodning o‘rnini bosadigan o‘lchamsiz kattalik elementning kimyoviy ekvivalenti deb ataladi. Kimyoviy birikmalarda elementning bitta atomi bilan o‘rin almashinadigan vodorod atomlari soni elementning valentligi (n) deb ataladi. Bir valentli element uchun kimyoviy ekvivalent uning atom og‘irligi (A) ga, n valentli element uchun esa kimyoviy ekvivalent A/n ga teng. Massasi grammlarda ifodalangan, son jihatdan kimyoviy ekvivalentga teng bo‘lgan element miqdori gramm-ekvivalent (g-ekv) deb ataladi.

Faradeyning ikkinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi: barcha

moddalarning elektrokimyoviy ekvivalentlari ularning kimyoviy

ekvivalentlariga to‘g‘ri proporsionaldi

E’TIBORINGIZ UCHUN TRAXMAT !

  • E’TIBORINGIZ UCHUN TRAXMAT !

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin