Farg'ona vodiysi viloyatlarida Paketli (qutili) asalarrichilikni tashkillashtirish. Sharofiddinova Gulira'no Hasanboy qizi Zootexniya fakulteti II -bosqich talabasi



Yüklə 43 Kb.
səhifə1/2
tarix22.05.2022
ölçüsü43 Kb.
#58970
  1   2
Farg\'ona vodiysi viloyatlarida Paketli (qutili) asalarrichilikni tashkillashtirish


Farg'ona vodiysi viloyatlarida Paketli (qutili) asalarrichilikni tashkillashtirish .
Sharofiddinova Gulira'no Hasanboy qizi
Zootexniya fakulteti
II -bosqich talabasi
Annotasiya: Ushbu maqolada Farg'ona vodiysi viloyatlarida Paketli (qutuli) asalarichilikni rivojlantirish xaqida so'z boradi.Va bu oliladan qay tarzda yuqori tarzda yuqori sifatli va ko'p miqdorda asal olish xaqida malumotlar keltirilgan.Asalarilar va ularni olilasi ustida olib borilgan tekshiruvlar va amaliy ko'nikmalar xulosa tarzida baton etilgan.
Kalit so'zlar : Asalari, ona ari , mumkatak , ari olilasi, qutuli ari
Farg`ona vodiysi viloyatlarida Paketli (qutili) asalarichilikni tashkillashtirish va ulardan foydalanish.
Farg`ona vodiysi janubiy tumanlarida iqlim sharoiti yumshoq, issiq bo`lib, erta bahorda asalari oilalarining rivojlanish muddati uzoq bo`lganligi uchun ham, har bitta asosiy ari oilasidan bahorda bitta kichik oila yetishtirish mumkin. Ammo sharbat ajratadigan o`simliklar kam bo`lganligi uchun ham, ularni rivojlantirib asal to`plashning iloji bo`lmaganligini hisobga olib, yetishtirilgan qutidagi arilarning sharbat ajratish qobiliyati kuchli bo`lgan serasal o`simliklarga boy bo`lgan Uzoq Sharq va shimoliy tumanlarga jo`natiladi. Ularning kuchidan ko`p asal to`plashda foydalaniladi.
Yuqorida aytilganlarni amalga oshirish uchun qutili asalarichilikni rivojlantirish kerak, qutili asalarichilikning ma`nosi janubiy tumanlarda yetishtirilgan asalarilarni fanerdan yasalgan kutilarda sharbat beradigan o`simliklarga boy bo`lgan joylarga jo`natishdan iborat. U yerlarga keltirilgan arilar rivojlantirilib, asal to`planadi va jamiki asali olinib bolingach, meditsina sanoatida qo`llanish uchun arilarning zahari olinadi, so`ngra ular o`ldirib yuboriladi.
Qutidagi ari oilasi kerakli joylarga asal to`plash uchun may oyining 10-12-kunlari keltirilsagina qutili asalarichilik yuqori daromad berishi mumkin. Buning uchun qutidagi ari oilalari aprelь oyining uchinchi o’n kunligida yoki may oyining boshlarida jo’natilishi kerak. Bahor erta kelishi, kuzning uzoq cho’zilishi hamda qishning yumshoq kelishi natijasida arilar qishlash vaqtida ko’p uchib xarakat qilishi va bezovtalanishi oqibatida qishdan kuchsizlanib chiqadi. SHuning uchun ham ari oilalarini erta kuchaytirishning iloji bo`lmasligini hisobga olib, o`tgan yilgi mavsumda ko`p sonli yosh arilar bilan kuchli ari oilasini qishlashga ketkazish zarur bo`ladi.
Qutili ari oilasini tashkil etish uchun yangi oila yetishtirishda ularni jo`natilgan joylarda yoz oylarining ikkinchi yarmida ko`p asal beradigan, ya`ni kungaboqar, grechixa, jo`ka o`simligi, kashtan va cho`ldagi xar xil asal beradigan o`tlarni hisobga olinib, ko`p asal to`plash maqsadida qutili ari oilasini quyidagicha tashkil qilish mumkin.
Yoz mavsumining ikkinchi yarmida har qaysi asosiy oiladan 3 ta mumkatak romli urchigan ona arili yosh kichik oila tashkil qilinadi. Yotoq uyalarning orqa tarafidan teshikcha ochiladi, faner to`siq yordamida 4-5 ta mumkatak romga mo`ljallangan cho`ntak hosil qilinadi va shu yerda kichik yosh oila tashkil etiladi. Bunday yotoq uyada asosiy oila va kichik yosh oilaning rivojlanishiga sharoit yetarli bo`ladi va 4-5 ta mumkatak romda arisi hamda yetarli ozig`i bilan qishlashga ketadi. Kelgusi yili bahorda asosiy oiladan 2 ta usti berkitilgan lichinkali romlar arisi bilan olinib, kichik yosh oilaga qo`shilsa yosh oila tez kuchayadi (kichik yosh oilada ona arisini vaqtincha, arilar o`ldirib qo`ymasligi uchun, dumaloq simli qafas to`r ostiga berkitib qo`yiladi). SHunday qilib, bahorda yotoq uyada bir vaqtning o`zida ikkita oila, ya`ni asosiy oila va kichik yosh oila rivojlanib, oradan 4-5 hafta o`tgach, kichik oilaning kuchi yetti-sakkiz romni to`ldiradi.
Qutili ari oilasini yetishtirish vaqtini oldindan bilib, janubiy tumanlarda bog’lar, butazorlar gullashi hamda erkak arilarni mart oyining oxiri va aprelь oyida yetishishini xisobga olib, ona ari yetishtirishga kirishiladi. Qutili ari oilasini tashkil etish vaqtigacha ona ari g`umbagi yetilishi kerak, chunki yaxshi rivojlangan yosh ari oilalarining arichalari qutili ari oilasini tashkil etish uchun fanerli qutiga ko`chiriladi va kerakli joylarga jo`natiladi. Fanerli qutiga yosh arilar ko`proq tushishi uchun kunduzi arilar yaxshi uchayotgan paytda arilar va mumkatak romlar qutiga ko`chiriladi. Yosh oiladagi arilarning qutili ari oilasini tashkil etish uchun fanerli qutilarga 1,1 kg ari ko`chirilganda yosh oilada yana bir oz arisi hamda lichinkalari qoladi. O`sha qolgan yosh oiladagi arilarga yetilgan ona ari g`umbagi yoki urchigan ona ari beriladi va yaxshilab yostiqcha yordamida o`rab isitiladi; kelajakda yozda gullaydigan o`simlikdan sharbat to`plashda arilar sonini ko`paytirish uchun yordamchi ona aridan oila boshlig`i sifatida foydalaniladi.
Asosiy sharbat ajratuvchi o`simliklar gullashi oldidan yordamchi ona ari oiladan 2 ta mumkatak romda lichinkalari hamda ona arisi bilan ajratib olinib, uyaning yon tarafidagi faner to`siq yordamida ajratilgan cho`ntak qismiga ko`chiriladi, arilarning asosiy qismidan asal to`plashda foydalanish uchun asosiy oilaga qo`shib yuboriladi. Asosiy sharbat vaqti tugagandan keyin ajratilgan kichik oilaga asosiy oiladan yetilgan lichinkali mumkatak romlar qo`yilib kuchaytiriladi, oziq bilan ta`minlanadi, qishga qo`shimcha ona arili oila sifatida ketkaziladi.
Mana shunday yo`l bilan asosiy ari oilalarining rivojlanishi hamda sharbat to`plashiga salbiy ta`sir ko`rsatmay, har qaysi asosiy ari oilasidan bittadan yangi yosh oila (qutida) ajratish mumkin bo`ladi.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin