Ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 466,88 Kb.
səhifə1/12
tarix18.04.2022
ölçüsü466,88 Kb.
#55658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Algebraning asosiy teoremasi .




FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Algebra va sonlar nazaryasi fanidan

“Algebraning asosiy teoremasi “

mavzusidagi



KURS ISHI

Bajardi: “Matematika yo'nalishi” 19.03 guruh talabasi:

Nazirqulova Maftuna

Qabulqildi: N.Mirzakarimova

Farg'ona 2020

REJA:

Kirish

I bob. Kompleks sonlar haqida asosiy tushunchalar.

1.1. Kompleks sonlar haqida boshlang'ich tushunchalar.

1.2.Kompleks sonlarning tirgonemetrik shakli.

1.3. Kompleks sondan ildiz chiqarish.

II bob. Algebraning asosiy teoremasi.

2.1.Kompleks koeffisentli ko'phadlar

2.2. Algebraning asosiy teoremasi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

O'zbekiston rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shilish uchun fan va tehnikani rivojlantirish kerak. Matematikani rivojlantirish bunga devocha bo'ladi.

Mamlakatimizda matematika 2020 yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O'tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan: oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarning o'zaro integratsiyalashuvini ta'minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituning yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental taqdiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barovarga oshirildi, byudjet mablag'lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy tehnika va asbob-uskunalar harid qilindi. Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajyor-taqdiqotlik instituti joriy etildi. Ilm -fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O'zbekiston Respublikasini Bosh vaziri raisligida Fan va tehnologiyalar bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta'lim sifati va ilmiy - taqdiqot samarodorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko'rsatmoqda.

Jumladan: matematika sohasidagi ilmiy-taqdiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog'liqligi zaifligicha qolmoqda;

matematika ta'limotining ta'lim olish bosqichlari o'rtasidagi uzviylik to'liq ta'minlanmagan;

sohadagi olimlarning horijiy ilmiy va ta’lim muassalari bilan aloqalari matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas.

Ta'limning barcha bosqichlarida matematika fanini o'qitish tizimini yanada takomillashtirish pedagoglarning samarali mehnatini qo'llab quvvatlash, ilmiy-taqdiqot ishlarining ko'lamani kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash kerak

Quyidagilar matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish, ilmiy-taqdiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishning ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi.

Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professinal, oliy ta'lim tashkilotlari va ilmiy muassalar o'rtasidagi yaqin hamkorlikni shakllantirish, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim muassalarida matematika fanlarini o'qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktblarni tashkil etish , matematika sohasidagi ilmiy-taqdiqotlarning ishlab chiqish bilan uzviy bog'liqligini ta'minlash,amaliy matematikani rivojlantirish, matematika sohasida ta'lim olayotgan va ilmiy-taqdiqotlar bilan shug'ullanayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta'lim muassalari bilan aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizning ilmiy va ta'lim tashkilotlarni bosqichma bosqich jahonning matematika fani bo'yicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish kerak.


Yüklə 466,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin