Fast Ethernet Alliance



Yüklə 286,54 Kb.
tarix31.01.2023
ölçüsü286,54 Kb.
#81957
Fast Ethernet


3.1.2.Fast Ethernet texnologiyasi
1992 yili tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Ethernet texnologiyasini rivojlantirish maqsadida ikki yo’nalishni tanlagan ikkita guruhga birlashdilar. Birinchi guruh SynOptics, 3Com va boshqa kompaniyalardan iborat bo’lib, ular avvalgi Ethernet texnologiyasi xususiyatlarini saqlab qolgan holda yangi texnologiyani yaratishni maqsad qilib qo’ydilar, bu guruhning nomi Fast Ethernet Alliance edi.
Ikkinchi guruh, Hewlett-Packard va AT&T kompaniyalari boshchiligida tuzilib, ular o’z oldilariga avvalgi Ethernet tarmoqlari kamchiliklarini yo’qotishni maqsad qilib qo’ydilar.
Fast Ethernet tarmoqlarida koaksial kabel ishlatilmaydi, shuning uchun ularning tuzilishi - har doim kommutatorlar va konsentratorlar asosida qurilgan ierarxik yulduz topologiyasiga ega bo’ladi (3.7-rasm).
Fast Ethernet tarmoqlari konfiguratsiyasining avvalgi - 10Base-T va 10Base-F kabi standartlaridan farqli joyi shuki, bunda konsentratorlar asosida qurilgan tarmoqning diametri, ko’pi bilan 200m (250m) bo’lishi mumkin. Shuning hisobiga, bu standartda kadrni uzatish vaqti 10 baravar kichraygan, ya‟ni axborot uzatish tezligi 100 Mbit/sek-ga etkazilgan.

3.7-rasm. Ierarxik yulduz topologiyasi.
Fast Ethernet texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlarning umumiy uzunligini - kommutatorlardan foydalangan holda oshirish imkoniyati mavjud. Bunda fizik segmentlarning uzunligi uchun belgilangan chegaralar buzilmasligi kerak. Shuning uchun katta uzunlikka ega bo’lgan magistral lokal kompyuter tarmoqlarini qurishda Fast Ethernet texnologiyasidan bemalol foydalanish mumkin bo’ladi. Bunda tarmoqni ishlashi - to‘liq dupleks rejimda amalga oshirilishi kerak bo’ladi.
802.3u standartiga asosan - Fast Ethernet tarmog’i uchun fizik sathining uch xil spetsifikatsiyasi ishlab chiqilgan (3.8-rasm):

  1. 100Base-TX - beshinchi kategoriyali ikkita juftli (to’rtta simli) ekranlanmagan o’ralma juftlik (UTP) yoki Type 1-li ekranlangan o’ralma juftlik (STP) kabeli uchun.

  2. 100Base-T4 - uchinchi, to’rtinchi yoki beshinchi kategoriyali to’rtta juftli (sakkizta simli) ekranlanmagan o’ralma juftlik (UTP) kabeli uchun.

  3. 100Base- FX - ikkita tolali optik kabel uchun.


Bu spetsifikatsiyalarning fizik sathi tarkibiga uchta element kiritilgan:

  • moslashtirish sathi (Reconciliation sublayer);

  • uzatish muhitiga bog’liq bo’lmagan interfeys (Media Independent

Interface, MII);

  • fizik sath qurilmasi (Physical layer device, PHY).

MII ulagichi 40 ta ulanish nuqtalariga ega. Uning maksimal uzunligi 1m. MII interfeysi orqali uzatiladigan signallar amplitudasi 5Vga teng.
Fast Ethernet texnologiyasida ham, boshqa koaksial kabel ishlatilmagan Ethernet tarmoqlari variantlari kabi, bog’lanishlar konsentratorlar yordamida amalga oshirilganda, qurilgan tarmoqni to’g’ri ishlashini ta‟minlash uchun bu texnologiyada quyidagi qoidalarni hisobga olish kerak bo’ladi:

  • DTE-larni (Data Terminal Equipment - ma‟lumotlar hosil qilinadigan eng chekka qurilma, ya‟ni kompyuterlarni) DTE-lar bilan bog’lovchi segmentlarning maksimal uzunligiga cheklov;

  • konsentratorlarni DTE-lar bilan bog’lovchi segmentlarning maksimal uzunligiga cheklov;

  • tarmoqning maksimal diametriga bo’lgan cheklov;

  • konsentratorlarning maksimal soni va ularni o’zaro bog’lovchi segmentlarni uzunligiga cheklovlarga rioya qilish kerak bo’ladi.


8-rasm. Fast Ethernet texnologiyasi fizik sathining spetsifikatsiyalari.
Kommutatorlar va I-sinf takrorlovchilari yoki konsentratorlari yordamida qurilgan Fast Ethernet texnologiyasi tarmog’ining tuzilishi 3.9-rasmda keltirilgan.

3.9-rasm. Fast Ethernet tarmog’ining I-sinf takrorlovchilari (konsentratorlari) yordamida qurilgan ko’rinishi.
Fast Ethernet standarti konsentratorlari ikki xil bo’lishi mumkin:

    1. I-sinf konsentratorlari, ularda 100Base-TX, 100Base-FX va 100Base-T4 larda ishlatiladigan portlar mavjud bo’ladi.

    2. II-sinf konsentratorlari, ularda esa 100Base-T4 yoki 100Base-TX va

100Base- FX portlari mavjud bo’lishi mumkin. Bu standartda «4 tagacha xablar» qoidasi o’rniga «1-ta yoki 2-tagacha xablar» qoidasi amal qiladi.
Ethernet texnologiyalari oilasiga mansub tarmoq texnologiyalarining hozirda ishlab chiqarilayotgan va doimiy ravishda takomillashtirilib kelinayotgan 1, 10, 40 va 100 Gbit/sek tezliklarda ishlay oladigan Gigabit Ethernet texnologiyalarining tuzilishlari yuqorida ko’rib o’tilgan Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalari standartlarining tuzilishlari bilan o‘xshashdir.
Gigabit Ethernet texnologiyalarida ma‟lumotlarni uzatish tezligini oshirish maqsadida, turli xil kodlash va turli xil ma‟lumotlarni uzatish usullarini ishlab chiqish bilan birga, tarmoqlarning segmentlarini va kompyuterlarini ulash uchun ishlatiladigan kabellarning uzunliklarini ham o’zgartirishga to’g’ri kelgan. Masalan: tezlik yuqori bo’lishini ta‟minlash uchun 1 Gbit/sek tezlikda ishlaydigan Gigabit Ethernet texnologiyasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan koaksial kabelning uzunligi 25 m-dan, ushbu texnologiyaning 1000Base-LX standartida esa, ko’pmodali optik tolali kabelning uzunligi 500 m-dan va 10G Ethernet texnologiyasining 10GBase-T standartida esa, UTP – ekranlanmagan o’ralma juftlik kabelining uzunligi 55 m-dan oshmasligi kerak deb belgilab qo’yilgan.
Yüklə 286,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin